Har tomonlama asoslanganlik boshqaruv qarorlarini ishonchli va to`liq axborotlarga tayangan holda qabul qilish zaruriyatini ifoda etadi. Qaror boshqariladigan obyektning barcha ehtiyojlarini, unga tegishli bo`lgan barcha masalalarni to`liq qamrab olishi kerak. Buning uchun boshqariladigan obyektning va uni o`rab turgan atrof-muhitning o`ziga xos xususiyatlarini hamda rivojlanish qonuniyatlarini yaxshi bilish talab etiladi. Obyektning moddiy-texnikaviy va mehnat resurslari salohiyatini, tabiiy-iqlimiy va jug`rofiy shart-sharoitlarini, rivojlanishning maqsadli funksiyalarini, korxonaning, hududning, mamlakatning va jahon xo`jaligining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish istiqbollarini chuqur tahlil etish asosidagina boshqaruv qarorlarini samaradorligini oshirish mumkin bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |