287
«O‘n besh yoshli kapitan»
Kazonde xoni Muani-Lunga janoblari yarmarka-
ga tashrif buyurdilar. Xotinlari, «davlat amaldorlari»,
askarlari va qullari ham uning ketidan kelar edilar. Al-
vets bilan boshqa qul savdogarlar ham shoshib-pishib
Muani-Lunga huzuriga chiqishdi. Ular har xil so‘zlar bilan
uni maqtardilar, chunki bu o‘taketgan mayparastning
maqtovni yaxshi ko‘rishini bilar edilar.
Bozor maydonining o‘rtasiga
kelganda xon tush gan
zambil to‘xtadi, o‘nlarcha qullar yordami bilan xon janob-
lari yerga tushdilar.
Muani-Lunga hali ellikka ham bormagan bo‘lsa-da,
uni saksonga kirgan deb bemalol aytish mumkin edi.
Uning boshida uchiga yo‘lbars tirnoqlari bilan oq yung
qo‘yilgan tojga o‘xshash alomati bor edi. Bu esa Kazonde
xonlarining nasldan-naslga qoladigan tojlari edi. Xon
sonlarini marvarid qo‘yib tikilgan ikkita kiyik teri yubka
bi lan berkitib olgandi. Uning ko‘kragiga har xil bezakli
rasmlar tushirilgan bo‘lib,
bu bezaklar xon nasli qadim
zamonlardan beri hukmron bo‘lib kelayotganini ko‘rsa-
tardi. Agar bu to‘g‘ri bo‘lsa, Muani-Lunganing xon nasli
ko‘p asrlardan beri hukm surib kelgan bo‘ladi. Xonning
bilaklari bilan boldirlarida behisob ko‘p halqalar jarang-
lab turar di. Xon oyog‘iga xizmatkorlar ham kiymaydigan
sariq astarli qadim zamon etigi kiygan edi. Alvets bu
etikni unga bundan yigirma yil burun in’om qilgan edi.
Xon chap qo‘liga kumush cho‘qmorli hassa va o‘ng qo‘liga
marvarid qadalgan dastakli pashsha tuzoq ushlagan edi.
Xonning qo‘lida gadoylar
choponi singari qirq yamoq,
har xil rangli eski soyabon bor edi, bo‘yniga bir vaqtlar
yo‘qolib qolganda Benedikt tog‘ani hayajonga solgan
lupani osib ol gan, entomolog ko‘zoynagini esa burni
ustiga taqib olgan edi. Bu buyumlarni Batni tintiganda,
uning cho‘ntagidan topib olishgan edi. Alvets esa ularni
Muani-Lunga janoblariga tortiq qilgan edi.
Yuz mil atrofdagi viloyatlarni qo‘l
ostida tutuvchi negr-
lar xoni ana shu taxlitdagi bir zot edi.
288
Jyul Vern
Taxtga o‘tirayotganida Muani-Lunga o‘zini «xudoning
o‘g‘liman» deb e’lon qilgan ekan. U bunga ishonmagan
fuqarolarini xudoning o‘zidan borib so‘rab kelsinlar deb,
xudo oldiga jo‘nataverardi. Bundan tashqari u, men
xudo zotidan bo‘lganim uchun bandalarning ehtiyoj-
laridan ancha balandda turaman, ovqatni men yaxshi
ko‘rganim
uchungina yeyman, ichkilikni menga rohat
bergani uchungina ichaman, deb aytar edi. Shuni ham
aytish kerakki, u janoblariday ichkilikxo‘r kishi olamda
topilmasdi. Vazirlik vazifasini bajaruvchi o‘taketgan
mayxo‘rlar ham uning oldida ip esha olmasdilar. Xon
janoblarining badaniga spirt singib ketgan bo‘lishiga
qaramasdan, o‘tkir pivodan, meva vinosi va, ayniqsa,
Alvets tomonidan doim keltirilib turiladigan arzon yamay
arog‘idan bosh ko‘tarmas edi.
Muani-Lunganing haramida har xil vaziyat va har xil
yoshdagi xotinlari ko‘p edi. Xotinlarining ko‘pi u bilan
birga bozor maydoniga chiqqan edi. Qirq yoshlar chama-
sidagi Muana degan katta xotini
qirolicha deb yuritilar
edi. U o‘tdan to‘qilib mar varid qadalgan katak-katak
chipor ro‘mol o‘ragan va yubka kiygan edi. U bo‘yni bilan
oyoq-qo‘llariga siqqanicha har xil munchoqlar taqib ol-
gan edi. Qavat-qavat qilib o‘rilgan sochlari kichkinagina
maymunsimon basharasini chulg‘ab olgan bo‘lsa ham,
uning xunuk qiyofasiga husn kirgiza olmas edi. Janob-
ning boshqa xotinlari unchalik yasanmagan bo‘lsalar
ham, undan biroz yoshroq edilar.
Ular katta xotinning
ketidan va xon oyimning imosi bilan o‘z burchlarini ba-
jarishga... jonli kursi bo‘lishga tayyor turar edilar. Agar
xon o‘tirmoqchi bo‘lsa, ularning biri yerga yotib unga
kursi bo‘ladi, boshqasi xonning oyog‘i tagiga yotib, uning
uchun g‘alati bir qora gilam bo‘ladi!
Muani-Lunganing xotinlari ketidan vazirlari, askar
boshilari va jodugarlari ham zo‘rg‘a
oyoqqa bosib kelmoq-
da edi. Bu yovvoyilarga qaragan kishi, dastlab ularning
har birida biror a’zo yetishmaganini ko‘radi. Biri – qu-