Adabiyot 8-sinf


DIDAKTIK ADABIYOT HAQIDA TUSHUNCHA



Download 127,94 Kb.
bet3/19
Sana16.04.2022
Hajmi127,94 Kb.
#556204
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
8-SINF SAVOL-JAVOB

DIDAKTIK ADABIYOT HAQIDA TUSHUNCHA
1. Didaktika so‘zining ma’nosini toping. J: Ibratli
2. Kim X asrdayoq Sharq ko’proq nasihat yo‘li bilan, G’arb esa hayotni real ko’rsatish orqali kishini tarbiyalash ga moyilligini maxsus qayd etib o’tgan? J: Abu Ali ibn Sino
3. Didaktik asarlar turlarini toping. J: Nasriy didaktik asarlar, Nasriyshe’riy didaktik asarlar, She’riy didaktik asarlar
4. Nasriy didaktik asarlarlarga qaysilar kiradi?
J: 1. «Pantachantra» «Kalila va Dimna» 2. «Ming bir kecha» 3.Xojaning «Gulzor», «Miftoh uladl»asarlari
5. Nasriyshe’riy didaktik asarlarga qaysilar kira di? J: Gulxaniyning «Zarbulmasal» asari, Sa’diyning «Guliston» asari, Navoiyning «Mahbub ulqulub» asari
6. She’riy didaktik asarlarga qaysi asarlar kiradi?
J: Yusuf Xos Hojibning «Qutadg‘u bilig» asari, Hay dar Xorazmiyning «Maxzan ulasror» asari, Navoiyning «Hayrat ulabror» asari
7. 0‘zbek adabiyotida yaratilgan didaktik asarni toping.
J: Shukruiloning «Javohirot sandig‘i» asari
8. «Sharqqa she’riyatni o‘rgatib bo‘lmaydi» degan fikr qaysi shoirga tegishli? J: Abdulla Oripovga
9. Mashhur «Pantachantra» nechanchi asrda qaysi til da yaratilgan? J: Milodiy IV asrda sanskrit tilida
10. Didaktik adabiyot bu...? J: Pandnoma adabiyot
LUTFIY (13661465)
1. Lutfiyning asl ismi kim? J: Umar
2. Ushbu muammo muallifini toping. «Ko‘ray desang agaristab otimni, «imorat»ni buzib otni chiqarg‘ii».
J: Lutfiy
3. «Lutfiy» so’zining ma’nosini toping.
J: Latif, go‘zal lutfli, shirinsuxan
4. Ushbu she’r muallifini toping. «Nozukiik ichra beiicha yo‘q tori gisuyi, o’z haddini biiib, beiidin olturur quyi».
J: Lutfiy
5. Ushbu she’rda qaysi sao’atdan foydalanilgan? «>4yo qingg‘a tushar har iahza gisu, Masaidurkim: charog‘ tubi qarong‘u». J: Irsoli masal
6. Sharafiddin Ali Yazdiyning «Zafarnoma» asarini o‘zbek tiliga kim she’riy tarjima qilgan? J: Lutfiy
7. Ushbu she’r muallifini toping. «Meni shaydo qiiadur g‘on bu ko‘nguldur, bu ko‘ngul, Xoru rasvo qiladurg‘on bu ko‘nguldur, bu ko‘ngul». J: Lutfiy
8. Qaysi shoir «malik ulkalom» deb e’zozlangaR? "
J: Lutfiy
9. Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi xalqaro jamg‘arma uyushtirgan ilmiyijodiy ekspeditsiya a’zolari tomonidan Dehikanor qishlog‘iga qachon maqbara qurildi?
J: 2006yilning may oyida
10. Ushbu she’r muallifini toping. «Haq ui kunkim jamoling boretibdur, Jahon husnin borin sizga beribdur».
J: Lutfiy
11. Ushbu she’r muallifini toping. «Ey odamlar joni, parig‘a ne bo‘lursan? Bu jism ila gulbargi tarig‘a ne bolur san?» J: Lutfiy
12. «Mavlono» so‘zining ma’nosi nima? J: Ulug‘ ustod
13. Qaysi asarorqali mavlono Lutfiynihg Hirotda tug‘ilib 0‘sgani, o‘zi yashagan Dehikanor qishlog‘ida dafn etilganini bilib olamiz? J: Navoiy, «Nasoyim ulmuhabbat»
14. «Meni shaydo qiladurg‘on bu ko‘nguldur, bu ko‘ngul, Xoru rasvo qiladurg‘on bu ko‘nguldur, bu ko‘ngul» g‘azaliga kim nazira bog‘lagan? J: Nodira
15. «Ayog‘ingga tushar har lahza gesu, Masaldurkim: charog‘ tubi qarong‘i» nomli g‘azali vaznini toping.
J: Hazaji musaddasi mahzuf
16. «Xoh inon, xoh inonma» g‘azali hajmini toping.
J: 7 bayt
17. «Xoh inon, xoh inonma» g‘azali qofiyalarini toping. J: Sevarim, jigarim, saharim, guzarim, xabarim, basarim, nazarim, siymbarim
18. Lutfiyning qaysi g‘azali radifida tazod san’ati qollanilgari?
J: Lutfiyning «Xoh inon, xoh inonma» g‘azaiida
19. «Xoh inon, xoh inonma» g‘azali maqta’sida «lshq o‘tida Lutfiy yuzi oltunni yoshurdi» misralari qanday ma’noni anglatadi? J: Qahramonning yuzi shu darajada sarg‘aydiki, buning oldida tilloning sariqligi hech narsa bolmay qoldi
20. «Xoh inon, xoh inonma» g‘azaliga qaysi shoir nazi ra boglagan? J: Mashrab
21. «Meni shaydo qiladurg‘on bu ko’nguldur, bu ko’ngul, Xoru rasvo qiladurg‘on bu ko£nguldur, bu ko‘ngul» g‘azali hajmini toping. J: 7 bayt
22. Lutfiyning qaysi g‘azali radifi besh so‘zdan iborat bo’lib, barchasi turkiy? J: «Meni shaydo qiladurg‘on bu ko‘nguldur, bu ko‘ngul...» g‘azali
23. «Meni shaydo qiladurg‘on bu ko’nguldur, bu ko’ngul...» g‘azali qofiyalarini toping.
J: Shaydo, rasvo, yo, tamanno, taqozo, savdo, po, daryo
24. «Ayog‘ingga tushar har lahza gesu...» g‘azali ha jmi? J: 5 bayt
25. «Ayog‘ingga tushar har lahza gesu...» g‘azalining nechanchi baytlarida yorning yuzi haqida so‘z yuritiladi?
J: 1, 2, 3baytlarida
26. «Ayog‘ingga tushar har lahza gesu...» g‘azali mat la’sida yuz va soch nimaga o‘xshatilgan?
J: Yuz chirog‘ga, sochning qoraligi chiroq tubining qorong’lligiga qiyoslangan
27. Lutfiyning qaysi g‘azali qofiyalarining barchasi tur kiy? J: «Haq ul kunkim, jamoling bor etibdur» g‘azali
28. Lutfiyning qaysi g‘azali tanosub san’ati asosiga qu rilgan?
J: «Ey odamlar joni, parig‘a ne bo‘lursan?» g‘azali
29. Lutfiy «Sendek saname ko‘rman Lutfiy Chig‘atoy da, Chin so’yla, Xito xo’blariga ne bo’lursan?» baytida qay si badiiy sao’atdan foydalangan? J: lyhom san’atidan
30. Lutfiyning qaysi g‘azallari hazaji musaddasi mahzuf vaznida yozilgan?
J: «Ayog‘ingga tushar har lahza gesu...», «Haq ul kunkim, jamoling bor etibdur...» g‘azallari
31. «Raftor ila bir yo’li muningdek dog‘i o’xshash, Ey sarvi sihi, kabki dariyg‘a ne bo’lursan?» baytida shoir yorn ing qaysi xislatiga e’tibor qaratadi?
J: Qomati va chiroyli yurishiga
32. «Raftor ila bir yo’li muningdek dog‘i o‘xshash, Ey sarvi sihi, kabki dariyg‘a ne bo’lursan?» baytidagi «sarvi sihi» va «kabki dariyv> so‘zlarining ma’nosi?
J: «Sarvi sihi» xushqomat tik sarv daraxti; «kabki dariy» tog‘ kakligi
33. «Men sening iikingdin, ey dil, bandamen,
Vah, qachon yetkaymen ul dilbanda men.
Bevafolarg‘a meni qilding asir,
Sen menga sultonsen, ey dil, banda men» sheYining janri va tajnisli so‘zlar ma’nosini toping. J: Tuyuq, dil, ban damen yurak, (men) bandaman (bog’lanib qolgan man); dilbanda men dilbandga men; dil, bandamen yurak, banda men (man): Men sening dastingdan, ey dil, bandaman (bog‘lanib qolganman), vah, men qa chon u dilbandga yetgayman? Meni bevafolarga asir qilding, sen menga sultonsan, ey dil, banda (fuqaro)
men
34. «Qomatingni necha qoshing yo qila,
Necha hajr o‘ti jonimda yoqila.
G’amza birla to‘kti qonim ul sanam,
To hinotek qon elina yoqila» she’rining janri va tajnisli so‘zlar ma nosini toping. J: Tuyuq, yo qila yoy (kamon) qiladi (bukadi, egiltiradi); yoqila yoqiladi; yoqila surtiladi: Qomatingni necha qoshing yoy qiladi (buka di, egiltiradi), jonimda necha hajr o‘ti yoqiladi. G‘am za (ko‘z qoqish) bilan u sanam qonimni to‘kadi, endi xinodek qon qoliga surtiladi
35. «Qoshlaring xush lojuvardu toq erur,
Xush ichinda benaziru toq erur.
Torta olmasman firoqing, netayin,
Qilcha tanga bori ishqing toq erur» she’rining janri va tajnisli so’zlar ma’nosini toping.
J: Tuyuq, toq erur toqdir (yolg‘izdir); toq erur yakkayu yagonadir; toq erur (toqatim) toqdir: Qosh laring yaxshi lojuvardu (yaltirab turibdiyu) yolg‘iz yolg‘iz, yaxshilar ichida benaziru yakkayu yagona. Firoqing (dardini) torta olmasman, nima qilay, qildek tanga bari ishqing toqatini toq qiladigan darajada (yuk) boldi
36. «Ko‘ngluma haryonki boqsam, dog‘i bor,
Harnecha dardimni desam, dog‘i bor.
Qilcha tanga bori ishqing yor edi,
Bir sori firoqing, dog‘i bor» sheYining janri va tajnisli so‘zlar ma’nosini toping. J: Tuyuq, dog‘i bor dog‘i bor; dog‘i bor otashi bor; dog‘i bor yana (tag‘in) bor: Ko‘nglimga har yon boqsam dog‘i bor, har qancha dardimni aytsam, otashi bor. Qildekkina tanamga bori ishqing yor edi, firoqing (sendan ayriliq) bir taraf bo‘ldi, yana bor
37. «Charxi kajraftor elidin yozamen,
Chiqmadim hijron qishidin yoza men.
Bir meni yorliq bila yod etmas ul,
Harnecha ul shahg‘a qulluq yozamen» she’rining janri va tajnisli so’zlar ma’nosini toping.
J: Tuyuq, yozamen yozglraman (shikoyat qila man); yoza men yozga men; yozamen yozaman (bi taman): Charxi kajraftor (egri aylanuvchi charx, zamon) elidan noroziman, (chunki) hijron (ayriliq) qishidan yozga chiqa olmadim. Har qancha u shohga qulluq (ilti fotli maktub) yozganim bilan u yod etmaydi
38. «Ey ko‘ngul, yorsiz sanga ne bor, bor,
Qaydakim ul zulfi anbarbor, bor.
Chek jafou javru nozin borini,
Birkun o‘lg‘aykim, degaylar: «Borbor!» she’rining janri va tajnisli so‘zlar ma’nosini toping.
J: Tuyuq, bor, bor bor, bor (mavjud, mavjud); (an bar)bor, bor (anbar)bor, bor(gin); «bor, bor» «bor, bor»(jo‘na, jo‘na): Ey ko‘ngil, yorsiz senga ne bor, bor? Qayda anbarbor (anbar hidli) bo‘lsa, (yoniga) bor. Bar cha jafou javru nozini chek, bir kuni shunday bo‘ladi ki: «Bor, bor»(Jo‘na, jo‘na)
39. Lutfiyning mustaqi! o‘qish uchun tavsiya etilgan g‘azallaridan parchalar:
- Bu kechar jahonda, soqiy, chu emas vafo nishoni,
Bari aysh birla kechsa kerak ushbu umri foniy.
- Holiyokim, davri ishrattur iliktin jomni
Solmag'ilkim, ko‘rdum asru bevafo ayyomni.
40. Lutfiy tuyuqlarining o’ziga xosligi nimada?
J: Lutfiy tuyuqlarida, asosan, turkiy o‘zakli so‘zlar tajnisga olinadi
41. Lutfiyning qaysi tuyug‘ida tajnis qofiyadagi so’zlar dan tashqari qofiyasiz misradagi so‘zda ham yuzaga kel gan? J: «bor, bor»
42. Lutfiyning qaysi tuyug‘ida turkiy o’zakli so’zlar bilan birga forsiy o‘zakli so‘zlar tajnisga olingan? J: «bor, bor»
43. Qaysi shoir chig‘atoy tilida she’rlar ijod qilib katta shuhrat qozongan? J: Lutfiy
44. G’azaliyotga dialog (savoljavob) usulini kiritgan shoirni aniqlang. J: Lutfiy
45. Lutfiyning «Haq ul kunkim jamoling bor etibdur» g‘azalining nechanchi baytida ilohiy ishqqa ishora yaqqol ko‘zga tashlanadi, ochiq ishora qilinadi? J: 2bayt
46. Lutfiyning qaysi g‘azalida shamning atrofida majiis qurayotgan /capa/a/c/artimsoli mavjud?
J: «Haq ul kunkim jamoling bor etibdur»
47. SheY qofiyasi yoki radifning so’roq bilan tugashi qanday badiiy vazifani bajaradi?
J: Ta’sirchanlikni hayajonni, qalamga olinayot gan masala yo voqeahodisaga hissiy munosabatni kuchaytiradi
48. Lutfiyning «Ne bo‘lursan» radifli g‘azaiida «ne bo‘lursan» radifi qanday badiiy vazifani bajargan?
J: G‘azalni boshqarib turibdi
49. Qaysi badiiy san’atni qo’llash Lutfiy ijodiyotining ye takchi uslubiy fazilatlaridan biri hisoblanadi?
J: Irsoli masal
50. Lutfiyning qaysi tuyuqlarida original, ya’ni bir marta balik shakldoshliklar yaratilgan?
J: «dilbandamen», «yozamen», «yoqila»
51. Bir martabalik (original) shakldoshlik deganda nima tushuniladi? J: Tilda qat’iy shakldosh bo‘lmagan birik malarni she’rda omonim tarzida qo‘llash
52. Lutfiyning «Ayog ingga tushar har lahza gesu» g‘azalida qo’llangan maqollami toping.
J: 1. Chiroq tubi qorong‘i. 2. Oqqan daryo oqadi.
3. Kishinig ko‘zi tarozu. 4. Hindu qayda qon ko‘rsa qo‘rqadi. 5. Tilagan kishi tilagiga yetadi
53. Lutfiyning «Ayog‘ingga tushar har lahza gesu» g‘azalida nechta maqol qollangan? J: 5 ta
54. Lutfiyning «Ayog‘ingga tushar har lahza gesu» g‘azalida nechta irsoli masal she’riy san’ati qo‘llangan?
J: 5 ta
55. Lutfiyning qaysi g‘azalida Yusuf payg‘ambar hayot ining bir qismi Misrda o’tganidan kelib chiqib lirik qahra mon yor harakatini shirin deb ta’riflaydida, yorini Misrning nabotu shakariga o’xshatadi? J: «Ne bo‘lursan» g‘azalida
56. Lutfiyning «Xoh inon, xoh inonma» g‘azalida ohang ustuvorligini nima ta’minlagan? J: To‘rt so‘zdan ibora?, radifning sakkiz misrada qaytarilishi
57. Yorning yuzini jannat bog‘iga, ma’shuqaning o’zini esa «rashki rizvon» (jannatning rashkini keltiruvchi) deya taYiflagan shoir kim? J: Lutfiy
58. Mumtoz adabiyotimizda qaysi adib o‘z g‘azalida ko‘zni taroziga o‘xshatib, bu borada xalq orasida «Kishining ko’zi tarozi» degan maqol borligini ta’kidlab o’tadi?
J: Lutfiy
59. Lutfiyning «Haq ul kunkim, jamoling bor etibdur» deb boshlanuvchi g‘azalida manzar kim?
J: Go‘zal yor
60. Haqqoki, qiiich kelsa boshimg‘a eshikingdin, Yo‘qtur guzarim, xoh inon, xoh inonma. Lutfiy qalamiga mansub ushbu baytda «guzar» so‘zi qanday ma’noda qollangan?
J: Ketish
61. Mumtoz adabiyotimizda qo’llangan «Bayt ulha zan» iborasining ma’nosini toping. J: G‘am uyi
62. Lutfiyning qaysi g‘azalida quyosh yorning go’zalli gini ko’rib uyalib, xijolat bo’lganidan qochib, to‘rtinchi ko‘kka chiqib ketganligi ta’kidlanib, yorning naqadar go‘zalligiga urg‘u berilgan?
J: «Haq ul kunkim jamoling bor etubdur»
63. Hazaj bahrining ruknini toping. J: Mafoiylun
64. Hazaj bahrining taqte’ (paradig’la)sini toping.
J: V
65. Hazaji musaddasi mahzuf vaznining ruknini toping.
J: Mafoiylun mafoiylun faulun
66. Hazaji musaddasi mahzuf vaznining taqte’ (para
dig’la)sini toping. J:V /V /V —

Download 127,94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish