Adabiyot 8-sinf



Download 127,94 Kb.
bet1/19
Sana16.04.2022
Hajmi127,94 Kb.
#556204
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
8-SINF SAVOL-JAVOB



ABITURIYENT
KUTUBXONASI

REGISTON MARKAZI

ADABIYOT


8-SINF

ADABIYOTI



SAVOL-JAVOB



DUNYO BIR KUNDIR, U HAM BUGUNDIR!!!
HAYOTNI NATIJA QIZIQTIRADI !!!

Тошкент-2015







«KUNTUG‘MISH» DOSTONI
1. Kuntug‘mish qaysi viloyatning polvoni edi?
J: Do‘rmoh viloyatining
2. «Kuntug‘mish» dostonidagi Oppoqoy kim?
J: Kuntug‘mishning singlisi
3. Kuntug‘mish necha yoshigacha ilm-hunar, kasb- kamolot qildi? J: 14 yoshigacha
4. Kuntug‘mish 14 yoshidan keyin nimalar bilan shug‘ul- landi? J: Qilich chopmoq, miltiq otmoq, chirishbozlik, ko‘pkaritozlik, nayzadastlik, garovbastlik ishlari bilan
5. Zangar podshosining ismi? J: Buvraxon
6. Buvraxon vazirlarining ismi? J: To’lr va Sho’lr vazir
7. Xolbeka qaysi vazirning qizi? J: Sho’lr vazirning
8. Xolmo‘min qaysi vazirning o‘gii? J: To’lr vazirning
9. Xolbeka necha yoshdan o‘tgandan keyin dong‘i qa- yerga yetdi? J: 14 yosh, Dog‘istonga
10. Xolbeka sovchilarga qanday shart qo‘ydi?
J: Nard o‘yini
11. «...deb aytsa, olti oyzindonda boqdiraman, suyagi- ni toshga chaqdiraman, tiriklay terisini shildiraman, ichiga somon tiqtiraman, ikki ko’zini o‘yaman, tepasiga moyni quyaman». Nuqtalar o’rniga qo’yilgan ismni toping. J: Xolbeka
12. Xolbeka va Kuntug‘mish tushlarida bir-birlarining nimasini almashtiradilar? J: Uzugini
13. Bahragul kim? J: Xolbekaning kanizi
14. Kim suratini qog‘ozga soldirib, bir sandiq tayyor qilib, sirtini tilla bilan qoplab, bir tola sochini suratga o‘rab, necha arz-hollarni bayon etib daryoga tashlagan?
J: Xolbeka
15. Kuntug‘mish kimning roziligini olib, Zangar eliga jo’naydi? J: Singlisining
16. Bozorda odamlar nima uchun turli yoqqa qochib ketdi? J: Kuntug‘mish Xolbekani odamlardan so‘ragani uchun
17. Kuntug‘mish qancha yo’lyurib, Zangar yurtiga kela- di? J: 3 oy
18. Kuntug‘mish kim bilan Zangar yurtida bozorda uchrashadi? J: Podshoning qudasi bilan
19. Kampir kimni Xolbeka deb Kuntug‘mishga ro’para qiladi? J: Zamongulni
20. Kuntug‘mish kimning qiyofasida Xolbekaning oldi- ga boradi? J: Bazzozvachcha qiyofasida
21. «Bir o‘g‘londir, misli daryoday toshgan,
Yuzlari qizarib olmaday pishgan,
Olmoqqa har kimning aqli shoshgan,
Qoshda donolar so‘zdan adashgam>. Ushbu ta’rif kim haqida? J: Kuntug‘mish haqida
22. Buvraxon Xolbeka uchun necha zinali nog‘oraxona qurdirgan edi? J: 40 zinali
23. Podsho necha kun nog‘oraxonaga chiqsa ham, Xolbeka chiqmaydi? J: 3 kun
24. Buvraxon Xolbeka ko‘shkka chiqmagandan keyin uning oldiga kimlarni jo‘natadi? J: 200 jallod, 400 mirg‘azabni
25. Xolbeka bilan Kuntug‘mish jallodlar eshikni buzib kirgach nima qilishadi? J: Ko‘shkdan pastga o‘zlarini tashlashadi
26. Xolbeka bilan Kuntug‘mish Buvraxondan qayerga yashirinadi? J: Kampirning go‘salaxonasiga
27. Mirg‘azab qanday amaldor? J: Jazolovchi amaldor
28. Miroxur kim? J: Podshoh otboqarlari boshlig‘i, o‘rta darajadagi amaldor
29. Somonxonada Xolbeka bilan Kuntug‘mishni kim ko‘rib qoladi? J: Zamonqul
30. Xolbeka bilan Kuntug‘mishning somonxonada ekanligini kim podshoga aytadi? J: Miroxur
31. «lrim deb merganlar otmas yolg‘izni», deganda Xolbeka nimani nazarda tutgan edi?
J: Kuntug‘mishning yolg‘iz o‘g‘il ekanini
32. Podsho umaro-yu ulamolaridan maslahat so‘raga- nida ularXolbeka bilan Kuntug‘mishga qanday jazo berish- ni ma’qul ko‘rishdi?
J: Tuyaning terisiga tikib, asov baytalning dumiga taqib haydab yuborishni
33. Baytal Xolbeka bilan Kuntug‘mishni necha kun deganda sahroga eltib, ulartulupdan tushib qolishdi?
J: Olti kun deganda
34. Xolbeka bilan Kuntug‘mish tulupdan qanday chi- qishdi?
J: Birgala quzg‘unlar tulupni cho‘qiganlari uchun
35. Xolbeka bilan Kuntug‘mish qayerda yashashdi?
J: Sahro o‘rtasidagi tog‘da
36. Kuntug‘mish qiyali cho‘qqiga nima uchun chiqdi?
J: Yaqin-atrofda odamlarning daragini topaman deb
37. Kuntug‘mish qiyali cho’qqigacha necha kun yurdi? J: Uch kun
38. Kim Kuntug‘mishni non beraman deb buloq boshida yashovchi ajdarga qarshi jangga yo’llaydi? J: Azbarxo’ja
39. Kim Kuntug‘mishni mastqilib, kigizga o’rab, ustidan tosh bostirib qo‘yadi? J: Azbarxo‘ja
40. Kim Xolbekani Buvraxonga berish uchun yo’lga chiqadi? J: Azbarxo‘ja
41. Kuntug‘mish necha kundan keyin bostirib qo’yilgan tosh tagidan chiqadi? J: Bir kundan keyin
42. Kuntug‘mish necha kundan keyin Xolbekani izlab qaysi daryoga yetadi?
J: Bir hafta deganda Tajan daryosiga
43. Azbarxo’janing laqabi nima? J: Aldarxo‘ja
44. Kuntug‘mish va Xolbeka qaysi tog‘da necha yil yashagan? J: Mug‘oltog‘da 4 yil
45. Kuntug‘mishning baliq yutgan bolasini kim qutqara- di? J: Olim sayyod
46. Olim sayyod qayerlik edi? J: Qatog‘onlik
47. Kuntug‘mishning bo‘ri olib qochgan bolasini kimlar topib oladi? J: Cho‘ponlar
48. Cho’ponlar bo‘rini qanday atashardi? J: Gurkiboy
49. Kuntug‘mishning baliq yutgan o‘g‘lini nima deb atashgan? J: Mohiboy
50. Kuntug‘mishning bo‘ri olib qochgan o‘g‘lini nima deb atashadi? J: Gurkiboy
51. Buvraxon Azbarxo‘jani nima qiladi? J: Zindonga tashlaydi
52. Buvraxon Xolbekani nima qiladi? J: Xolmo‘minga beradi
53. Ota-onasi haqidagi xabarni cho‘ponlardan kim eshitib qoladi? J: Gurkiboy
54. Gurkiboy nima uchun cho‘ponlardan qochib ketadi? J: Uxlab qolganda bo‘rilar ko‘p qo‘ylarni bo‘g‘izlab ketgani uchun
55. Mohiboy sayyodlardan nima uchun qochib ketdi?
J: Kabob va pullarini qimorda o‘ynab yutqazgani uchun
56. Gurkiboy va Mohiboy Zangar shahrida kimning uyi- da xizmatkor bo’lib ishlashadi? J: Xolmo‘min yasovulning
57. Buvraxon vafotidan keyin davlat qushi kimning boshiga qo’nadi? J: Kuntug‘mishning
58. Kuntug‘mishning boshiga davlat qushi necha marta qo‘nadi? J: 3 marta
59. Kuntug‘mish podsho bo‘lgandan keyin amaldorlari- ga qanday farmon chiqardi? J: Bir haftadan jilovxonada istiqomat qilib ketishni
60. Xolbekaning onasi ekanligini kim bilib qoladi? J: Gurkiboy
61. Bolalar nega kechqurun uxlamay chiqishi kerak edi? J: Xolmo‘min podsho topshirig‘i bilan bir hafta jilovxonada istiqomat qilgani ketgani uchun
62. Uyquni bo‘za qochiradi deb kim aytadi?
J: Mohiboy
63. Xolbeka bolalarni qayerda turib kuzatadi?
J: Tomda
64. Xolbeka bo‘za ichib mast bo‘lib qolgan qaysi bola- ning suhbatidan ularning o‘z farzandi ekanligini bilib qoladi?
J: Gurkiboyning
65. Xolbeka nima uchun bolalarini Zangar elidan chiqa- rib yuboradi? J: Otasi Kuntug‘mishni topib kelish uchun
66. Bolalar sakkiz kunda qayerga yetib keladi?
J: Olatog‘ga
67. Bolalar Olatog‘da nima qilishadi?
J: Podshoning yilqilarini haydab ketishadi
68. Kuntug‘mish bolalarni o‘g‘ri deya ularga qanday jazo tayinlaydi? J: Dorga osish
69. Kuntug‘mish o‘g‘rilarning o‘z farzandi ekanligini qan- day bilib qoladi?
J: Mohiboy va Gurkiboy oldin meni oldiring deya ota-onasining ismini aytib iltijo qilganlaridan so‘ng
70. Kuntug‘mish kimni Zangarga podsho qilib qaytacii'?
J: Xolmo‘minni
71. «Kuntug‘mish» dostonining qaysi baxshilardan yozib olingan variantlari mavjud?
J: Ergash Jumanbulbul o‘g‘li, Bekmurod Jumaboy o‘g‘li, Nurmon Abduvoy o‘g‘li, Egamberdi Ollomurod
72. 8-sinf darsligiga «Kuntug‘mish» dostonining qaysi baxshidan yozib olingan varianti kiritilgan?
J: Ergash Jumanbulbul o‘g‘lidan
73. Qilichxon laqabli podsho qaysi asar qahramoni?
J: «Kuntug‘mish» dostoni
74. «Kuntug‘mish» dostonidagi cholning nomi?
J: Zarchaman
75. Qur’oni Karimni o‘rtaga qo‘yib do‘st bo‘lishga va’da bergan, lekin qasamiga sodiq qolmagan qahramon...
J: Azbarxo‘ja
76. Kuntug‘mishga yordam bergan personaj...
J: Qosim qabilaboshi
77. «Kuntug‘mish» dostonining qaysi qahramoni bosiq, vazminj-aql bilan ish ko’radigan yigit... J: Gurkiboy
78. «Kuntug‘mish» dostonida biroz shaddod, biroz quv deya ta’riflangan qahramon... J: Mohiboy
79. Dostondagi qaysi qahramonlarsiz Kuntug‘mish va Xolbeka taqdirini to’laqonli tasavvur etish qiyin?
J: Qosim, Xolmo min, Mullavachcha, Zamonqul
80. Dostondagi qaysi badiiy unsurlar dostonning ba- diiy qimmatini oshiradi, qahramonlar qiyofasini yaxshiroq tasavvur qilishga yordam beradi?
J: 0‘xshatish, mubolag‘a, kinoya
81. Dostondan parchalar:«G‘aribning ko‘nglinioqlamoq savob», «Qilichdan seskanmas botirning tani»,
«Zarning qadrini zargar bilar har yerda»} «Gavharni ne bilsin ushalgan sopol», «Kamlikning kamoli bordir, Man- manning zavoli bordir»t «Yaxshilarning yuzin ko‘rsang jan- natdir, Yomon odam qilgan ishi minnatdir», «0‘zingdan kat- tani uchratsang pir bil, 0‘zingni erbilsang, birovni sherbih
82. «Bog‘ ichinda olma-anor istaydir,
Bo‘yi mahbub, mushki diydor istaydir.
Qadrdonlar, birga yurgan beklarim,
Do‘stlar-ay, ko‘ngil bir yor istaydir» misralarini kim ayt- gan? J: Kuntug‘mish
83. «Qarasa, bir qiz turibdi qayqayib: qoshini kerib, labini burib, chikka bel bo‘lib, shirin qilib kulib, taraqqos boylab, suqsurday bo‘ylab, tovusday taranib, bellari bura- lib». Ushbu ta’rif qaysi go‘zal haqida? J: Xo’lbeka haqida
84. «Shukur, ajalimiz yetgani yo‘q ekan, o’lmay shu toqqa keldik, albatta, chashmazor suvlar, har alvon meva- lar bo‘lsa kerak». Ushbu parcha qaysi asardan olingan?
J: «Kuntug‘mish» dostonidan
85. «Xonumonim bo‘ldi chun barbod dastingdan, falak,
Bolmadi g‘amgin bu ko‘nglim shod dastingdan, falak,
Qilmading aslo dilim obod dastingdan, falak,
To qiyomat dod etarman, dod dastingdan, falak,
Dod dastingdan, falak, bedod dastingdan, falak!» mis- ralari qaysi asardan olingan?
J: «Kuntug‘mish» dostonidan
86. Qaysi doston qahramoniga «sher haybatli, yolbars sifatli» deya ta’rif berilgan?
J: «Kuntug‘mish» dostonining
87. «Mosuvoday ko’kka uchdim,
Ajal sharobidan ichdim,
Bu dunyo bahridan kechdim,
Qalandar bo’lganim bo‘lgan», - deya qalandarlikni ixti- yor qilgan qahramon kim? J: Kuntug‘mish
88. «Kuntug‘mish» dostonida cho’ponlar «Bizga tojiking- ni qo‘y, o‘zbaki qilib aytib ber», - deyishganda «tojiki» deb nimani nazarda tutishgan? J: g’azalni
89. «Yaxshilarning yuzin ko‘rsang jannatdir,
Yomon odam qilgan ishi minnatdir,
Achchiqlanmay javob bergin, chirog‘im,
Ot so‘ramoq, zot so‘ramoq sunnatdir». Ushbu parcha qaysi asardan olingan va kimning tilidan aytilgan?
J: «Kuntug‘mish» dostonidan Gurkiboy tilidan
90. «Qaladin qalampir yuklar qalachi,
Durdonadan anbar tog‘ning og‘ochi,
Analhaq deb Mansur senga osildi,
Assalom alaykum, dorning og‘ochi» misralari qaysi qahramon nutqidan olingan? J: Xolbekaning
91. Kuntug'mish kelmagandan so’ng Avliyoyi Qoraxon o’zining o‘rniga kimni podsho qilib qo‘ygan edi?
J: Qushbegisini
92. «Kuntug‘mish» dostoni qanday doston?
J: Ishqiy-qahramonlik dostoni
93. Ishqiy dostonlarning o’ziga xos asosiy belgisini ay- ting. J: Birbirini ko‘rmagan odamlar o‘rtasida g‘oyib- dan sevgi paydo bo‘lishi
94. Xalq 'dostonlari yozma adabiyotdagi dostonlardan :anday farqlanadi?
J: Fantaziya ko lami, ko‘z ko‘rib, quloq eshitmagan 0
voqealar, aql bovar qilmaydigan qahramonliklar tasviri bilan
95. Dostonda qaysi qahramonlarning qiyofasi o‘ziga xos tarzda yoritilgan?
J: Azbarxo‘ja, Buvraxon, Zamonqul, Xolmo‘min
96. Dostonda qanday holatlar she’riy yo’lda ifodalan- gan? J: Qahramonlar tavsifi, ruhiy kechinmalar
97. Bahragul Xolbekaga kim deb murojaat qiladi?
J: Oybibim
98. Xolbekaning jamolini ko‘rib yiqilgan kim?
J: Buvraxon
99. Karvonboshi Azbarxo‘ja qanday odam?
J: Xasis, xudbin, razil
100. Xolbeka dorga qarab aytgan nolasida kimdan yor- dam so’raydi? J: Bobo Zangi podachidan
101. Azbarxo‘ja karvonidagi Qosim qanday odam?
J: Insofli, diyonatli
102. Gurkiboy bilan Mohiboy Zangar shahridan ketish- da kimni o’ldiradi? J: Darvozabon qo‘rboshini
103. Bir tola soch, uzuk, surat, sandiq detallari qaysi dostonda uchraydi? J: «Kuntug‘mish» dostonida
104. Qaysi asarda Mansur Xalloj bilan Bobo Zangi po- dachi nomi birga qo’llangan?
J: «Kuntug‘mish» dostonida
105. Xizr va llyos payg‘ambar ismi qaysi asarda birga tilga olingan? J: «Kuntug‘mish» dostonida
106. Qaysi go’zalning husniga «insof bifan qarasa, yer yuzining barnolari uning birtola mo’yiga arzimaydi», - deya ta’rif berilgan? J: Xolbeka
107. «.Xon g‘azabi - xudo g‘azabi» degan ibora kimga nisbatan ishlatilgan? J: Kuntug‘mish va Buvraxonga
108. E taqsir podshohim; osib o‘ldirdingiz - ko’rdik, bosib o‘ldirdingiz - ko‘rdik, minordan tashladingiz - ko’rdik, to’pga solib otdingiz - ko’rdik. Ushbu parcha qaysi asardan olingan? J: «Kuntug‘mish» dostoni
109. «Davlat ham egiz, mehnat ham egiz» maqoli «Kuntug‘mish» dostonida qachon qo’llanilgan?
J: Kuntug‘mishning o‘g‘illari biri daryoda oqib, ik- kinchisini bo‘ri olib qochganda
110. «Katta-kichik, xurd-u kalon, qiz-u juvon, mard-u zan tomlarning ustiga chiqib tomosha qilur erdi». Bu ta’rif «Kuntug‘mish» dostonidagi qaysi voqeaga nisbatan ishla- tilgan? J: Xolbekani Azbarxo‘ja Buvraxon huzuriga olib ketayotganda, hamma joyga o‘ilmga mahkum qilingan Xolbekaning shaharga qaytayotgani haqidagi xabar tarqalganda; Gurkiboy va Mohiboyni dorga osish uchun olib kelishayotganda
111. «Kuntug‘mish» dostonida Qoraxon, yolg‘iz farzan- di behush bo’lib yotganda, kimga halqa qilib qaratdi?
J:Eshonga
112. «Qirga chiqqan xotinning bolasi», «mo‘ltonining bolasi», «qozoqning bolasi» deb taxmin qilingan obrazni toping. J: Gurkiboy
113. «Kuntug'mish» dostonida Qoraxon yolg‘iz farzan- dini kimlarga qaratadi?
J: Qushnoch, eshon, mulla, baxshi
114. Otimni... deydi. Men ...ning xoniman,
Dilbaridan ayrilib, men bir ajab sarsoniman,
o’ldirib ikki qo‘zimni diydayi giryoniman,
Onadin baxti qaro tug‘dim, shuning hayroniman.
Dostondan olingan ushbu parchada nuqtalar o‘rniga qo‘yilishi kerak bo’lgan nomlarni belgilang.
J: Kuntug‘mish, No‘g‘ay
115. «Kuntug‘mish» dostonida Kuntug‘mish dorga osish uchun olib kelingan o‘g‘illarini qanday tanib qoladi?
J: Mohining so‘zlaridan
116. Dostonchi baxshilar o‘z san’atlarini tinglovchiga ma’qul qilish uchun qanday usullarni qo’llagan?
J: 1. Musiqiy qochirimlar. 2. So‘z o‘yinlari. 3. Dos- tonning eng qiziq joyida tanaffusli chekinishlar
117. «Alpomish» dostoniga nechanchi yillarda bu asar mehnatkash xalq manfaatini emas, balki yuqori tabaqalar manfaatini aks ettiradi, shuning uchun uni ommalashtirish zararlidir degan mafkuraviy ayblar qo‘yildi?
J: XX asrning 50-yillarida
118. Qaysi dostondagi go‘zal qizlarning vasliga yetish uchun oshiqlardan ular tomonidan qo’yilgan shartlarni ba- jarish kerak bo’ladi? J: «Alpomish», «Kuntug‘mish»
119. Chiltanlar yordamida bir xil tushning bir necha ki- shi tomonidan ko‘rilishi qaysi asarlarda uchraydi?
J: «Alpomish», «Kuntug‘mish»
120. Nigin - uzuk timsoli qaysi xalq dostonlarida uch- raydi? J: «Ravshan», «Malikayi ayyor», «Kuntug‘mish»
121. Avliyoyi Qoraxon Kuntug‘mishning dardini bilish uchun qanday choralarni ko’rgan?
J: Qushnochga qoqtiradi; mullaga o‘qitadi; baxshi- ga boqtiradi; eshonga halqa qilib qaratadi
122. Kuntug‘mishning dardini ayyor qushnoch qanday bilib oladi? J: May ichirib
123. «Kuntug‘mish» dostonida qo‘llanilgan qudoq so‘zining ma’nosini toping. J: Tulup
124. Gurkiboy necha yoshga kirgandan so‘ng, unga qo‘y boqtira boshlashadi? J: 10 yoshga
125. Gurkiboy necha yoshida ota-onasi haqidagi haqiqatni cho‘ponlardan eshitib qoladi? J: 12 yoshida
126. «Kashishlik, nuronalik, martabalik bachcha bo’lgan edi. Har kim bir so’z qotsam deredi». Ushbu ta’rif kim haqida? J: Mohiboy
127. «E taqsir podshohim osib o’ldirdingiz - ko‘rdik, bosib o‘ldirdingiz - ko‘rdik, minordan tashladingiz - ko‘rdik, to‘pga solib otdingiz - ko‘rdik». Ushbu fikrlar qaysi pod- shoning a’yonlari tomonidan aytilgan? J: Buvraxonning
128. Gurkiboy bilan Mohiboy podshoning yilqilarini qa- yerdan haydab kelishgandi? J: Oqsuvdan
129. «Mardlarning parvoyi bo’lmas o‘limdan,
Musulmonman, kalma kelar tilimdan.
o’laman deb mard ham ikki so’zlarmi,
Munkir kelsam, mardlik ketar qo’limdan». Ushbu fikrlar kimning tilidan aytilgan? J: Mohiboyning
130. «Nima kelar quv og‘ochning qo’lidan,
Kofirmiding, elanasan og‘ochga?..» Ushbu fikrlarni Xol-
bekaga kim aytgan? J: Gurkiboy
131. Dostondagi kimlarning harakatlarida ham qahra- monlik belgilari mavjud? J: Xolbeka, Gurkiboy, Mohiboy
132. Dostonda kimning hayoti qahramonlik bilan ke- chadi? J: Kuntug‘mishning



Download 127,94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish