Rejali (dasturli) qarorlar oldindan rejalashtirilgan tartibda qabul qilinadi. Ularga korxonaning joriy va istiqbol muddatlarga qabul qilingan reja va dasturlarini amalga oshirish bo`yicha qabul qilinadigan qarorlar kiradi.
Vaziyat ta‟sirida yuzaga kelgan qarorlar korxona faoliyatida ichki va tashqi omillar ta’sirida yuzaga keladigan rejalashtirilmagan muammolarning yechimini topishga yo`naltiriladi.
Tashabbus bilan shakllantirilgan qarorlarkorxona rahbarlari yoki mutaxassislarining tashabbusi bilan xo`jalik faoliyatining natijalarini yaxshilash maqsadida qabul qilinadi.