2-tajriba. Kartoshka tarkibidagi С vitamini miqdorini aniqlash
Ishning bajarilishi
1. 5 g kartoshkani farforli hovonchada xlorid kislotasining 2% li eritmasini 16 ml da maydalab, 100 ml konussimon kolbaga quyiladi, hovonchani distillangan suv bilan bir necha marta chayqab, kolbadagiga qo`shiladi.
2. Aralashma 2,6-dixlorfenolindofenolning 0,001N natriyli tuzi eritmasi bilan och pushti rang hosil bo'lguncha titrlanadi, rang 30 soniya davomida ochmasligi kerak.
3. 100 g kartoshkadagi С vitamini miqdori quyidagi formula bo`yicha aniqlanadi:
V x 0,088 x 10x100
X = --------------------------------------
5
Bunda:
5 – kartoshkani g dagi miqdori;
* qolgan ifodalar esa yuqoridagi ishda ko`rsatilganidek hisoblanadi.
17-LABORATORIYA ISHI. MAVZU: CHIQINDISIZ TEXNOLOGIYA YARATISH
PLASTIK SUMKALARNI QAYTA ISHLASH
Plastik ifloslanish dolzarb ekologik muammoga aylanmoqda. Dunyo miqyosida har yili minglab tonna plastik bizning suv yo'llarimiz va okeanlarga kirib boradi. Atrof-muhitdagi plastik buyumlar vaqt o'tishi bilan kichikroq va mayda bo'laklarga bo'linadi. Bu shuni anglatadiki, plastik ifloslanishning ta'siri uzoq muddatli va boshqarish qiyinlashib borishi mumkin.
Chiqindisiz texnologiya bu bilimlarni amaliy qo'llash hisoblanib inson ehtiyojlarini qondirishda tabiiy resurslar, energiya va atrof-muhitdan oqilona foydalanish .
Chiqindisiz texnologiyalar - eng oqilona degan ma'noni anglatadi hamda atrof-muhitga zarar yetkazmagan holatda tabiiy resurslar va energiyadan foydalanib mahsulot ishlab chiqarish . Umuman ishlab chiqarishni tashkil etish tamoyili, xom ashyo va energiyadan foydalanishni o'z ichiga oluvchi yopiq zanjirdir. Yopiq zanjir degani xom ashyo zanjiri ishlab chiqarish- sotish- iste'molning ikkilamchi xomashyosi.
Chiqindisiz texnologiya asoslari :
tizimli yondashuv;
xomashyodan kompleks foydalanish ;
material oqimlarining davriyligi.
Chiqindisiz texnologiya quyida tavsiflanadi:
mahsulotning umri uzoq;
qayta foydalanish mumkin;
qayta ta'mirlashning qulayligi;
mahsulot ishlab chiqarish sikliga qaytish qulayligi yoki ekologik toza shaklga o'tkazish.
Polietilen sellofanlar nafaqat universal ishlatiladigan material, balki bizning zamonaviy hayotimizning bir qismidir. Polietilen turli sohalarda - oziq-ovqat sanoatidan tortib kosmosni o'rganishgacha qo'llaniladi. Polietilendan yasalgan axlat sumkalari juda mashhur. Ular chiqindilarni yig'ish uchun qulay va tozalash ishlarini samaraliroq qilishadi.
1957 yilda polietilendan tayyorlangan sumkalarni ommaviy ishlab chiqarish boshlandi va shu zahotiyoq ular katta talabga ega bo'ldilar. Tutqichli sumkalar deyarli yigirma yildan keyin paydo bo'ldi. Bugungi kunda sumkalari quyidagi materiallardan tayyorlanadi:
HDPE - past bosimli polietilen;
LDPE - yuqori bosimli polietilen.
Plastik paketlar barcha plastmassa mahsulotlar kabi bir xil moddadan tayyorlanadi bu- neft.
Materiallar va neft mahsulotlarining ikkita asosiy kamchiliklari bor:
ishlab chiqarish jarayonida katta miqdordagi ifloslanish ajralib chiqadi
mahsulot biologik parchalanmaydi.
Boshqacha qilib aytganda, ishlab chiqarish qiyin va bir marta ishlab chiqarilgan mahsulotni yo'q qilish deyarli imkonsizdir.
Natural Environmental veb-saytiga ko'ra, dunyoda yiliga 60-100 million barrel neftni plastik qoplar ishlab chiqarish uchun talab qilinadi va to'liq parchalanish uchun 400 yil vaqt ketadi.
Shuning uchun plastik qoplarni qayta ishlash yaxshiroqdir.
Fabrikalar tomonidan yig'ilgan ko'plab paketlarni qayta ishlash mumkin emas. Ularning ko'plari ancha vaqt davomida parchalanmay qolishi tufayliyotish axlatxonaga tashlanadi. Shu bilan birga, biologik parchalanadigan paketlar ham mavjud. Ular tabiatda parchalanib ketadimi yoki yoq bu hali sinovdan o’tmagan.
Do'stlaringiz bilan baham: |