Jyul Vern, «O‘n besh yoshli kapitan». «Yangi asr avlodi»



Download 2,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet114/151
Sana12.04.2022
Hajmi2,35 Mb.
#544954
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   151
Bog'liq
4 On besh yoshli kapitan roman

289
«O‘n besh yoshli kapitan»
loqsiz, biri – burunsiz, biri – qo‘lsiz va biri ko‘r edi. Bu 
amaldorlar ichi da hamma a’zolari joyida bo‘lgan bitta 
ham odam yo‘q. Buning sababi shunda ediki, Kazonde 
davlati qonunida faqat ikki xil jazo bo‘lib, bulardan biri 
o‘lim jazosi, ikkinchisi biror a’zoni kesib tashlash jazosi 
edi. Jazoning qaysi birini berish Muani-Lun ganing ixti-
yorida edi.
Xonga yaqin odamlar ozgina ayb qilib qo‘ysalar ham 
mayib qilib qo‘yilar edi.
Kilolo deb ataladigan viloyat boshliqlarining birdan-bir 
kiyimlari qizil kamzul edi. Ular boshlariga yovvoyi ot – zeb-
ra terisidan tikilgan qalpoq kiyib yuradilar va qo‘llarida 
mansablarini bildiradigan uzun qamish tayoqlari bo‘ladi.
Askarlarning hujum etish va o‘zlarini himoya qilish 
qurollari: kamalak, uchli pichoq, nayza ham da xurmo 
daraxtidan o‘yib yasalgan har xil cho‘qmorlardan iborat 
edi. Askarlarning kiyimi uchun Muani-Lunga bir tiyin 
ham sarf qilmas edi.
Marosimning eng ketida jodugarlar bilan mashshoqlar 
borardi.
Mgannga deb ataladigan bu jodugarlar tabiblik ham 
qilar edilar. Afrika yovvoyilari bu jodugarlarning avrash-
larida karomat bor deb ishonar edi lar. Jodugarlarning 
aksarisi saroy amaldorlari sin gari mayib qilingan edilar. 
Zolim xon dori-darmonlari o‘z kasaliga davo bo‘lmagani 
uchun jodugar-tabiblarni ham o‘shanday jazolar edi.
Erkak va ayol mashshoqlar: chig‘anoq asboblarga urib, 
do‘mbiralarini qattiq chalib, katta-kichik oshqovoqlardan 
qilingan ikki qator asboblarga puflab allaqanday ovozlar 
chiqazar edilar. Umuman aytganda, ovozlar kishini kar 
qilgudek edi.
Bu marosim ustida bayroqlar «hilpirab» borar edi.
Jangchilar Muani-Lunga yenggan qo‘shni qabila 
boshliqlarining oqarib qolgan bosh suyaklarini nayzaga 
sanchib ko‘tarib kelar edilar.
Maydondagilar xonni gulduros ovozlar bilan qutlab 
qarshiladilar. Karvon soqchilari osmonga qarata o‘q 


290
Jyul Vern
uzdilar, lekin odamlarning hayqirig‘i ostida miltiq ovozlari 
ko‘milib ketdi. Xavildorlar xon oldida mukka tushishdi.
Alvets oldinga chiqdi-da, xonga Kazondeda «orom-
baxsh o‘t» deb ataladigan bir o‘ram tamaki taqdim qildi. 
Bu narsa xonga ayni muddao bo‘ldi, chunki xon erta-
labdan beri diqqat bo‘lganidan, o‘zini ovutadigan biror 
narsaga muhtoj edi.
Alvetsdan keyin Koimbra, Ibn Homis va boshqa qul 
savdogarlari Kazondening qudratli hukmdoriga o‘zlari-
ning sadoqatli ekanliklarini bildirdilar.
«Marhabo!» deyishdi xonga arablar, qo‘llarini pesho-
nalariga, og‘izlariga va ko‘kraklariga qo‘yib. Ujijidan kelgan 
metislar esa chapak chalib, ikki bukilib ta’zim qildilar.
Muani-Lunga esa yerga yiqilib yotgan xushomad-
go‘ylarga qaramasdi ham. U katta-katta qadam tashlab 
sotish uchun maydonga chiqazilgan qul larni tomosha 
qilib, aylanib chiqdi. Agar qul sav dogarlari bironta qulni 
xon olib qo‘ymasin deb cho‘chib turgan bo‘lsa, qullar 
esa bu vahshiy hayvonning qo‘liga tushmasaydik deb 
kapalaklari uchar edi.
Negoro Alvetsning oldidan bir qadam ham jilmasdi. 
U Alvets bilan birga xon huzurida bo‘ldi. Ular yerlik tilda 
gaplashishdi, lekin buni gap deb aytish ham qiyin edi, 
chunki xon faqat bir zaylda g‘o‘ldirar edi. Tugay deb qolgan 
araq zapasini ko‘paytirib qo‘yish to‘g‘risida Alvetsdan ilti-
mos qilgandagina Muani-Lunganing tili chiqay deb qoldi.
– Lunga xon – Kazonde yarmarkasining aziz meh-
monidir! – deb xitob qildi Alvets.
– Ichgim kelyapti! – deb javob qildi xon.
– Xon janoblari yarmarka daromadidan ulushlarini 
oladilar, – deb qo‘shimcha qildi Alvets.
– Ichgim kelyapti! – deb ming‘illadi yana Muani-Lunga.
– Oshnamiz Negoro uzoq safardan keyin Kazonde 
xonini ko‘rishga intizor edi!...
– Ichkilik berasizlarmi, yo‘qmi? – deb baqirdi may-
parast xon.



Download 2,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish