15-laboratoriya ishi. Non yopish
"Patir non"
Masalliq:
1 kg oq un, 1 stakan iliq sut, 40 gr xamirturush, 150 gr eritilgan qo'y yog'i yoki sariyog', 2 choy qoshig'ida tuz, yuziga sepish uchun 1 choy qoshigida sedana kerak.
Iliq sutda xamirturush va tuzni eritib, dog'lab sovutilgan qo'y yog'i yoki sariyog' qo'shib yaxshilab aralashtirasiz. So'ngra oz — ozdan un solib qattiq xamir qorasiz, uzoq muddat mushtlab pishitganingizdan so'ng o'rab issiqroq joyda oshguncha qoldirasiz. Ko'pincha xamirdan 500 grammli bo'laklar uzib olib, zuvalalar yasaladi. Har bir zuvalani taxta ustiga qo'yib bir yonidan chap qo'l bilan o'zingizga qaratib burab aylantirib, o'ng qo'lda qirg'og'ini pichoq bilan tilib kungura solasiz, tepasini ham kesishma chiziqli qilib tilib chiqasiz. Ana shunday tayorlangan zuvalalarning tepasidan musht bilan ezib, so'ng barmoqlarni chaqqon ishlatib lagan kattaligida non yasaysiz. Nonning chetlari 3 — 4 sm qalinlikda, o'rtasi esa 1 sm keladigan bo'lsin. O'rtasiga juda zich qilib chikich urasiz va yuziga sedana sepasiz. Hamma zuvalalardan patir yasab bo'lgach, yuziga dasturxon yopib 15 — 20 minut tindirib qo'yasiz. Shu muddat ichida tandirga o't qo'yib qizigach, cho'g'ni o'rtaga to'plab, ustiga kul tortasiz, tandir devorlariga va patirning teskari tomoniga xiyol namakob surtib, chaqqonlik bilan yopishtirasiz. Patir tandirda obi nonga qaraganda uzoqroq ushlanadi.
Yopilgan nonning sirti bir oz qotganda bug' hosil bo'lishi uchun suv sevalaysiz va cho'g'ning yuzini ochasiz, ba'zan tandirning qopqog'ini bir oz muddat berkitib dimlanadi. Pishganligi sirti qizarganidan aniqlanadi. Tandirdan uzib olgach, issig'ida yuziga bir bo'lak eritilmagan dumba yog'i surtsangiz chiroyli chiqadi.
Bulka non
Kerakli masalliqlar:
yog'sizroq sut yoki suv
Keraklicha un solib,unga droja,tuz,shakar solinadi va yaxshilar aralshtiriladi. So'ng sutni iliq qilib isitib qo'shaladi. Qancha sut kerakligi hamir tayyorlash jarayonida bilib olish mumkin. Hamir juda ham yumshoq bo'ladi,qo'lga yopishadigan. Hamirga ko'p ishlov berilmaydi.Bir-ikki marta masalliqlarni yaxshilab qorishtiraladi.So'ng ustini sochiq bn yopib iliqror joyga 1 soatcha qo'yiladi. Hamir ko'pgandan so'ng,mahsus qoliplarga hamir solinadi. Qoliplarga solish paytida stol ustiga un sepib shakl beriladi. Chunki hamir juda ham yumshoq bo'ladi,unsiz yopishib ketadi.
Qoliplarga solingandan so'ng yana 30-40 minut ustini sochiq bilan yopib,oshirish kk. Hamir o'ziga 2 baravar ko'tarilgandan so'ng,avvaldan qizitilgan duhovkada 225-250 gradusda qizarguncha pishiriladi. Agar pishmasdan avval tez qizarib ketsa,ustini falga bn yopish kk.
Do'stlaringiz bilan baham: |