Jyul Vern, «O‘n besh yoshli kapitan». «Yangi asr avlodi»



Download 2,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet105/151
Sana12.04.2022
Hajmi2,35 Mb.
#544954
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   151
Bog'liq
4 On besh yoshli kapitan roman

264
Jyul Vern
Kun kech bo‘lyapti. Karvon katta daraxt tagida dam 
olgani to‘xtadi. O‘rmon yoqasini chakalak sin gari qalin 
o‘t bosgan.
O‘tgan kechasi bir necha kishi bo‘yinlaridagi qolip-
larini sindirib qochib ketibdi. Ularni ushlab olib, toza 
azoblashdi. Xavildorlar bilan askarlar bugun juda qattiq 
poyloqchilik qilayotirlar.
Qorong‘i kecha. Har yoqdan asrlonlarning bo‘kirishi, 
qashqirlarning uvlashi eshitiladi. Uzoqdan gippopotam-
larning shov-shuvi kelib turibdi.
O‘sha yoqda biron ko‘l yoki daryo bo‘lsa kerak. Qattiq 
charchaganimga qaramay, uxlay olmadim. Qalin o‘t ichi 
qimirlayotganday tuyuldi. Birorta yirtqich hayvon borga 
o‘xshaydi. Qo‘rqmasdan karvonga hujum qilarmikan-a?
Diqqat bilan quloq soldim. Hech narsa eshitilmadi. 
Yo‘q-a! Qamishzor orasidan qandaydir bir hayvon kelyap-
ti. Qurolim yo‘q. Shunday bo‘lsa ham olishib ko‘raman! 
Hech bo‘lmasa yordamga chaqiraman. Mening hayotim 
missis Ueldon bilan o‘rtoqlarim uchun kerak hali!
Qorong‘ilikka tikilib turdim. Bugun oydin kecha emas. 
Tun qop-qorong‘i. Ana, papirus o‘simligi orasidan ikkita 
cho‘g‘ ko‘rindi – bu qoplon yoki qashqirning ko‘zlari bo‘lsa 
kerak. Bu cho‘g‘lar bir yo‘qolib, bir paydo bo‘lib turdi.
O‘tlar shitirlayapti. Hayvon menga hamla qil moqchi! 
Baqirmoqchi, shovqin ko‘tarmoqchi bo‘ldim. Xayriyatki, 
shunday qilmabman.
Ko‘zlarimga ishongim kelmadi! Dingo ekan! Dingo 
yonimda turibdi-ya! Yana Dingo! Qanday qilib topdi ekan 
meni? Sezgirligini qarang-a! Yo‘q, bu vafodor do‘stimning 
sezgirligini hech nima bi lan tenglashtira olmayman... 
Dingo qo‘llarimni yaladi. Voy azamat-ey, yagona hamro-
him sensan! Demak, ular seni o‘ldirolmabdi-da!
Men Dingoni erkalatdim. U suyunganidan akillab 
yuboray dedi, men uni tinchitdim. Uning bu yerdaligini 
hech kim bilmasligi kerak. Karvon izidan ergashib ke-
laversin. Kim bilsin, ehtimol... Nima uchun Dingo bo‘yinini 


265
«O‘n besh yoshli kapitan»
hadeb qo‘limga ishqalayaptikan-a? U go‘yo: «Qaragin! 
Qarasangchi!» deyayotganday bo‘ladi. Bo‘ynini siypab 
qarasam, bo‘yinbog‘ida bir narsa bor ekan... Bilsam, bu 
narsa sirli «S» bilan «V» harflari kesib yozilgan tunuka tax
-
tachaning teshigidan o‘tkazilgan bir bo‘lak qamish ekan...
Avaylab qamishni chiqazib oldim. Uni sindirdim! Ichini 
qarasam, xat bor ekan!
Qorong‘i bo‘lganidan xatni o‘qiy olmadim. Demak, tong 
otishini kutish kerak. Dingoni olib qolmoqchi bo‘ldim-u, 
lekin u yana qamish orasiga kirib ketmoqchi bo‘lib intildi. 
O‘z burchini ado qilganini tushunyapti.
Uni qo‘yib yubordim. U hech ovoz chiqarmay, bir sak-
rab o‘t orasiga kirib ketdi. Iti tushkur-ey, ish qilib, arslon 
yoki qashqirlarga yo‘liqib qolmasin-da!
Dingo o‘zini yuborgan odam oldiga jo‘nagan bo‘lsa 
kerak.
Hamon o‘qib bo‘lmayotgan bu xat ichimni timdalab 
turardi.
Uni kim yozgan ekan? Missis Ueldonmi? Yo Gerku-
lesmi?
Bu vafodor Dingo ularni qanday qilib topdi ekan? Biz 
uni o‘lgan deb o‘ylovdik-ku!
Bu xatchada nima yozilgan ekan? Qul savdogarlaridan 
qochish uchun yo‘1-yo‘riqlarmi yoki qadrdon do‘stlarim-
dan eson-omonlik xabarimikin?
Nimaiki bo‘lsa bo‘lsin, har holda, bu hodisa meni an-
cha quvontirib yubordi. Ehtimol, qayg‘u-hasratlar endi 
tamom bo‘lgan bo‘lsa?
Qani endi, tezroq tong ota qolsa!
Astoydil diqqat qilib ufqqa tikilaman. Undagi yangi 
ko‘tarilib kelayotgan tong nurlarini izlayman.
Ko‘zlarimga hech uyqu kelmaydi. Yiroqlardan boya-
gidek yirtqich hayvonlarning bo‘kirgani eshitiladi. 
Bechora Dingo ularning panjasiga tushmay, qutulib 
ketoldimikan-a?
Nihoyat, tong ota boshladi. Tropik mamlakatlarda tong 
qorong‘isi bo‘lmasdan, osmon birdaniga yorishib ketadi. 


266
Jyul Vern
Yorug‘ tushishi bilan xatni hech kimga ko‘rsatmasdan 
o‘qish uchun g‘ujanak bo‘lib yotib oldim.
O‘qib ko‘rmoqchiman...
Endi tong ham yorishdi! Xatni o‘qib chiqdim. Xatni 
Gerkules yozgan ekan.
Bir parcha qog‘ozga qalam bilan bir necha satr yozib 
yuboripti.
«Missis Ueldon bilan kichkina Jekni kitandada ko‘tarib 
ketyaptilar. Gerris bilan Negoro ular bilan birga ketyapti. 
Janob Benedikt tog‘a ham ular bi lan birga. Ular karvondan 
uch-to‘rt kunlik oldinda ketyaptilar. Ular bilan gaplashish-
ning iloji bo‘lmadi. Men Dingoni topib oldim. Dingoni kimdir 
otipti, yaralapti, hozir endi tuzalib qoldi. Bo‘shashmang, 
parvo qilmang, Dik. Butun o‘y-xayolim hammangizda, 
sizlarga foydam tegar degan umidda qochgan edim.
Gerkules».
Demak, missis Ueldon bilan uning o‘g‘li eson-omon 
ekanlar. Ularning bizlar bilan birga bo‘lmaganlari qaytaga 
yaxshi bo‘ldi, bo‘lmasa bu azob-uqubatli yo‘l yurishlarga 
chiday olmasdilar. Kitanda zambilga o‘xshagan narsa, 
uni ikkita uzun xoda orasiga to‘qiladi... Bunday zambilni 
ikki kishi yelkasida ko‘tarib yuradi. Zambilga dokadan 
pashshaxona ham quradilar.
Shunday qilib, Missis Ueldon bilan Jekni zam bilga 
solib olib ketishayotgan ekan. Gerris bilan Negoroga 
ularning nima keragi bor ekan? U ifloslar Kazondega keti
-
shayotgan bo‘lsa kerak. Albatta shunday bo‘lishi kerak. U 
yoqqa borgach, ularni o‘zim topib olaman! Dingo menga 
qanday xushxabar keltirdi-ya! Endi so‘nggi kunlarda 
tortgan jabr-jafolarimni esimdan chiqazsam ham bo‘ladi.
11–15-may. Karvon hamon oldinga bormoqda. 
Asirlarning holi kun sari yomonlashmoqda... Aksarisi-
ning ketida qon izlari qolmoqda. Hisobimcha, Kazondega-
cha kamida o‘n to‘xtam yo‘l bor. Manzilga yetgunimizcha 
yana qancha odamning oyog‘i cho‘zilarkin? Ammo men 


267
«O‘n besh yoshli kapitan»
u yoqqa tirik yetib olishim lozim! Yetib olishim shart! 
Albatta yetib olaman!
Karvonda shunday sho‘rlik bechoralar borki, ularning 
butun badani qonli jarohat bilan qoplangan. Kishanlari 
yalang‘och etlarini yeydi. Qanday dahshat-a!
Sho‘rlik bir ona kuni kecha ochlikdan o‘lib qol gan 
bolasini qo‘lida ko‘tarib ketyapti. Uning bolasidan hech 
ajralgisi kelmaydi.
Bosib o‘tgan yo‘limiz murdalar bilan to‘lmoqda. 
Shamol chechagi yana avj olib ketdi.
Bir daraxt yonidan o‘tib ketayotsam, uning tagida 
daraxtlarga bog‘langan murdalar uyilib yotibdi. Bular 
qandaydir ayb qilganlari uchun ochlikdan o‘lsin deb 
daraxtga bog‘lab ketilgan qullar edi.
16–24-may. Darmonim qurayozdi, lekin bo‘sh kelmoq-
chi emasman. Men yetib olishim kerak! Yomg‘ir ham 
to‘xtadi. Jazirama oftobda yurish kun sayin og‘irlash-
yapti. Nazoratchilar «ha bo‘l» deb shoshiltirayotirlar, yo‘l 
esa tikka balandlikka ko‘tarilib ketyapti.
Kecha o‘tlari baland va qalin o‘sgan yerlardan yurib 
bordik, o‘tlarning poyalari yuzimni rosa tirnadi, tikanli 
urug‘lari esa yirtiq kiyimdan o‘tib, badanni achityapti.
Xayriyatki, etiklarim pishiq ekan, hali chidash bersa 
kerak.
Xavildorlar kasallarni va holdan ketganlarni kar-
vondan tashlab ketyaptilar, chunki oziq-ovqat yetmay 
qolish xavfi bor. Agar askarlar bilan hammollarning 
hissasidan kamaytirilsa, to‘polon ko‘tarishlari mumkin. 
Shuning uchun karvon xo‘jayinlari asirlarning ulushi-
dan kamaytirishadi.
– Bizga nima, batta bo‘lsin, bir-birini yeb qo‘ymaydimi, 
– derdi karvonboshi qullar to‘g‘risida.
Turishidan baquvvat ko‘ringan ba’zi qullar birdani ga 
yiqilib o‘lib qolyapti. Bu haqda Livingstonning yozganlari 
esimga tushdi. «Bu bechoralar, – deb yozgan edi u, – 
to‘satdan, yuragim sanchyapti deb qoladilar. Qo‘llari bilan 
ko‘kraklarini ushlab, yiqilib o‘lib qoladilar. Menimcha, 


268
Jyul Vern
ular yuraklari yorilib o‘layotgan bo‘lsalar kerak! Necha 
marta sinab ko‘rishimcha, bu hodisa ilgari ozod yurib, 
keyin birdaniga qullikka tushib qolgan kishilarda bo‘ladi, 
chunki bunday odamlar bu xil og‘irchiliklarga odatlan-
maganliklaridan toqat qilolmaydilar».
Bugun xavildorlar toyib karvon orqasidan ham sudra-
lib yurolmay qolgan qullardan yigirmatachasini bolta 
bilan chopib tashladilar. Ibn Homis qirg‘ingarchilikni 
ko‘ra-bila turib, hech nima demadi. Qanday dahshatli 
manzara edi u!
Miyasi pachoqlangan Nan kampir eng oldin yiqildi... 
Men uning o‘ligiga qoqilib ketdim. Uni o‘z qo‘lim bilan 
ko‘molmadim.
«Piligrim» kemasida falokatga yo‘liqqan yo‘lovchilardan 
eng birinchi qurbon bo‘ldi u.
Bechora Nan!..
Har kun kechasi Dingoni poylayman. Ammo azamat 
it endi kelmay ketdi. Biron baloga yo‘liqdimikan-a? Yoki 
Gerkulesning o‘ziga bir balo bo‘ldimikan-a? Yo‘q... aslo. 
Bunga hech ishongim kelmaydi. Gerkulesning men-
ga bildiradigan yangi xabari bo‘lmasa kerak. Bundan 
tashqari, u juda ehtiyotkor. Bekordan-bekorga Dingoni 
xatarga qo‘ymaydi...»

Download 2,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish