1. “Bizlarga farzand bersa o`g`il bo`lsa qo`lqanot bo`lsin, qiz bo`lsa do`st bo`lsin” deb niyat qilgan obrazlar? A)Boybo`ri, Boysari B)Hasanxon, Avazxon C)Shoir, Tohir vazir D) Avliyoyi Qoraxon, Buvraxon
2. “Irim qilgan” obrazlar? A)Mohi, Gurki B)Shoir, Tohir vazir C)Avliyoyi Qoraxon, Buvraxon D)A,B
3. “Men senga iyarolmayman, bir manzilga,yetolmayman, qumda o‘lib qolaman” deb Xolbeka tulupdan chiqib necha kun och ketib borayotgan Kuntug`mishga aytgan? A)3 kun B)6 kun C)7 kun D)4 kun
4. «Bizlarga farzand bersa, o‘g‘il bo‘lsa,qo‘lqanot bo‘lsin, qiz bo‘lsa do‘st bo‘lsin». Ushbu fikr muallifi kim? A)Buvraxon B)Tohir vazir C)Shoir vazir D)Zangar shohi ikki vaziri
5. «Munkir kelsa ozod bo‘lar ekan, lekin mardlik qo‘ldan ketadi» deb kim aytgan? A)Kuntug`mish B)Azbarxo`ja C)Mohiboy D)Gurkiboy
6. «Musofirchilikda yo zar yarar, yo zo‘r yarar kuningga» deb kim aytgan? A)Xolmo`min B)Kuntug`mish C)Qoraxon D)Xolbeka
7. «Podsho bo‘lmay bo‘luvsiz qolgur». Ushbu fikr kimga qarata aytilgan? A)Qoraxon B)Buvraxon C)Qalandarxon D)Xolmo`min
8. «Podsho bo‘lmay bo‘luvsiz qolgur». Ushbu fikr kimga tegishli? A)Xolbeka B)Xolmo`min C)Azbarxo`ja D)Gurkiboy
9. «Shu ko‘rgan tushim rahmoniy bo‘lsa, oshiq-ma’shuqlik avvaldan pokbo‘lsa, Xudoyo xudovando, shu sandig‘im senga omonat, to‘radan boshqaga tegmasin» deb Xolbeka _____ga aytgan? To`ldiring. A)chiltonga B)suratkashga C)Bahragulga D)daryoga
10. «Xolbeka Xolmo‘minning baxshandasi» deb kim aytgan? A)enagalar B)Tohir vazir C)Shoir vazir D)mardumi shahar
11. Alqissa xaloyiqlar turganlarni tanigach… kim bosh bo`lib kelib, Mohiboyni suyab, ko`tarib, arkka olib chiqib ketadilar? A)Xolbeka B)Kuntug`mish C)Xolmo`min D)Gurkiboy
12. Arkoni davlat Buvraxonning qanday jazolarni berganligi haqida aytib o`tishgan? 1.to`pga ottirmoq 2.osmoq 3.bosib o`ldirmoq 4.minordan tashlamoq A)1,2,3,4 B)1,2,3 C)1,2,4 D)1,4
13. Arqonni tortib yuborganda Kuntug`mish kimni kelib suyab, jallodlarga «Qo‘yib yubor ipni» deb aytadi? A)Gurkiboyni B)Xolbekani C)Mohiboyni D)shoshib garang bo`lib qoladi
14. Azbarxo`ja Kuntug`mishni kigizga o`rab, yonida ___?___ qoldirib ketadi. To`ldiring. A)Xolbekani B)Qosimni C)ikki o`g`lini D)bir o`g`il, bir qizini
15. Azbarxo`ja Kuntug`mishni qayerda kigizga solib ketgan edi? A)Mug`ol tog`ida B)Zarchaman cho`lida C)Zangar yaqinida D)No`g`ay yo`lida
16. Azbarxo`ja qanday jazolandi? A)xanjar bilan B)kulini ko`kka sovurish bilan C)tilini kesib olish bilan D)A,B,C
17. Beklar minar bedov oting tolmasin,Hech kimsa dunyoda bizday bo‘lmasin. Fikr muallifi kim? A)Mohiboy B)Gurkiboy C)Xolmo`min D)Qosim
18. Bilmaganing bildirayin, bilmasang,Bayakbor maqsadga yetsang, o‘lmasang,Men senga zotingni bayon aylayin,Ertangman birovga aytib solmasang. Fikr muallifi kim? A)Qoraxon B)Qalandarxon C)Gurkiboy D)Cho`pon
19. Bir non, bir kosa suvni Xolmo`minning xotini qo`lidan kim oladi? A)Kuntug`mish B)Mohiboy C)Gurkiboy D)Xolbeka
20. Bir qiz turibdi qaqqayib, qoshini kerib, labini burib, chikka bel bo`lib, shirin qilib kulib, taroqqos boylab, suqsurday bo`ylab, tovusday taranib, bellari buralib turibdi. ____ insof qilib qarasa, ____ yurtining qizi tugul, yer yuzining barnolari bir tola mo`yiga arzimaydi. To`ldiring. A)Buvraxon// Zangar B)Qoraxon// No`g`ay C)Kuntug`mish// No`g`ay D)Kuntug`mish// Zangar
21. Bizlar chiqdik, ena, Zangar elidan,Bog‘bon uzar bog‘ning toza gulidan,Yig‘lasang Xudoga yig‘la, enajon,Nima kelar quv og‘ochning qo‘lidan. Fikr muallifi kim? A)Mohiboy B)Gurkiboy C)Xolmo`min D)Qosim
22. Bobo Zangiga qo`llangan ta`rifni toping. A)dorchi B)podachi C)qo`shchi D)og`achi
23. Bog‘ ichinda olma-anor istaydir,Bo‘yi mahbub, mushki dildor istaydir. Ushbu gap Kuntug`mishning kimga qarab bir so`z aytib turgan holatini ifodalagan? A)Xolbekaga B)Qushnochga C)Qoraxonga D)O`z yigitlariga
24. Bolam kepti necha tog‘lardan osha,Ikki zulfi gardaniga yarasha. Fikr muallifi kim? A)Kuntug`mish B)Xolbeka C)Qoraxon D)A,B
25. Bolani olgan bo`ri bir, ikki qirdan oshgach necha cho`pon yonidan chiqadi? A)7 B)11 C)9 D)10
26. Buvraxon chiqargan farmonga ko`ra Xolbeka deb aytgan kishining holi qanday kechardi? 1.tepasidan moy quyiladi 2.6 oy zindonda boqtiradi 3.terisi tiriklay shilinadi 4.ikki ko`zi o`yiladi 5.terisi ichiga somon tiqiladi 6.suyagi toshga chaqiladi A)1,3,5,6 B)1,2,3,5 C)1,2,3,4,5,6 D)1,2,3,4,5
27. Buvraxon cho`lga xaydatgan asov baytal dumi bir tol, yarim tol uzila-uzila, necha kunda tulup yerga tushib qoladi? A)3 kun B)7 kun C)4 kun D)6 kun
28. Buvraxon Kuntug`mish va Xolbekani tutib, ularga qanday jazo berishni kimlardan so`raydi? A)lashkarboshilardan B)ayg`oqchilardan C)saroy a`yonlaridan D)jallod-u mirg`azablardan
29. Buvraxon nimaning terisini tulup qilib Kuntug`mish va Xolbekani ichiga o`ratadi? A)sigir B)ot C)biya D)xachir
30. Buvraxon Xolbekaning javobini eshitgach kimlardan maslahat so`raydi? A)umarolaridan B)vazirlaridan C)arkoni davlatdan D)barchasi
31. Buvraxonga berilgan maslahatga ko`ra Xolbekaning baxti bog`lansa, necha yilda noiloj unga rozi bo`ladi deyilgandi? A)1-2 yilda B)2-3 yilda C)3-4 yilda D)4-5 yilda
32. Buxraxon o`lgach kimning zamoni keldi? A)Qutbi zamon B)Qoraxon C)Qalandarxon D)t.j.y
33. Cho`lda tushib qolgan tulupni qaysi qush kelib cho`yiydi va teshadi? A)kalxat B)burgut C)quzg`un D)mayna
34. Cho`pon Kuntug`mishga aytib turgan gapida kimlarni eslaydi? 1.Yusuf-Zulayxo 2.Layli-Majnun 3.Farhod-Shirin 4.Tohir-Zuhra A)1,2,3 B)1,2 C)1,2,4 D)1,2,3,4
35. Cho`pon tilidan aytilgan she`riy matnda uchramaydigan nomni belgilang. A)Yusuf, Zulayxo B)Layli, Majnun C)Zebo, Yozi D)Vomiq, Uzro
36. Davatqush uchirganda necha kunda Kuntug`mish boshiga qo`nadi? A)o`sha kundayoq B)3 kunda C)7 kunda D)1 soatda
37. Dostonchilik haqida xato fikr qaysi javobda keltirilgan? A) xalq og‘zaki ijodida qadimiy epik an’ana B) do‘mbira jo ‘rligida aytiladi C) badihada ijodiy mahorat talab qiladi D)xato yo`q
38. Dostonda «Bor dunyongdan kechdim» deb aytgan obraz? A)Xolbeka B)Kuntug`mish C)Mohiboy D)Gurkiboy
39. Dostonda kim dorga salom beradi? A)Mohiboy B)Gurkiboy C)Xolbeka D)Kuntug`mish
40. Dostonda kimning fikri she`riy ifodasida raddu-l-matla`(satr boshidagi misralarni she`r yakunida taror keltirib tugatish) badiiy san`ati ifodalangan deyish mumkin? A)Kuntug`mish B)Xolbeka C)Cho`pon D)Gurkiboy
41. Dostonda qaysi detall – “qarqara qilib” deya sifatlanadi? A)nard o`yini B)davlatqush C)tilla toj D)dorning og`ochi
42. Dostonda qo`llangan qaysi fikr javobda xato berilgan? A)Xon g`azabi – xudo g`azabi B)Qasos qiyomatga qolmas C)Davlat ham egiz, mehnat ham egiz D)xato yo`q
43. Dostonda Xolbeka kimdan madad so`raydi? A)Zikriyo B)Qalandarxon C)Mansur D)Bobo Zangi
44. Dostondagi aka-uka obrazlarni toping. A)Mohi, Gurki B)Shoir, Tohir vazir C)Avliyoyi Qoraxon, Buvraxon D)A,B
45. Dostondagi qahramonlik belgilari mavjud bo`lgan obrazlarni toping. 1.Xolbeka 2.Xolmo`min 3.Mohiboy 4.Gurkiboy A)barchasi B)3,4 C)1,3,4 D)1,4
46. E, yor, alam ko'rgan, qaydin kelasan, ayg'il,Ko‘p ranj-u sitam ko'rgan, qaydin kelasan, ayg‘il. Fikr kimga tegishli? A)Qosim B)Baliqchi C)Cho`pon D)Xolbeka
47. Gapirsam keladi gapning ma’quli,Mard o‘g‘lomiing pirga bo‘lar doxili,Qaramayin keta bergin orqangga,Baxtim qora, yaramayman shikili. ushbu gapni Xolbeka Kuntug`mishga qayerda aytgan? A)Buvraxon zindonida B)tulup ichida C)cho`lda D)tog`da
48. Guki va Mohi Zangar chiqishda kimni janjallashib o`ldirib ketishadi? A)Xolmo`minni B)Azbarxo`jani C)darvozabon qo`rboshini D)jallod-mirg`azablarni
49. Gurki va Mohi Qalandarxonning yilqisini qayerdan haydab ketgan? A)Mug`ol tog`dan B)Zarchamandan C)Oqsuvdan D)Zarafshondan
50. Gurki va Mohini qancha lashkar haydav keladi? A)10 ming B)12 ming C)15 ming D)7 ming
51. Gurkiboy nima ichib sirni Mohiboyga aytib qo`yadi? A)ayron B)aroq C)qimiz D)bo`za
52. Hech kim bilan ishi yo‘q, odam bilan hushi yo‘q, o‘zidan boshqa kishi yo‘q; chekadi bang, aytadi vadavang. Ta`rif kim haqida? A)Kuntug`mish B)Gurkiboy C)Mohiboy D)Cho`pon
53. Ikki go`dakni Qalandarxon yoniga olib borganda shoh yonida yana kimlar bor edi? 1. Arkoni davlat 2. umaro, vazir-vuzaro 3. qozi-fuzalo, mufti-ulamo 4. mahram, yasovul 5. og‘achi 6. shig‘ovul A)1,2,3,5 B)1,2,3,5,6 C)1,2,4,5,6 D)barchasi to`g`ri
54. Insofli, diyonatli yigit sifati qo`llangan obraz? A)Azbarxo`ja B)Qosim C)Xolmo`min D)Kuntug`mish
55. Jallodlar qo`lida bo`lganda qaysi obraz tilidan Gurkiboyning Mohidan yoshi ulug`ligi aytib o`tilgan? A)Xolbeka B)Kuntug`mish C)Gurkiboy D)Mohiboy
56. Jangda g`olib bo`lgan Mohi va Gurki necha kunlik yo`l yurgach charchab uxlab qoladi? A)6 B)7 C)5 D)4
57. Karvondagi Qosim bir kunlik, yarim kunlik yerga nima qo`yib ketadi? A)bir ko`za suv B)sirli belgi C)ozroq ovqat D)A,C
58. Kim analhaq deb dorga osilgan? A)Azbarxo`ja B)Ayyub C)Mansur D)Zikriyo
59. Kim bir-ikki-uch piyola sharobni bergach, ishq dardini pinhon tutolmagan Kuntug`mishga 40 yigitiga so`zlagan edi? A)Qoraxon B)baxshi C)qushnoch D)mulla
60. Kim Xolbekaga “kofirmiding, elanasan og`ochga” deya tanbeh bergan? A)Kuntug`mish B)Mohiboy C)Gurkiboy D)Xolmo`min
61. Kim yetimni yetim demas edi? A)Kuntug`mish B)Xolbeka C)Buvraxon D)Xolmo`min
62. Kimning boshidan sadaqa deb, tovoq-tovoq tilla-kumush sochilgan? A)Xolbeka B)Gurkiboy C)Mohiboy D)Kuntug`mish
63. kimning enasi qora bosib o`lgan edi? A)Kuntug`mish B)Xolbeka C)Xolmo`min D)Buvraxon
64. Ko‘kragimga solma qayg‘u-alamni,Ko‘zlari qambarday qoshi qalamni. Ushbu fikrni kim aytgan? A)Qoraxon B)Buvraxon C)Kuntug`mish D)Xolmo`min
65. Kuntug`mish bilan Qur`onni o`rtaga qo`yib do`stlashgan obraz? A)Azbarxo`ja B)Qosim C)Xolmo`min D)Xolbeka
66. Kuntug`mish bolalaridan ayrilgach qanday kiyim kiyib yurar edi? A)bo`z chopon B)kuloh-janda C)bazzoz sifatli D)Salloh sifatli
67. Kuntug`mish bolasini yutgan baliq necha gaz bormay to`rga tushadi? A)10 gaz B)20 gaz C)30 gaz D)40 gaz
68. Kuntug`mish bolasini yutgan baliqni tutib olgan baliqchi ismini to`g`ri belgilang. A)Sayyod B)Qobil C)Olim D)Qosim
69. Kuntug`mish daryoda necha quloch suzganda bir bo`ri kelib qoladi? A)10 quloch B)20 quloch C)30 quloch D)40 quloch
70. Kuntug`mish dostonda yana qanday nomda tilga olingan? A)To`ra B)Shahzoda C)Yasovulboshi D)A,B
71. Kuntug`mish dostoni qanday asar? A)ishqiy-qahramonlik B)ishqiy-sarguzasht C)ishqiy-kitobiy D)ishqiy-tarixiy
72. Kuntug`mish farzandlari bilan daryoga yetganda, u yerdagi qayiqlarni kim cho`ktirib yuborgandi? A)Buvraxon B)Azbarxo`ja C)Qaroqchilar D)Xolmo`min
73. Kuntug`mish hushidan ketganda Buvraxon qanday choralar ko`rsada, o`g`liga aslo naf qilmaydi? 1.qushnochga qoqtirish 2.eshonga halqa qilib qaratish 3.mullaga o`qitish 4.baxshiga boqtirish A)2,3 B)2,3,4 C)1,2,3 D)barchasi to`g`ri
74. Kuntug`mish hushidan ketganda yigitlari necha otga saraja qilib, manzilga olib kelishgan? A)2ta B)7ta C)12ta D)40ta
75. Kuntug`mish hushidan ketishi va dardining sababini kim ishqdan gumon qiladi? A)Qoraxon B)baxshi C)qushnoch D)mulla
76. Kuntug`mish kimni Zangarga shoh qilib, bek umarolar dasti hay`at berishgan? A)Qosimni B)Xolmo`minni C)Gurkiboyni D)Mohiboyni
77. Kuntug`mish mol-dunyolarni nimaga ortib Zangarga kelgan? A)tuya B)xachir C)ot D)B,C
78. Kuntug`mish necha yigit bilan goh tog`ga, goh ovga yurar edi? A)40 B)41 C)39 D)70
79. Kuntug`mish necha yoshida tushiga Xolbeka kirgan? A)14 yosh B)16 yosh C)18 yosh D)dostonda bunday ma`lumot yo`q
80. Kuntug`mish nimaning evaziga tog`da yotgan ajdahoni o`ldirishi kerak edi? A)qirq sandiq tilla B)Xolbekaga uylanish uchun C)Zangarga borish uchun D)bir kosa suv, bir non
81. Kuntug`mish No`g`ay yurtiga qanday yo`lga chiqqan? A)nori, zari bilan B)xizmatkor, qul, cho`ri, kanizaklari bilan C)ikki bolasi, Xolbeka yori bilan D)xato yo`q
82. Kuntug`mish No`g`ayga kelganda Qoraxon necha kun to`y berdi? A)40 B)41 C)7 D)3
83. Kuntug`mish o`rgangan sipohilik ishi qaysi javobda xato berilgan? A)qilich chopmoq, miltiq otmoq B)chirishbozlik, ko`pkaritozlik C)nayzadastlik, garovbastlik D)xato yo`q
84. Kuntug`mish qachon “kay, osang, ustiga posang, hazor ustiga pansad bo‘lib, bir ishqi yuz bo‘lib, toqat keltirolmay, behush bo‘lib yiqildi” deyiladi? A)tushida Xolbekani ko`rganda B)Xolbeka yoniga borganda(o`nggida) C)suratni ko`rganda D)uzukni ko`rganda
85. Kuntug`mish qachon ilm-hunar, kasb-kamolot hosil qilgan? A)7yoshgacha B)14ga kirguncha C)7yoshdan keyin D)14yoshdan keyin
86. Kuntug`mish sandiqni ko`rib qolganda necha yigit bilan shikor qilib yurgandi? A)40 B)41 C)70 D)90
87. Kuntug`mish taxtga chiqqanda unga nima beradilar? A)nigin B)tilla toj C)davlatqush D)A,B
88. Kuntug`mish va Xolbeka o`zaro tushlarida nima almashishadi? A)xanjar B)tilla kamar C)uzuk D)t.j.y
89. Kuntug`mish va Xolbeka ruhini kimlar uchrashtiradi? A)Rajabxo`ja pir B)Qutbi zamon pir C)Shohimardon pir D)Chiltanlar
90. Kuntug`mish va Xolbeka tulupdan chiqib, borgan tog`larida necha yil yurishadi? A)2 yil B)4 yil C)1 yil D)3 yil
91. Kuntug`mish va Xolbeka tulupdan chiqib, yurib ketayotganda, issiq bo`lsa nimaning soyasida orom olar edilar? A)chinorlar B)changallar C)shiroljinlar D)supurgio`tlar
92. Kuntug`mish yolg`on do`stidan kim o`ch oladi? A)Xolbeka B)Kuntug`mish C)Gurki va Mohi D)Xolmo`min
93. Kuntug`mish Zangarda qanday qiyofada ko`shk yoniga keladi? A)sarrof B)bazzoz C)suratkash D)musofir
94. Kuntug`mishga Cho`pon aytgan so`zlar bayonida qanday radifli she`riy matndan foydalanilgan? A)”Xoh inon, xoh inonma” B)”Ayrilma” C)”Kelmadi” D)”Qaydin kelasan, ayg’il”
95. Men ikkita yetim bola saqlab qo‘yibman, ilgarigi yetimlarday beparvo qolib ketib qolmasin, holi ahvolidan ko‘p xabardor bo‘l, e, yetim-da,dema. Bu gapni Xolmo`min kimga aytgan? A)Xolbekaga B)xotiniga C)Kuntug`mishga D)enasiga
96. Men seni shahzoda dedim, mard dedim,Sen qanday siynamga qo'ygan dard eding. Ushbu gapni Xolbeka qaysi holatdan so`ng Kuntug`mishga aytgan? A)tulupdan chiqqach B)Qalandarxonni tanigach C)dor yoniga yetgach D)tush ko`rgach
97. Mohiboy va Gurkiboy borgach qancha vaqt o`tib Buxraxon o`ladi? A)5-6 oy B)yarim yil C)3 oy D)bir yil
98. Mohiboy va Gurkiboy nechaga kirganda Kuntug`mish karvonga duch kelib qolgan? A)2 B)4 C)3 D)1
99. Mohiboy va Gurkiboy qayerda xizmatkorlik vazifasini bajarishlari lozim edi? A)bunday ma`lumot doston tarkibida yo`q B)saroyda C)jilovxonada D)Xolmo`minning uyida
100.Mohiboy va Gurkiboy topishgach yo`l yurib qayerga yetishadi? A)Mug`olga B)Zarchamanga C)Zangarga D)No`g`ayga
101.Mohiboy va Gurkiboyni kim o`z uyiga olib ketadi? A)Xolbeka B)Buvraxon C)Xolmo`min D)Cho`pon
102.Muhabbat mavzusi ustuvorlik qiluvchi doston xato berilgan javobni oling. A)Ravshan B)Alpomish C)Kuntug`mish D)xato yo`q
103.Muhabbatsiz kishi odam emasdir, gar odamsan muhabbat ixtiryor et. Bayt muallifini toping. A)Uvaysiy B)Lutfiy C)Zulfiya D)Nodira
104.Nard o`yinida Xolbeka kimdan yengildi? A)Buxraxon B)Kuntug`mish C)Xolbeka mag`lub bo`lmagan D)A,B
105.Necha bor qayta davlatqush Kuntug`mish boshiga qo`nadi? A)3 bor B)bir bor C)7 D)4
106.Nega karvonboshi Azbarxo`janing fe`li aynigan? A)boylik sabab B)asli qaroqchi edi C)Xolbeka husnini ko`rib D)Buvraxon josusi edi
107.Niginni almashgach unda qanday holat yuz beradi? A)surat ko`rinadi B)ohang taraladi C)yozuvda ism chiqadi D)hech qanday hodisa ro`y bermaydi
