Qarorning turli muqobil variantlarini ishlab chiqish. Qanchalik variantlar ko`p bo`lsa, qabul qilinadigan qarorni optimallashtirish imkoniyati shuncha ko`p bo`ladi. Ammo, haqiqatda yuzaga kelishi mumkin bo`lgan har bir variantni ishlab chiqish va baholash uchun rahbarlarda zaruriy bilim, tajriba hamda vaqt yetishmaydi (amaliy jihatdan mumkin emas). Shuning uchun imkoniyat darajasida bir nechta muqobil variantlar bilan kifoyalanishga to`g`ri keladi.
Ba’zan rahbarlar oldida tajribada uchramagan butunlay yangi muammoni hal etish vazifasi yuzaga keladi va uni yechishning muqobil variantlari ham noma’lum bo`ladi. Bunday vaziyatlarda kollegial muhokama orqali muammoning yechimi topilish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |