5-chizma. Boshqaruv qarorlarini qabul qilish va amalga oshirish ketma-ketligi
Muammolarni aniqlashtirish. Muammoni yechish tomon qo`yilgan birinchi qadam uning mazmunini aniqlashtirishdan boshlanadi. Muammo - qo`yilgan maqsad bilan haqiqatda unga erishish o`rtasida yuzaga keladigan farqlanishdir. Muammolarni to`g`ri aniqlab olish va ularning yechimini izlash maqsadga erishishda muhim omil hisoblanadi.
Muammoni aniqlash va to`g`ri ifodalash ancha murakkab vazifa sanaladi. Gap shundaki, ko`pchilik muammolarni keltirib chiqargan sabablarni aniqlash, ularni bartaraf etishning turli muqobil yo`llarini ishlab chiqish va bu bilan bog`liq sarflar hamda kutilajak iqtisodiy samarani hisoblash rahbar-mutaxassislardan nafaqat bilim va tajribani, balki talant, intuitsiya va ijodiy yondoshuvni ham talab etadi. Bunda bir muammoning yechimini topish ikkinchi bir muammoni keltirib chiqarmasligiga ham e’tibor qaratish lozim bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |