Jyul Vern, «O‘n besh yoshli kapitan». «Yangi asr avlodi»



Download 2,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet115/151
Sana12.04.2022
Hajmi2,35 Mb.
#544954
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   151
Bog'liq
4 On besh yoshli kapitan roman

291
«O‘n besh yoshli kapitan»
– Xon janoblarining meva vinosi yoki asal vinosiga 
toblari qalay? – deb mug‘ambirona so‘radi Alvets uning 
nima ichishini bila turib.
– Yo‘q, yo‘q... – deb baqirdi xon. – Yonadigan suv 
ichaman! Yonar suvning har bir tomchisi uchun Alvets 
do‘stimga men...
– Bir tomchidan oq tanlilar qonidan! – deb qo‘ydi Ne-
goro. U Alvetsga bir narsa to‘g‘risida imo qilgan edi Alvets 
bosh irg‘ab ma’qulladi.
– Oq tanli kishining qoni deysizmi? Uni o‘ldirish kerak-
mi? – deb qayta so‘radi Muani-Lunga Negoroning taklifini 
eshitgach, joni kirib.
– Bir oq tanli kishi Alvetsning agentini o‘ldirib qo‘ydi, 
– deb davom etdi Negoro.
– Gerrisni o‘ldirdi. Biz undan o‘ch olishimiz kerak, – 
deb qo‘shimcha qildi Alvets.
– Unday bo‘lsa uni Zair daryosining bosh tomonidagi 
Massongo xoniga yuborish kerak. Assua xonning jang-
chilari uni tilka-tilka qilib, pishirmay ham yeb qo‘yadilar. 
Ular hali odam go‘shtini yeyishni tashlaganlaricha yo‘q, 
– dedi Muani-Lunga.
Bu gap to‘g‘ri edi. Markaziy Afrikaning ba’zi bir qa-
bilalarida hozir ham odam go‘shti yeyish odati bor edi. 
Livingston o‘zining safar xotiralarida, Lualaba daryosi 
bo‘yida yashovchi man’ema qabilasi urushda o‘lgan dush-
manlarini yeyish bir yoqda tursin, hatto yeyish uchun 
qullar sotib oladi, deydi. Kameron ham moeke-bugga 
degan odamxo‘r qabilani uchratgan, Stenli esa oukusu 
qabilasining odam yeganini o‘z ko‘zi bilan ko‘rgan.
Ammo Dik Sendni o‘ldirish uchun xon o‘ylab chiqar-
gan jazo naqadar dahshatli bo‘lmasin, lekin bu Negoro-
ga yoqmadi, chunki bu qurbonni qo‘lidan boy berishni 
istamasdi.
– Bu oq tanli do‘stimiz Gerrisni Kazonde shahrida 
o‘ldirib qo‘ydi, – dedi u.
– Shuning uchun u albatta Kazonde shahrida o‘ldi-
rilishi kerak! – deb qo‘shimcha qildi Alvets.


292
Jyul Vern
– Uni qayerda o‘ldirsang ham o‘ldiraver, Alvets. Lekin 
shartimizni esingdan chiqarma: oq tanlining har bir tom-
chi qoni uchun bir tom chidan yonar suv berasan! – deb 
javob qildi Muani-Lunga.
– Yonar suvni beramiz! – dedi Alvets. – Yonar suv deb uni 
bejiz aytmaydilar, ko‘rasan, lovillab ketadi! Xoze-Antonio 
Alvets bugun Muani-Lunga xonni sharob bilan siylaydi!
Mayxo‘r buni eshitgach, suyunganidan qo‘lini Al-
vetsning qo‘liga qarsillatib urdi. U shodligidan terisiga 
sig‘masdi. Xonning xotinlari bilan boshqa odamlari ham 
xondan beshbattar suyunishdi. Ular hech qachon «yo-
nar suvning» yonganini ko‘rmagan edilar va uni lovillab 
turganida ichish mumkin deb o‘ylar edilar.
Sho‘rlik Dik Send! Uni qanday dahshat bilan jazolash-
moqchi-ya. Mast bo‘lgandan keyin, madaniy kishilar ham 
o‘z insongarchilik qiyofasini yo‘qotib qo‘ygandan keyin, 
mast yovvoyilar nima ishlar qilishini ko‘z oldingizga kel-
tirishingiz mumkin.
Oq tanli odamni qiynab o‘ldirish yigitda qasdi bo‘lgan 
Negoro uchungina emas, balki Alvets, Koimbra va boshqa 
qul savdogarlarga ham juda yoqdi.
Birdaniga kech kirdi, qosh qoraymasdanoq qop-
qorong‘i tun bo‘ldi-qoldi.
Alvetsning miyasiga chindan ham xon janoblariga 
yangi nav spirt ichimligi taqdim etish fikri ke lib qoldi. 
Keyingi vaqtlarda Muani-Lunga yonar suv o‘z nomiga 
munosib kishining ichini kuydirmas ekan deb o‘ylana 
boshladi. Ehtimol, lovillab yonayotgan aroq xonning qal-
dirab qolgan tilini rostdan ham kuydirib qo‘ysa...
Shunday qilib, kechki marosimda avval sharob ichish 
va keyin oq tanli odamni jazolash nomeri bo‘lishi kerak edi.
Dik Send o‘zi o‘tirgan qamoqxonadan o‘lish uchungina 
tashqariga chiqishi lozim edi. Qullarning sotilganlarini 
ham, sotilmaganlarini ham – hammasini barakka hay-
dashdi. Keng bozor maydonida xon bilan uning yaqinlari, 
qul savdogarlari hamda, basharti, ortib qolsa, xon sha-
robidan tatib ko‘rish orzusida bo‘lgan xavildorlar bilan 


293
«O‘n besh yoshli kapitan»
askarlargina qol di. Xoze-Antonio Alvets Negoroning 
maslahati bilan sharob ziyofati uchun hamma kerakli 
narsani tayyorladi. Qul savdogarining amri bilan may-
donning o‘rtasiga ikki yuz litr suv sig‘adigan katta mis 
qozon olib kelishdi. Uning ichiga bir necha chelak eng 
past, lekin juda kuchli spirt quyildi. Ichimlikning quv-
vatini yanada oshirmoq uchun unga murch va boshqa 
dorivorlar solindi.
Ichkilik marosimiga qatnashuvchilar xonni o‘rab olish-
di. Muani-Lunga gandiraklay-gandiraklay qozon yoniga 
bordi. Sharob uni magnit singari o‘ziga tortardi, shu 
sababdan u o‘zini qozonga tashlashga ham tayyor edi.
Alvets uni to‘xtatib, yonayotgan mash’alni uning qo‘li-
ga berdi-da, ayyorona kulib:
– Yondiring! – deb qichqirdi.
Muani-Lunga yonayotgan mash’alni spirt ichiga tiqdi.
Birdaniga qozon ustidan havo rang alanga otilib chiq-
di-yu, hammaning ko‘zi to‘rtta bo‘ldi.
Ichimlikni yanada o‘tkirroq qilmoq uchun, Alvets unga 
bir hovuch dengiz tuzidan qo‘shdi. Havo rang alanga 
shu’lasi tushib turgan qozon atrofidagi odamlar allaqan
-
day arvohga o‘xshab ko‘rinar edi. Yerliklar spirt hididan 
mast bo‘lib, hayqiriq ko‘tarishdi va Kazonde xoni atrofida 
qo‘l ushlashib quturgan hayvonday, aylanib chopib yura 
boshladilar.
Alvets qo‘liga uzun dastali cho‘mich olib, qozondagi 
ichimlikni aralashtira boshladi.
Muani-Lunga qozonga yaqin bordi, cho‘michni qul 
savdogaridan tortib oldi-da, yonayotgan sharobdan suzib 
ichmoqchi bo‘ldi.
Kazonde xoni shunday qattiq baqirib yubordiki!
Janobning spirt singib ketgan badani xuddi kerosin 
sepgandek yonib ketdi. Olovning issig‘i un chalik bo‘lma-
sa-da, lekin yongani yongan edi.
Kutilmagan bu hodisadan keyin yerliklar o‘yinlarini 
bas qilishdi.


294
Jyul Vern
Muani-Lunganing vazirlaridan biri olovni o‘chiraman 
deb o‘z xoni yoniga otildi. Ammo xondan battar piyanista 
bo‘lganidan u ham o‘sha onda yonib ketdi.
Muani-Lunganing boshqa odamlari ham shu sin gari 
yonib ketishi ehtimol edi.
Alvets bilan Negoro yonib ketayotgan xonga yordam 
berishdan ojiz edilar. Xonning xotinlari kapalaklari uchib 
qochib qolishdi. Koimbra ham o‘zining darrov yonib 
ketishini fahmlab, hammadan oldin qochib qoldi...
Xon bilan vazir og‘riqqa toqat qilolmasdan yer ga yi-
qilishdi.
Yog‘li badanga spirt singib ketgan bo‘lsa, olov ko‘k 
alanga berib yonadi, uni esa suv bilan o‘chirib bo‘lmaydi. 
Spirt singib ketgan a’zolarning yonishini o‘chirish uchun 
hech qanday iloj yo‘q...
Bin necha daqiqadan keyin Muani-Lunga bilan uning 
vaziri o‘ldi, lekin ularning jasadi hali ham yonmoqda edi.
Birpasdan keyin sharob qozoni oldida yonmay qolgan 
bir necha suyak bilan bir hovuch kulgina yotar edi.
Kazonde xoni bilan uning vaziridan qolgan narsa 
shugina edi...

Download 2,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish