O`z vaqtida qabul qilish tamoyili boshqaruv qarorlarini kechikib yoki oldindan shoshilib qabul qilmaslikka undaydi. Shoshilib qabul qilingan qarorlarni amalga oshirish uchun shart-sharoit hali yetilmagan bo`lsa, kechikib qabul qilingan qarorlarning samarasi past bo`ladi.
Qaror mazmunining to`liqligi boshqariladigan obyekt faoliyatining barcha sohalarini va rivojlanish yo`nalishlarini qamrab olishi zarurligini anglatadi. Umumiy holatda boshqaruv qarorlari quyidagi tarkibiy qismlarni qamrab olishi lozim:
qabul qilinadigan qarordan ko`zda tutilgan maqsad;
bu maqsadga erishish uchun zarur bo`ladigan resurslar va mablag`lar;
maqsadga erishishning asosiy vositalari va yo`llari;
maqsadga erishish muddatlari;
boshqaruvchilar va ijrochilar o`rtasidagi o`zaro munosabatlarni belgilab olish: vazifalar, vakolatlar hamda majburiyatlarning taqsimlanishi;
qarorni amalga oshirishning barcha bosqichlarida tashkiliy va nazorat ishlarini yo`lga qo`yish.
Do'stlaringiz bilan baham: |