108.No`g`ay podshohi nomini toping. A)Buvraxon B)Qilichxon C)Avliyoyi Qoraxon D)Avliyo ota
109.No`g`ay podshohini “shu vaqtning odamlari” nima derdi? A)Kuntug`mish B)Qilichxon C)Avliyoyi Qoraxon D)Avliyo ota
110.No`g`ay podshohining laqabini toping. A)Kuntug`mish B)Qilichxon C)Avliyoyi Qoraxon D)Avliyo ota
111.No'g'ay yurti — o‘sgan joyim,Ko'kka chiqar qilgan ohim,Qoraxon der qiblagohim,Otam elga sulton bo'ldi. Kuntug`mish bu gapni kimga aytgan? A)Buvraxon B)Xolbeka C)Cho`pon D)Xolmo`min
112.O`z arkiga borib tushib, bostirib Xolbekaga sovchini qo‘ya bergan obraz? A)Buvraxon B)Kuntug`mish C)bunday holat dostonda yo`q D)Qoraxon
113.Oqib kelgan sandiqning “tishi”ni kim tanladi? A)Kuntug`mish B)o`tinchi chol C)40 yigit D)Xolbeka
114.Qalandarxon buyrug`iga ko`ra aytilgan joyda amaldorlar qancha vaqt tunashi kerak? A)1 kun B)3 kun C)1 hafta D)3 hafta
115.Qalandarxon buyrug`iga ko`ra dastlab aytilgan joyda kim tunashi kerak? A)Kuntug`mish B)Xolmo`min C)Xolbeka D)Azbarxo`ja
116.Qalandarxon kimligi ma`lum bo`lgach arkoni davlat qanday farmon haqida Kuntug`mishdan so`raydi? A)kecha-kunduz to`y berish haqida B)Azbarxo`ja taqdiri haqida C)yangi shoh kim bo`lishi haqida D)tovoq-tovoq sadaqa berilishi haqida
117.Qalandarxon kimligi ma`lum bo`lgach kimga izzat-hurmat qilinib, shohona kiyimlar kiygizishadi? A)Mohiboy B)Gurkiboy C)Xolbeka D)A,B
118.Qalandarxon kimligi ma`lum bo`lgach Kuntug`mish bilan qayta ko`rishgan kishi xato berilgan javobni toping. A)umarolar, amaldorlar B)in`omli kishilar C)Xolmo`min D)A,C
119.Qalandarxon qayerda amaldorlar tunashi haqida farmon chiqaradi? A)arkda B)o`rdada C)jilovxonada D)Mug`olda
120.Qalandarxonning asl ismi nima? A)Qoraxon B)Kuntug`mish C)Xolmo`min D)Xolbeka121.Qaysi javobda atama va unga tegishli ma`no xatolikka uchragan? A)bazzoz-gazlama sotuvchi savdogar, gazlamafurush B)mirg`azab-mahbus va mandilarni jazolaydigan, kaltaklab tergov qiladigan zindon nazoratchisi; mirshab C)qudoq-tulup D)bo`lata-sheva xususiyatiga ko`ra bola, bolalar
122.Qaysi javobda yozma adabiyotga oid bo`lgan doston janri xatolikka uchragan holda berilgan? A)Suhayl va Guldursun B)Kuntug`mish C)Farhod va Shirin D)Layli va Majnun
123.Qonlar oqsin mening ikki ko‘zimdan,Yangilmadim aslo aytgan so‘zimdan. Fikr muallifi kim? A)Mohiboy B)Gurkiboy C)Xolmo`min D)Qosim
124.Qoraxon jami necha yifitni Kuntug`mish ketayotganda qo`shib beradi? A)40 B)70 C)90 D)bir kam yuz
125.Qoraxon Kuntug`mishga ketish oldi qancha zar ortib beradi? A) 41 lo`k tuyada B)40 otda C)40 xachirda D)40 nor tuyada
126.Qoraxon o`g`li Kuntug`mish ketgach o`rniga kimni qo`yib, o`zi tagzaminda toat qilardi? A)Qushbegi B)Devonbegi C)Bosh vazir D)Xudoychi
127.Qoraxon suratga qarasa, qoshini kerib, labini burib, chikka bel bo‘lib, shirin qilib kulib, taraqqos boylab, suqsurday bo‘ylab, tovusday taranib, bellari buralib turibdi. Ushbu suratni unga kim ko`rsatgan? A)Qushnoch B)Kuntug`mish C)Kuntug`mishning yigitlari D)Qoraxonning o`zi suratni topib oladi
128.Qoraxon yo`l oldi Kuntug`mishga lashkardan har dastasidan nechtadan yigit ajratadi? A)bittadan B)yettitadan C)uchtadan D)qirqtadan
130.Sher haybatli, yo‘lbars sifatli bir kishi sifati qo`llangan obraz? A)Kuntug`mish B)Cho`pon C)Qosim D)Xolbeka
131.Shirxo`ra bo`lib qolgan qahramonlarni belgilang. A)Qoraxon-Buvraxon B)Shoir-Tohir C)Kuntug`mish-Xolbeka D)Xolmo`mim-Xolbeka
132.Shirxo`ra obrazlarni toping. A)Xolbeka, Xolmo`min B)Kuntug`mish, Xolbeka C)Mohiboy, Gurkiboy D)A,C
133.To`ldiring. Kunlardan bir kun Xolbeka qirq zinali ko‘shkining ustiga chiqib __?__ni tomosha qilib o‘tirib edi, shu shahaming podshosi Buvraxon Xolbekaning jamolini ко‘rib oshiq bo`lib qoldi. A)bozorni B)olamni C)sarhovuzni D)15 kunlik oyni
134.To`ldiring. Olim sayyod degan _______ katta sayyod bir katta to ‘mi yozib o‘tirib edi. A)No`g`aylik B)Zangarlik C)Bolasog`unlik D)Qatag`anlik
135.To`ldiring. Ot chopmoqqa qoyim Xizrning dashi, __?__doim mardning yo‘ldoshi. A)Qutbi zamon B)Semurg` qush C)Xizr Ilyos D)Ishq degan
136.To`ldiring.Mayiblarday ingranadi __?___ , Bo‘zlab bordi zolim doming ostiga. A)Buxraxon B)Xolbeka C)Kuntug`mish D)Azbarxo`ja
137.Tog`da yotgan ajdahoni o`ldirish shartini kim Kuntug`mishga aytgan? A)Xolbeka B)Azbarxo`ja C)Buvraxon D)Qoraxon
138.Tulupdan chiqib… Kuntug`mish yoriga g`ayrat berib cho`ldan bir tog` yoniga yetganda u yerda nimalar pishib yotgan edi? 1.yovvoyi yong`oqlar 2.yovvoyi toklar 3.bug`doy 4.pista 5.jiyda 6.olcha A)barchasi B)1,2,3,4,5 C)1,2,4,5 D)1,2,4,5,6
139.Tulupdan chiqib… Kuntug`mish yoriga g`ayrat berib cho`ldan bir tog` yoniga yetgach nimaning yonidan manzil qilib olishadi? A)g`or B)chashma C)chinor D)yovvoyi tok
140.Tulupdan chiqib… Kuntug`mish yoriga g`ayrat berib cho`ldan qaysi tog` yoniga yetadi? A)Zirvon B)Boboxon C)Mug`ol D)Zil
141.Tulupdan chiqqan Kuntug`mish eslab bir vaqtlar qancha sipohi xizmatida turganini aytgan? A)uch lak B)yetti lak C)qirq lak D)qirq bir lak
142.Uxlab yotgan Gurki va Mohini bandi qilgan lashkar necha kun deganda ularni Zangarga olib boradi? A)6 B)8 C)10 D)bir haftada
143.Uzog‘dan chopilar otning sarasi,Ko‘rinadi bir narsaning qorasi,Bir faslga g‘ayrat qilgin, bo‘yingdan,Yaqin qoldi manzilimning orasi. Ushbu gapni Kuntug`mish Xolbekaga qaysi holatda aytgan? A)vidolashuv oldi B)No`g`ay safari chog`i C)cho`lda, ko`nglini ko`tarib D)Zangar safari chog`i
144.xasis, xudbin, razil kimsa tarifi qo`llangan obraz? A)Qoraxon B)Buvraxon C)Azbarxo`ja D)Xolmo`min
145.Xolbeka bilan nard o ‘ynab, nobud bo`lib kimlar o`ldi? A)to`ra-kattalar B)xonzoda C)hech kim nobud bo`lmagan D)A,B
146.Xolbeka Buvraxon chiqargan farmondan necha yil o`tib tush ko`radi? A)3-4yil B)4-5yil C)1-2yil D)yarim yil
147.Xolbeka Buvraxon chiqargan farmondan so`ng necha qiz bilan davrini surib o`tira berdi deyiladi? A)7 B)40 C)41 D)16
148.xolbeka kimning farzandi? A)Buvraxon B)Shoir vazir C)Tohir vazir D)Qoraxon
149.Xolbeka ko`rgan tushda kimlar bir tong chog`ida suhbat qurib o`tirib edi? A)chiltonlar B)mardon g`oyiblar C)Rajabxo`ja va Shohimardon pir D)A,B
150.Xolbeka necha yoshda dong`i Dog`istondan o`tdi? A)16 B)14 C)18 D)17
151.Xolbeka necha yoshida ovozasi olamga ketadi? A)16 B)14 C)18 D)17
152.Xolbeka o`z suratiga nima o`rab sandiqchaga soladiA)soch B)uzuk C)olmos D)kalit 153.Xolbeka sandiqchaga suratini solgach necha tola sochidan oladi? A)bir tola B)3 tola C)7 tola D)11tola
154.Xolbeka surati solingan sandiq qaysi yurtga kelib qoladi? A)Susambilga B)Jambilga C)Zangarga D)No`g`ayga
155.Xolbeka tayyorlatgan sandiqcha ichi qanday? A)mumli B)tillo C)olmos D)A,B
156.Xolbeka tayyorlatgan sandiqcha sirti nima bilan qoplangan? A)mum B)tillo C)olmos D)A,B
157.Xolbeka tush ko`rgach dastlab uzukni kimga ko`rsatadi? A)ensiga B)suratkashga C)Bahragul kaniziga D)chiltonga
158.Xolbeka Zangar yurti kimga vafo qilmadi deb hisoblar edi? A)o`ziga B)Buvraxonga C)Kuntug`mishga C)Xolmo`minga D)bolalariga
159.Xolbekaning Buvraxon sovchilariga bergan javobi qaysi javobda xato berilgan? A) Bizga oshiq bo‘lgan bo‘lsa, kelsin, nard o‘ynasin; utsa tegaman,utdirsa podsho deb siylamayman, so‘yaman, jonidan kechsa bizga kelsin… B)Har kim meni olaman deb kelsa, oldiga nard o ‘yinini qo‘yaman, o‘ynayman, utsa tegaman, utdirsa so‘yaman…» C) Mening shu shartim, eshitmagan, bilmagan odam yo‘q. Ayol bo‘lsam ham qavlimdan qaytmayman… D)B,C
160.Xolbekaning tavsif-vasiyatini, husn zeboligini eshitgan kimlar har mamlakatdan, har yurtdan, har diyordan sovchi qo‘ya beradi? A)podsholar B)polvon-botirlar C)to`ralar D)A,B,C
161.Xolbekaning to`lgan kamoli, oyday jamoli qayerda munavvar bo`lib turadi? A)Ko`shkda B)Osmonda C)qog`ozda D)uzukda
162.Xolmo`min kimning hech bo`lmasa sayyidzoda bo`lishidan umidvor edi? A)o`zining B)Kuntug`mishning C)o`g`lining D)Gurki va Mohining
163.Xolmo`min Kuntug`mish bilan necha kunlik yo`lga birga kelib, jo`natib yuboradi? A)3 B)5 C)7 D)10
164.Xolmo`min saroyda kim edi? A)mirzaboshi B)vazir C)yasovulboshi D)otboqar
165.Xolmo`minni kim katta qilgan? A)Shoir vazirning enasi B)Xolbekaning enasi C)Tohir vazirning enasi D)Buvraxon
166.Yurarga quvvating, holing qolmasa,Kel, orqamga ko‘tarayin bir fasl, deb Kuntug`mish yoriga
g`ayrat berib necha kun deganda cho`ldan bir tog` yoniga yetadi? A)3 kun B)6 kun C)7 kun D)4
167.Zangar eliga Kuntug`mish necha kun to`y beradi? A)7 B)40 C)41 D)3
168.Zangar shohining ismini toping. A)Buvraxon B)Qilichxon C)Avliyoyi Qoraxon D)Avliyo ota
169.Zangardan chiqib Mohi va Gurki qayerga yetadi? A)No`g`ayga B)Mug`olga C)Olatog` ga D)Zarchamanga
170.Zangardan chiqib tog`ga yetgan Mohi va Gurki nima boqib yurgan qullarni ko`radi? A)qo`y B)yilqi C)tuya D)A,B,C
171.Zangardan chiqqan Mohi va Gurki necha kecha-kunduz yo`l bosib bir tog`ga yetadi? A)6 B)7 C)8 D)9
172.Zangardan chiqqan Mohi va Gurki yetgan tog`da qancha qul bor edi? A)10ming B)ming C)100 D)3 ming
173.Zangardan tog`ga yetgan Mohi va Gurki cho`ponlar bilan jangda g`olib bo`lib o`ljani qayerga haydab ketadi? A)No`g`ayga B)Zangarga C)cho`lga D)Mug`olga
Do'stlaringiz bilan baham: |