Sitrus mevalarining to‘ppasidan pektin ajratib olish.
Sitrus pektini asosan limon, apelsin va greymfrut sedrasidan olinadi. Pektin olish uchun asosan 102 tarkibida pektini bor quritilgan xom ashyodan foydalaniladi. Pektin olish quritilgan xom ashyoni ekstraksiyaga tayyorlash, maydalash va maydalangan xom ashyoni bir marta yoki ikki marta yuvish kabi jarayonlarni o’z ichiga oladi. Bunda suvning harorati 10 – 20oC bo’lishi kerak. Protopektinni gidrolizlash uchun xlorid, sulfat, nitrat, limon, sirka va forfor kislotalaridan foydalanish mumkin. Ko’pchilik hollarda oqartirish xususiyatiga ega bo’lganligi uchun sulfat va sulfit kislotalaridan foydalaniladi. Xom ashyoning turiga va qanday kislotadan foydalanishiga qarab pektin moddasini ekstraksiya qilish RN = 2,2 ÷ 2,8 va harorat 70 – 95oC bo’lgan sharoitda 1 – 2 soat davom etadi. Jarayon tugagandan keyin filtrlash yo’li bilan qattiq va suyuq qismlarga ajratiladi. Hosil qilingan ekstrakt mexanik usulda yoki aktivlashtirilgan ko’mir orqali faltrasiya yo’li bilan tozalanadi. Tiniqlashtirilgan ekstraktdan pektin moddasi etanol va izopropanol spirtlari yordamida cho’kmaga tushiriladi. Cho’kmaga tushirilgandan keyin pektin ekstrakti dastlab vakuum – jihozlarda quruq modda 6 – 7 % ga etguncha quyultiriladi. Metall tuzlari yordamida cho’kmaga tushirilganda esa ekstrakt ammoniy gidroksid yordamida RN = 6 ÷ 7 ga etguncha neytrallanadi. Pektin cho’kmasi filtrlash, presslash yoki markazdan qochma yordamida ishlash orqali eritmadan ajratiladi. Keyin esa pektin koagulyati maydalanadi va kul moddasini kamaytirish hamda kerakli sifatga erishish uchun tozalashga jo’natiladi. Tozalash spirtning har xil konsentrasiya bilan 2 – 3 marta yuvish orqali o’tkaziladi. So’ngra tozalangan pektin 60oC dan yuqori bo’lmagan haroratda kerakli darajadagi namlikka ega bo’lguncha quritiladi. Keyin esa kukun holatiga kelguncha maydalanadi. Bu erda kukunlarning o’lchami 250 mkm ni tashkil etishi kerak.
19-LABORATORIYA MASHG’ULOTI. INVERTAZANING GIDROLITIK FAOLLIGINI ANIQLASH
Invertaza (oziq-ovqat qo'shimchasi),(tizimli nomi: beta-fruktofuranosidaza) - saxaroza (shakar) gidrolizini (parchalanishini) katalizlovchi fermentdir. Ferment faoliyati ta’sirida olingan fruktoza va glyukoza shakar siropi deb ham ataladi. Saxarazalar invertazalarga yaqin. Invertazalar O-C bog’larni fruktozada uzsa, saxarazalar O-C boglarni glyukozada uzadi. Sanoat miqyosida invertazalar odatda achitqilar yordamida olinadi. Bundan tashqari asalarilar organizmida nektardan asal qilish uchun ham invertazalar sintezlanadi. Invertazalar orqali reaksiya jarayonlari sodir bo’lishi uchun optimal harorat 60 ° C, muhit kislotaliligi esa pH 4,5 ga teng bo’lmog’i lozim. Invertazalar birinchi mart achitqilar yordamida 1830 yilda germaniyalik kimyogarlar I.V.Dyobereyner va E.Micherlixlar tomonidan suvli eritma shaklida olingan bo'lib, uni "eruvchan modda" deb ta'riflashdi. 1860 yilga kelib fransiyalik kimyogar P.E. Bertlo invertazani sof holatda ajratib oldi va unga nom berdi. Hozirgi kunda invertaza fermenti oziq-ovqat sanoatida, ayniqsa murabbo va shirinliklar tayyorlashda, shuningdek sut-qatiq mahsulotlarini ishlab chiqarishda eng ko'p ishlatiladi. Invertaza, shuningdek, uglerod manbai sifatida saxarozadan etanol ishlab chiqarishda ham qo'llaniladi. Bunday holda invertazdan foydalanish fermentatsiya jarayonida sorbitol mavjud bo'lishining oldini olishga yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |