Jyul Vern, «O‘n besh yoshli kapitan». «Yangi asr avlodi»



Download 2,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet116/151
Sana12.04.2022
Hajmi2,35 Mb.
#544954
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   151
Bog'liq
4 On besh yoshli kapitan roman

O‘n ikkinchi bob
XONNI KO‘MISH MAROSIMI
Ertasiga, 29-may kuni Kazonde shahri g‘alati bir 
tus oldi. Kapalagi uchib ketgan yerliklar ko‘chalarga 
chi qishga ham qo‘rqar edilar. Muani-Lunga bilan vazir-
ning falokati ularni dahshatga solib qo‘ydi. O‘zini xudo 
naslidan deb bilgan xon ning o‘z vaziri bilan bu qadar 
dahshatli o‘limga uchraganini ular hech qachon ko‘rgan 
emasdilar. Ulardan ba’zilari, ayniqsa keksalari, ilgarilari 
od diy odamlarni gulxanda pishirib yeyishgan edi. Odam 
go‘shtini pishirish juda qiyin bo‘lganidan, bunga ko‘p ovo-
ra bo‘lish kerakligi ularning esida bor edi. Bu yerda esa 
xon bilan vazir xuddi tutantiriq singari birpasda yonib 
ketdi. Bu juda ajoyib bir ish edi.


295
«O‘n besh yoshli kapitan»
Xoze-Antonio Alvets ham o‘z uyiga kirib yashirindi. 
U bo‘lgan voqea uchun meni aybdor qilishlari ehtimol, 
deb qo‘rqar edi. Negoro unga xon ning o‘lishi sababini 
tushuntirdi va ehtiyot bo‘lishga maslahat berdi.
Basharti, Muani-Lunganing o‘limiga Alvets ayb dor deb 
topishsa, uning ahvoli chatoq bo‘lar edi. Ammo Negoro-
ning miyasiga ajoyib bir fikr kelib qoldi. Uning maslahati 
bilan Alvetsning xizmatkorlari: Kazonde xonining bunday 
g‘aroyib vafoti – ulug‘ iloh Manitu uni alohida hurmat 
qilgani bo‘ldi, iloh hammaga ham shunday marhamat 
qilavermaydi, degan mish-mishlarni tarqata bosh ladilar. 
Xurofotchi yerliklar bu hiylaga darrov ishona qoldilar. Xon 
bilan vazirni kul qilgan olovni muqaddas olov deb e’lon 
qilindi. Endi xudo nasli dan bo‘lgan Muani-Lunga xonni 
o‘ziga yarasha marosim bilan ko‘mish qolgandi, xolos.
O‘ziga xos marosimdan iborat bu g‘alati janoza Ne-
goroga Dik Senddan o‘ch olish uchun imkoniyat berdi.
Agar Markaziy Afrikani o‘z ko‘zi bilan ko‘rib, tekshirib 
yuruvchi sayyohlar va shu jumladan, Kameron guvohlik 
qilmaganda edi, Muani-Lunga singari negr xonlarining 
janoza marosimida qancha-qancha qon to‘kilayotganiga 
hech kim ham ishonmasdi...
Xon taxtiga qirolicha Muana o‘tirishi lozim edi. U 
taxtga o‘tirishga o‘zinig haqli ekanini ko‘rsatish uchun 
janozaga tayyorgarlik ko‘rish to‘g‘risida dar rov buyruq 
bera boshladi. U bunday buyruqlar berishi bilan oliy 
huquqqa ega bo‘lganligini hammaga bildirgan bo‘ldi va 
shunday qilib boshqalarning, ayniqsa Oukusu xonining 
taxtini olib qo‘yishga to‘sqinlik qilgan bo‘ldi. Muana o‘zi-
ni davlatning malikasi deb hisoblab, marhum xonning 
boshqa xotinlarini og‘ir ahvoldan ozod qilishga qaror 
berdi. Xonning eng oldingi va eng ulkan xotini o‘zini 
hech tinch qo‘ymaydigan yosh kundoshlaridan endi qu-
tuladigan bo‘ldi. Badjahl malikaga bu ish juda yoqar edi. 
Shuning uchun u: hamma rasm va odatlarga muvofiq, 
marhum xonning janozasi ertaga kechqurun bo‘ladi, deb 
xalqqa e’lon qilishni buyurdi.


296
Jyul Vern
Yangi malikaning buyrug‘iga na saroydan va na xalq 
o‘rtasidan hech kim qarshi chiqmadi. Alvets bilan bosh-
qa qul savdogari uchun Muananing taxtga o‘tirishidan 
hech qanday xavf yo‘q edi. Ular laganbardorlik va har 
xil tortiqlar bilan uni qo‘lga olish oson deb o‘ylar edilar.
Taxtga kim o‘tirishi masalasi tinchlik yo‘li bilan hal 
bo‘ldi. Marhum xonning haramidagina biroz to‘polon 
bo‘ldi, chunki buning ham o‘ziga yarasha sababi bor edi.
O‘sha kunning o‘zidayoq janozaga tayyorgarlik bosh-
landi. Kazondening katta ko‘chasi oxiridan Kuanga 
daryosining sersuv bir tarmog‘i o‘qday tez lik bilan oqib 
o‘tar edi. Muana o‘sha daryo tarmog‘ining tagidan go‘r 
kavlashni buyurdi. Buning uchun daryo oqimini vaqtin-
cha bir yoqqa surish kerak edi. Yerliklar daryoni to‘sish 
uchun to‘g‘on qilishga kirishdilar. Daryo ilgarigi joyidan 
oqsin uchun janoza marosimidan keyin bu to‘g‘on olib 
tashlanishi kerak edi.
Negoro Dik Sendni xonning go‘ri ustida xudo yo‘lida 
qurbon etuvchilar qatoriga kirgizishga qaror berdi, Missis 
Ueldon bilan Jekning o‘lgan xabarini eshitgandan keyin 
Dikning qanday g‘azabi kelganini portugaliyalik ko‘rgan 
edi. Agar Dik ozod bo‘lganda ablah va qo‘rqoq Negoro 
uning oldiga kelishga ham qo‘rqar edi. Ammo qo‘l-oyog‘i 
bog‘langan noiloj asir Negoro uchun xavfsiz edi.
Negoro mal’un va ablah bir odam edi. U dushmani 
azob chekayotganini bilsa ham, buni o‘z ko‘zi bilan 
ko‘rishni xohlar edi.
Kunduz kuni u xavildor ziyraklik bilan saqlayotgan 
Dik Sendning hujrasiga bordi. Oyoq-qo‘li bog‘langan yigit 
yerda yotar edi. Keyingi yigirma to‘rt soat ichida unga 
mutlaqo ovqat berishmadi. Ko‘p azob-uqubatlarni boshi-
dan kechirib zaiflashib qolgan, badaniga botib ketgan 
arqonlardan tinkasi qurigan Dik Send bu azoblarning 
hammasidan birato‘la qutulish uchun o‘ziga o‘lim tilar edi.
U Negoroni ko‘rishi bilan o‘ziga keldi. Dik xoinga tash-
lanib, uni bo‘g‘ib o‘ldirmoqchi bo‘lib, arqonlarni yechishga 



Download 2,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish