O’G’uzxon rivoyati



Download 22,38 Kb.
Sana01.01.2022
Hajmi22,38 Kb.
#301969
Bog'liq
O’G’UZXON RIVOY


Sojida

O’G’UZXON RIVOYATI

Nuh payg’ambarning o’g’li Yofas turkiylar mamlakatiga hukmdorlik qilib, yoshi ulg’aygach, taxtga o’g’li Abuljaxonni o’tqazdi. Abuljaxon ham umri tugay boshlagach, saltanatni to’ng’ich o’g’li Dibatkuyga berdi. Shunday qilib, turkiylar mamlakatining hukmronligi Dibatkuyxondan o’g’li Kuyukxonga, Kuyukxondan to’ng’ich o’g’li Almujannaxonga, Almujannaxon esa qariganida mamlakatning yarmini o’g’li Totorga, yarmini esa ikkinchi o’g’li Мo’g’ulga topshirdi. Totor shohlikni o’g’li Buqoxonga berdi. Мo’g’ul to’rt farzand ko’rdi. Ularni Qoraxon, Urxon, Ko’zxon, Avurdaxon deb atadi. Мo’g’ulxonning o’g’illari inoq yashashdi, mamlakatga katta akalari Qoraxonni xon qilib ko’tarishdi.

Qoraxon bir o’g’il ko’rdi. U g’oyat chiroyli bola edi. Lekin sira onasining sutini emmasdi. Bir kuni onasi tush ko’rdi. Tushida go’dak onasiga shunday iltijo qilar edi:

— Ey, ona, to sen xudoyi taollo yagonaligiga imon keltirmas ekansan, haqparast bo’lmas ekansan, men sening sutingni emmasman.

Ona go’dakning aytganini qildi. Xudoning yagonaligini tan oldi. Go’dak esa onasini ema boshladi. Bolaning dili olloh mehri bilan to’lgan edi. Bir yoshida xushsurat farzandga aylandi. Qoraxon bola beshikda nur sochib yotganini ko’rib, shodlandi. O’sha davrdagi urf-odatga ko’ra farzandga ism bir yoshga to’lganida berilar edi. Qoraxon xotiniga «O’g’limiz bir yashar bo’ldi. Unga qanday ism qo’yamiz?» deb maslahat solgan edi, beshikdagi go’dak shirin ovozda tilga kirdi:

— Мening nomim O’g’uzdir.

Odamlar uning so’zini eshitishib, hayratlanishdi. Axir, ular bir yoshli bola gapirayotganini birinchi marta ko’rishlari edi-da.

Shundan keyin go’dakka O’g’uz nomini berdilar. O’g’uz balog’atga yetgach, Qoraxon uni ukasi Urxonning qiziga uylantirdi. Qiz qarindosh bo’lganligi uchun O’g’uzxon unga iltifot ko’rsatmadi. Ov va sayr bahonasida undan uzoq yurdi.



O’g’uzning uylantirgan qiziga ko’ngli yo’qligini eshitgan Qoraxon qattiq ranjidi va ikkinchi ukasi Ko’zxonning qizini xotinlikka olib berdi. Bu qiz xudojo’y emas edi. Shu sababli O’g’uzxon bu qiz bilan ham irodat qilmadi. Qoraxon bu voqyeani ham eshitib, xafa bo’ldi. Ammo uchinchi ukasi Urxonning qiziga O’g’uzxonning roziligisiz uylantirib qo’yishga jur’at etolmadi.
O’g’uzxon bir kuni ovdan qaytishda amakisi Urxon yashaydigan qarorgohga tushib o’tdi. Xiromon arig’i bo’yida uning qizini ko’rib, oshiq bo’ldi. Ko’z qarashlari bilan muhabbatini izhor etdi. Qiz rozilik berdi. O’g’uzxon unga uylanish uchun otasining ham roziligini oldi. Ular shu qadar ahil va do’st bo’ldilarki, O’g’uzxon o’z nikohidagi boshqa ikki xotini xonasiga kamdan-kam kiradigan bo’ldi. Qoraxon bu voqyeani eshitib, yana xafa bo’ldi. Bir kuni O’g’uzxon ovga ketgan edi. U kelinlarini chaqirib, ularning dardini eshitdi. O’g’uzxonning ikki xotini ko’ziga yosh olib, erini aybladidar, u ota dinini tark etib, boshqasini tan olayotganini aytdilar. Qoraxon bu gapni eshitib, ilondek to’lg’andi, o’z o’g’li O’g’uzxonga qarshi lashkar to’plashni buyurdi. O’g’uzning kichik xotini Qoraxonning vajohatidan xabar topdi va shikorga borib, erini ogoh etdi. Ota va bola o’rtasida keskin jang bo’ldi. Urushda Qoraxon halok bo’ldi va shohlik O’g’uzxon qo’liga o’tdi.
O’g’uzxonning xoqonligi 73 yil davom etdi. U iymon-e’tiqodli davlat qurdi. Unga bo’yin tovlaganlar Turkiston sarhadidan chiqib, Chin tomonga, ko’pchiligi Totor shohi huzuriga ketdilar. O’g’uzxonning mo’g’ul va totor lashkarlarii bilan dastlabki jangi bo’ldi. Qo’shin tarkibidagi odamlar mavqyelariga qarab, yettiga bo’lindilar va jangga kirishdilar. O’g’uzxon Chin va Xitoy, Turkiston, Saqlob mamlakatlariga hokim bo’ldi. Talotin, Talosh, Salosi, Sayram shaharlaridan to Buxoro, Samarqand sarhadlarigacha yerlarni o’z tasarrufiga kiritdi. O’g’uzxon Chin va Мochin mamlakatlaridan Rus dengizigacha, Oltoy va Qonqoydan Jayhun daryosigacha bo’lgan mamlakatlarni egalladi. U turk va ajam shohlari orasida misli Jamshid («Avesto»da bayon etilishicha, adolatli hukmron, najotkor kuch) edi.
O’g’uzxon turklarning qavmlariga laqab qo’ydi: uyg’ur, qonqli, qibchoq, qorluq, xalaj, chiyug’ va boshqalar. Har bir qavmga nom qo’yilishining ma’nosi bor edi.


Download 22,38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish