Boshqarish jarayoni boshqaruv qarorlarini qabul qilish bilan amalga oshiriladi. Boshqaruv qarorlari – boshqaruv tizimi maqsadlariga mos keluvchi muammoli vaziyatni tahlil qilish, uning yechimini topish yo`llari, usul va vositalarini tanlashga qaratilgan ijodiy faoliyatdir.
Korxona faoliyatini samarali tashkil etish va boshqarish bir qator muhim masalalarning yechimini topish bilan bog`liq. Ularning asosida boshqaruv obyektida yuzaga keladigan muammolarni bartaraf etish, erishilgan natijalarni rejalashtirilgan parametrlarga yaqinlashtirishga qaratilgan vazifalarni amalga oshirish yotadi.
Boshqaruv qarorlariga bir qator umumiy talablar qo`yiladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |