Tanlov mezonlarini ishlab chiqish. Muammoni yechishning turli variantlarini ishlab chiqishdan oldin rahbar xodimlar bu variantlarni taqqoslashga hamda ulardan eng samarali variantni tanlashga imkon beruvchi ko`rsatkichlarni ishlab chiqishi maqsadga muvofiq. Bu ko`rsatkichlarni tanlov mezonlari deb atash qabul qilingan. Masalan, yangi xodimni ishga qabul qilish haqidagi qarorni qabul qilish mezonlari sifatida uning ma’lumoti, ish tajribasi, yoshi, shaxsiy xislatlari, zamonaviy axborot va kompyuter texnologiyalaridan foydalana olishi va boshqalar qabul qilinishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |