Jyul Vern, «O‘n besh yoshli kapitan». «Yangi asr avlodi»



Download 2,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet104/151
Sana12.04.2022
Hajmi2,35 Mb.
#544954
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   151
Bog'liq
4 On besh yoshli kapitan roman

262
Jyul Vern
dahshat, naqadar azob bor edi! Uning ovozi haliyam 
qulog‘imdan ketmaydi...
7 va 8-may. O‘tgan kechadagi qurbonlarni hisoblab 
ko‘rishsa, yigirmaga yetibdi. Ertalab men Tom bilan 
uning sheriklarini qidirdim. Xayriyat, hammasi tirik ekan! 
Ammo tirik bo‘lishdan nima foyda? Hamma azob-uqubat-
lardan birato‘la qutulgan yaxshiroq emasmidi?
Tom karvonning eng oldidagi qatorida ketyapti. Yo‘l-
ning qayrilish joyida Tomning qolipi orqaga ko‘z tashlash-
ga imkon berdi. Ko‘zimiz ko‘zimizga tushdi.
Nan kampir ko‘zga ko‘rinmayapti-ya? Kechasi halok 
bo‘lmadimikan-a?
Nihoyat, suv bosgan tekislikdan o‘tib ketdik.
Yigirma to‘rt soat ichida yurdik. Endi karvon bir adir 
ustiga kelganda to‘xtadi. Oftob issig‘ida qurib, biroz ovqat 
ham yeb oldik. Shunday og‘ir yo‘l yurib kelgandan keyin 
nonushtaning bemazaligini qarang-a! Bir necha dona 
maks, bir hovuch maniok uni – bo‘lgan-turgani shu! Suv 
iflos va loyqa. Yerda yotgan bu odamlarning qancha-qan-
chasi joyidan turishga majoli qolmasa-ya, hali?
Missis Ueldon bilan Jekni bunday azob chektirishma-
sa kerak, deyman! Yo‘q, ularni Kazondega boshqa yo‘l 
bilan olib ketishgan bo‘lsa kerak. Sho‘rlik ona bunday 
azoblarga sira chiday olmas!
Karvonda bir necha kishi shamol chechagi bilan og‘rib 
qoldi. Kasallar yurolmaydi, ularni nima qilisharkin? Na-
hotki shu yerda tashlab ketishsa?
9-may. Ertalab yo‘lga tushdik. Hech kim bu yer da 
qolmadi. Xavildorlar charchaganlarni va kasallarni ham 
savalab turg‘izishdi. Qullar – mol, pul. Ularning qimir-
lashga sal joni bo‘lsa bas, xavildor lar yurishga majbur 
qilaveradi.
Atrofimizdagi bechoralarning hammasi qoq suyak 
bo‘lib qolgan. Ularning qattiqroq ingrashga ham quvvat-
lari yetmaydi.
Axiri, Nan kampirni ko‘rdim. Unga qarasang yura-
ging ezilib- ezilib ketadi! Qo‘lidagi negr bola yo‘q. Bo-


263
«O‘n besh yoshli kapitan»
laning onasi ham ko‘rinmaydi. Nan kampir yakka o‘zi 
ketyapti. Demak, endi qolipsiz osonroq yura oladi. Amo 
kishan-zanjiri hamon belini qisib turibdi. Osilib qolgan 
zanjirni yelkasiga tashlab olibdi.
Men asta yurib oldiga keldim. Nima balo? Meni tani-
mayaptimi? Shuncha o‘zgarib ketibmanmi?
– Nan, – deb chaqirdim uni men.
– Dik, sizmisiz? Men... men... yaqinda o‘laman...
– Yo‘g‘-ey, unaqa demang! Bo‘sh kelmang, Nan! – de-
dim. U shunday holdan toygan va azoblangan ediki, unga 
qarashga yuragim betlamadi.
– Bilaman: baribir o‘laman. Aziz bekam missis Ueldon 
bilan... kichkina Jekimni endi hech qachon ko‘rolmay-
man!.. Menga yordam qiling!
Men eski-tuskiga o‘ralib olgan va sovuq yeganday 
titrayotgan bechora kampirni suyab olmoqchi bo‘ldim. 
Hamrohi o‘lgandan keyin o‘zida qolgan kishanni Nanga 
yengilroq bo‘lsin deb, u bilan birgalashib kiyishga ham 
rozi edim.
Shu payt meni birov bir chetga qattiq itarib yubordi-da
Nanni qamchi bilan urib haydab qullar orasiga qo‘shib 
qo‘ydi. Men o‘sha odamga hamla qilay deb turgan edim, 
qayerdandir Ibn Homis paydo bo‘lib qoldi. U bir og‘iz 
ham so‘z aytmasdan, yonimizdan karvon o‘tib bo‘lguncha 
meni ushlab turdi. Karvon ketidagi eski joyimga turib 
olganimdan keyin u og‘iz ochib:
– Negoro! – dedi.
Negoro! Demak, Negoroning buyrug‘i bilan be chora 
o‘rtoqlarimga qaraganda menga boshqacha muomala 
qilinayotgan ekan-da?
Meni nima qilmoqchi ekan bu portugaliyalik?
10-may. Bugun yonayotgan ikkita qishloq yonidan 
o‘tib ketdik. Uylar lovillab yonyapti. Yonmay qolgan 
daraxtlarda o‘liklar osilib yotibdi. Aholi qochib ketgan. 
Dalalar sahroga aylangan. Qishloqlarga hujum bo‘lib, 
ikki yuz odam halok bo‘libdi. Qul savdogarlari atigi o‘n 
ikkita asir olishibdi...



Download 2,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish