Spirografiya va pikflyuometriya.
Spirografiya-tashqi nafas olishni grafikli registratsiyalash
bilan tekshirish usuli hisoblanadi. Odatda, 5 yoshdan katta
bolalarda, ertalab och qoringa, 10-15 daqiqa dam olgach
òtkaziladi. Spirografiya yordamida nafas olish hajmi, nafas
olishning rezerv hajmi, nafas chiqarishning rezerv hajmi,
òpkaning tiriklik si
ģimi, òpkaning minutlik hajmi va
òpkaning minutlik ventilyatsiyasi aniqlanadi.
Ba'zan spirografiyani òtkazishga imkon bòlmaganda nafas
yòllari diagnostikasida pikflyuometriya usuli òtkaziladi.
Pikfluometr asbobi
Pikfluometriyani òtkazishdan maqsad:
1.Nafas a'zolari kasalliklarida nafas yòllari
torayishi darajasini aniqlash;
2.Spirografiyani òtkazish imkonsiz bòlganda
nafas yòllari diagnostikasida;
3.Obstruktsiyani dastlabki kuchiga baho
berishda;
4.Nafas yòllar spazmiga aniq sababni topishda.
Qòllanilishi:
Pikfluometriya usuli asosan 3-4 yoshdan katta bòlgan
bolalarda òtkaziladi. Chunki bu yoshdagi bolalar
pikfluometr asbobini mustaqil ishlata oladi yoki shifokorni
gaplariga tushunadi.Asosan kuniga 2 marotaba:ertalab va
kechqurun òtkaziladi. Ertalab uy
ģongach,och qoringa,
kechqurun ovqatdan 2 soat keyin yotishdan oldin. Bu
kunlik holatni baholashda muhim hisoblanadi. Agar bemor
bola dori qabul qiladigan bòlsa, ertalab dori qabul qilishdan
20 daqiqa oldin va kechqurun 20 daqiqa keyin òtkaziladi.
Bunda biz dori moddasiga nafas yòllarining reaktsiyasini
baholaymiz.
Òzining ahamiyatiga kòra ikki xil pikfluometr bor:
1. Bolalar uchun ( 135 sm gacha bòlgan bòy uzunligiga ega
bolalarga - 35-350 litr/min);
2. Kattalar uchun( 135 sm dan yuqori bòy uzunligiga ega
kattalar-60-800 litr/min).
Pikfluometrni zonalari alohida rang bilan ajratilganini
tanlagan yaxshi. Pikfluometrning mundshtugi yumaloq yoki
ovalsimon bòladi. Bolalar uchun yumalo
ģini tanlagan yaxshi.
Mundshtuk pikfluometrga òrnatiladi.
Kòrsatkich "0" da turganligi tekshiriladi.
Bemor bola tik turgan yoki òtirgan holatda
pikfluometrni gorizontal holatda ushlaydi.
Dastlab bir necha marta erkin nafas olib, chiqargach,
lablariga mundshtukni olib boradi, tishlari bilan
fiksatsiyalaydi.
Chuqur nafas oladi va pikfluometrga
puflaydi.
Puflash xuddi tort shamlarini puflashdagi kabi amalga
oshiriladi.
Tekshiruv 3 marta òtkaziladi va eng yuqori natija olinadi.
Natijani pikfluometrdagi rangli zonalar bilan solishtiramiz. Bu
zonalar xuddi svetofor ranglari kabi:
-yashil: 80-100%. Bunda hammasi yaxshi. Òpkalar normal
holatda. Hammasi nazorat ostida, degani;
-sariq: 50-80%. Kasallik boshlanishi;
-qizil: 50% dan kam. Nafas yetishmovchilik holati.
Dastlab bolaning bòy uzunligi bòyicha normada necha ml ni
tashkil etishini jadvaldan topamiz
Demak, bu bola uchun normal hajm 267ml ga teng.
Bola esa 250 ml natija kòrsatgan, biz bunda matematik proportsiya orqali foiz
topamiz.
267-100%
250-×=93%
Demak, bolada hammasi normada, natijasi yashil zonaga
t
òģri keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |