16-LABORATORIYA ISHI: OZIQ-OVQATDA ISHLATILADIGAN ORGANIK KISLOTALARNI ANIQLASH.
С vitaminini oziq-ovqat mahsulotlarida 2,6-dixlorfenolindofenol bilan miqdoriy aniqlash
Tajriba uchun ishlatish mumkin bo'lgan oziq-ovqat mahsulotlari : na’matak mevasi, kartoshka, karam, yangi sut.
Reaktivlar: 2% li xlorid kislota eritmasi,5% li sirka kislota eritmasi, 2,6- dixlorfenolindofenolning natriyli tuzini 0,001 N li eritmasi .
Jihozlar: Apteka tarozisi, hovonch, maydalangan shisha kukuni, 3, 5 va 10 ml li pipetkalar, qog`oz filtrli voronkalar, 25 va 100 ml li konussimon kolbalar, 10 ml li byuretka, mikrobyuretkalar.
Ishning bajarilishi.
С vitamini miqdori oziq-ovqat mahsulotlarida har xil biologik va texnologik sabablar ta’sirida miqdoriy o'zgarishi mumkin – bular oziqa mahsulotining sifatiga, texnologik jarayonga, saqlanish muddatiga, yil fasliga va boshqalarga bog`liq. Askorbin kislotasini oziq-ovqat mahsulotlarida aniqlash ovqat bilan organizmga tushayotgan C vitamini miqdorini bilish uchun zarur hisoblanadi.
С vitaminini miqdoriy aniqlash askorbin kislotasini degidroaskorbinga oksidlanishi va 2,6-dixlorfenolindofenolni rangsiz birikmaga qaytarilishi reaksiyasiga asoslangan.
1. С vitamini kislotali muhitda koproq turg`un bo`lgani uchun, uni oziqa mahsulotidan suyultirilgan kislota bilan ekstraksiya qilinadi.
2. Ekstrakt 2,6-dixlorfenolindofenol eritmasi bilan titrlanadi.
3. Ekstraktdagi barcha askorbin kislotasi oksidlangandan so`ng indikator qaytarilmaydi va uning ortiqcha miqdori eritmaga pushti rang beradi (2,6-dixlorfenolindofenolning oksidlangan shakli kislotali muhitda pushti rangli bo`ladi).
4. Rangni o'zgarishiga qarab, С vitaminini oksidlanishiga sarf bo`lgan reaktiv miqdori boyicha tekshirilayotgan mahsulotdagi C vitamini miqdori aniqlanadi.
1-tajriba. Na’matakda С vitaminini aniqlash.
Ishning bajarilishi
1. Maydalangan shisha kukuni bilan hovonchada yaxshilab ezilgan na’matak mevasining 0,1 grammiga asta-sekinlik bilan 2% li xlorid kislota eritmasidan 9,9 ml qo'shiladi va olingan ekstrakt quruq kolbachaga filtrlanadi.
2. Filtratdan ikkita konussimon kolbachaga 3 ml dan olib, byuretkadagi 2,6- dixlorfenolindofenolning 0,001 n natriyli tuzi eritmasi bilan och pushti rang hosil bo'lguncha titrlanadi (rang taxminan 30 soniya saqlanadi), titrlash jarayoni 2 daqiqadan oshmasligi kerak.
3. Titrlash natijalari yozilib, o'rtacha arifmetik miqdori aniqlanadi va 100 g mahsulotga nisbatan hisoblab chiqariladi. Bunda 2,6-dixlorfenolindofenolning 0,001 N li natriyli tuzi eritmasining 1 ml 0,088 mg askorbin kislotasiga tog`ri kelishiga asoslanib (askorbin kislotasining molekulyar og`irligi 176 ga, gramm ekvivalenti esa 88 ga teng), hisoblash quyidagi formula bo`yicha bajariladi:
V x 0,088 x 10x100
X = ----------------------------------
3 x v
Bunda:
X – С vitaminining 100 g mah sulotdagi mg miqdori;
V - 2,6-dixlorfenolindofenol eritmasining titrlashga ketgan ml hajmi;
0,088 - 2,6-dixlorfenolindofenolning 0,001 n natriyli tuzi eritmasini 1 ml ga teng keladigan askorbin kislotasining mg dagi miqdori;
10 – na’matak ekstraktining ml dagi umumiy miqdori;
100 – 100 g mahsulot uchun olingan hisob koeffitsienti;
3 – titrlash uchun olingan ekstraktning ml dagi miqdori;
V – olingan na’matakning g dagi miqdori.
100 g quritilgan na’matakdagi askorbin kislotasining o'rtacha miqdori qizil rangli mevasida – 1500 mg%, to`q qizil mevasida 100 mg% bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |