Talaba mustaqil tayyorlanishda quyidagilar nazarda tutiladi:
Matn bilan tanishish.
Gen muhandisligi usullari bilan tanishish
O’zbekistonda gen muhandisligi usllari borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko’lamini tahlil qilish
Gen muhandisligi ususllari uchun maqbul shart-sharoitni tanlay olish
O`rganilgan materiallarni taqdimot qilish.
1-topshiriq. Savollarga javob bering
DASTLABKI BILIMLARNI ANIQLASH UCHUN SAVOLLAR
1. Gen deb nimaga aytiladi?
2. Organizmlar genlari yoki genlar majmuasini inson manfaatlarini ko’zlagan holda o’zgartirilishiga nima deb ataladi?
3. Gen injeneriyasi fanining maqsadinimadan iborat?
4. Genetik injeneriyaning tadqiqot ob’ektlari nimalar hisoblanadi?
5. Buyuk fransuz olimi Lui Paster bakteriyalarning xilma-xilligini, ularning irsiyati mavjudligini va xususiyatlarining irsiyatga to’la bog’liqliligini, bakteriyalarni qanday usuli bilan ilk bor ko’rsatib berdi?
6. 1952 yil Joshua va Ester Lederberglarqanday kashfiyot qilishgan?
7. Shtamm deb nimaga aytiladi?
8. Organizmning irsiyatini o’zgartirishda qaysi jarayonlaridan keng foydalaniladi?
9. Transformatsiya jarayoni kim tomonidan kashf etilgan?
10. Tranduksiya jarayoni kim tomonidan kashf etilgan?
11.Transduksiya deb nimaga aytiladi?
12. Transformatsiya deb nimaga ataladi?
DASTLABKI BILIMLARNI ANIQLASH SAVOLLAR JAVOBLARI
|
1. Bir molekula oqsilning biologik sinteziga javobgar bo’lgan, DNK zanjiridagi nukleotidlar qatoriga gen deb ataladi
2. Organizmlar genlari yoki genlar majmuasini inson manfaatlarini ko’zlagan holda o’zgartirilishiga gen injeneriyasi yoki genetik injeneriya deb ataladi
3. Gen injeneriyasi fanining maqsadi genlarning ichki tuzilishini va xromosomada tutgan o’rnini ehtiyojga mos ravishda o’zgartirib, ularning faoliyatini idora etishdir
4. Genetik injeneriyaning tadqiqot ob’ektlari viruslar, bakteriyalar zamburug’lar, hayvon va o’simliklarning hujayralaridir
5. Buyuk fransuz olimi Lui Paster bakteriyalarning xilma-xilligini, ularning irsiyati mavjudligini va xususiyatlarining irsiyatga to’la bog’liqliligini, bakteriyalarni klonlash usuli bilan ilk bor ko’rsatib berdi
6. 1952 yil Joshua va Ester Lederberglar bakteriyalarga genlar mutatsiyasining o’z-o’zidan sodir bo’lishini bakteriya koloniyalaridan nusxa (replika) ko’chirish usulini qo’llash vositasida isbot qilib berdi
7. Bir turga mansub bo’lgan, lekin ayrim genlari bilan bir-biridan farqlanuvchi bakteriya hujayralari alohida shtamm deb ataladi
8. Organizmning irsiyatini o’zgartirishda transformatsiya va transduksiya jarayonlaridan keng foydalaniladi
9. Transformatsiya jarayoni 1928 yilda Griffit tomonidan kashf etilgan
10. Tranduksiya jarayoni 1952 yilda N.Sinder va Dj.Ledenberg tomonidan kashf etilgan.
11. Bu jarayon faglarning litik reaksiyasi deb ataladi.
12. Ma’lum sharoitda bir organizm irsiy molekulasi har qanday bo’lagining ikkinchi organizm irsiy molekulasi tarkibiga birikish hodisasiga transformatsiya deb ataladi.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |