Jyul Vern, «O‘n besh yoshli kapitan». «Yangi asr avlodi»



Download 2,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet124/151
Sana12.04.2022
Hajmi2,35 Mb.
#544954
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   151
Bog'liq
4 On besh yoshli kapitan roman

O‘n to‘rtinchi bob 
DOKTOR LIVINGSTON HAQIDA DARAKLAR
Missis Ueldon yolg‘iz qolgandan keyin, birinchi galda, 
Negoroning javob olish uchun bir haftadan keyingina 
kelishi to‘g‘risida o‘yladi.
Yaxshilab o‘ylab olish uchun bu muhlat yetarli edi. 
Negoroning har qanday va’dasiga ham ishonib bo‘lmasdi. 
Shuning uchun uning o‘zini qiziqtiradigan boshqa bir 
yo‘l topish kerak.
Negoro uchun missis Ueldon «qimmatbaho mato» 
bo‘lgani sababdan u juda bo‘lmaganda yaqin kunlar 
ichida uni har qanday xavf-xatarlardan saqlashi kerak 
edi. Ana shu vaqt ichida missis Ueldon San-Fransiskoga 
qaytishi uchun Jems Ueldonning Kazondega kelishi shart 
bo‘lmaydigan bir yo‘l qidirib topish ustida astoydil o‘ylab 
ko‘rish mumkin bo‘ladi.


314
Jyul Vern
Missis Ueldon, eri Jems Ueldon uning xatini olishi 
bilan hech qanday xavf-xatarlarga qaramasdan, Afrikaga 
uchib kelajagiga hech shubha qilmas edi. Ammo «tovon» 
pulini to‘lagandan keyin xotini, o‘g‘li va Benedikt tog‘a 
bilan Kazondedan bemalol chiqib keta oladimi-yo‘qmi, – 
bunga kim kafil bo‘la oladi?
Malika Muana sal o‘jarlik qilsa, ular hammasi bu yerda 
qolib ketadilar!
Undan ko‘ra, «oldi-sotdi» ishlari biron dengiz qirg‘og‘ida 
bo‘lgani yaxshi emasmi? Bu narsa mis ter Ueldonni 
Afrikaning ichkarisidagi xatarli viloyatlarga kelishdan 
qutqazar va eri «tovon» to‘laganidan keyin, bu ablahning 
qo‘lidan qutulib ketish ham mumkin bo‘lar edi.
Missis Ueldon xuddi shu masala ustida o‘ylab ketdi. 
Negoroning taklifini ana shuning uchun rad qildi. Negoro 
yo‘lga tayyorgarlik ko‘rish uchun o‘ziga ham birmuncha 
vaqt kerak bo‘lganidan, o‘ylab olish uchun unga ham 
bir haftalik muhlat berganini missis Ueldon tushundi.
– Nahotki u meni Jekdan ajratmoqchi bo‘lsa-ya? – deb 
shivirladi missis Ueldon.
Xuddi shu payt uyga chopganicha Jek kirib kel di. 
Onasi, go‘yo Negoro bolasini uning qo‘lidan tortib olishga 
tayyor turganday, Jekni qo‘liga olib, bag‘riga bosdi.
– Oyi, xafamisan? – deb so‘radi bola.
– Yo‘q, o‘g‘lim, yo‘q! – deb javob qaytardi missis Ueldon. 
– Men dadangni o‘ylayapman. Dadangni sog‘indingmi?
– Juda sog‘indim, oyi! Dadam bu yerga kelarmikan?
– Yo‘q... yo‘q! Bu yerga kela ko‘rmasin!
– Bo‘lmasam, o‘zimiz boramizmi?
– Ha, Jek!
– Dik ham boradimi? Gerkules-chi? Tom bobo ham 
boradimi?
– Ha... ha...
Missis Ueldon ko‘z yoshlarini yashirish uchun boshini 
egdi.
– Dadamdan xat keldimi, oyi? – deb so‘radi Jek.
– Yo‘q, jonim.


315
«O‘n besh yoshli kapitan»
– Bo‘lmasa o‘zing xat yozmoqchimisan?
– Balki... yozarman... – dedi onasi.
Jek onasining yuragini ezayotganini bilmas edi. Bu 
so‘roqni to‘xtatish uchun onasi uni cho‘lpillatib o‘pdi.
Shuni ham aytish kerakki, missis Ueldonda kutil-
maganda bir umid tug‘ilib qoldi. Agar bu umid yuzaga 
chiqsa, bu ishga erini ham aralashtirmasdan, Negoroning 
roziligiga ham qaramas dan, ozodlikka chiqish mumkin 
edi. Bu umid birovdan ittifoqo eshitib qolingan gaplardan 
keyin paydo bo‘ldi.
Negoro bergan muddat tugashiga bir kun qoldi degan-
da Alvets ujijilik bir metis savdogar bilan missis Ueldon 
turgan uy yonidagi bog‘da suhbatlashib qoldi. Ular qul 
savdosi to‘g‘risidagina gaplashdilar. Ular o‘z ishlari haqi-
da gaplashib turib, kelgusi ahvollariga achinishdilar.
Xoze-Antonio Alvets, ko‘pgina sayyohlarning Afrika-
ning ichki viloyatlarida olib borgan ilmiy tekshirish ishlari 
va geografiya sohasidagi kashfiyotlari qul savdosiga qat
-
tiq zarar yetkazyapti, de di. Uning suhbatdoshi bu fikrni 
to‘la ravishda ma’qulladi va sayyohlar bilan olimlarning 
barisini o‘qqa tutish kerak, deb qo‘shimcha qildi.
Ko‘p olimlarni shunday qarshi olishdi ham. Ammo 
suhbatdoshlar shunga xafa edilarki, bitta sayyoh o‘ldiril-
sa, darrov uning o‘rniga boshqa bir necha sayyohlar qolar 
edi. Keyin Alvetsning aytishicha, bu odamlar o‘z vatan-
lariga borib bu yerdagi dahshatli qul savdosi to‘g‘risida 
juda mubolag‘ali gaplar tarqatardilar va usiz ham shar-
mandasi chiqayotgan bu ishga katta zarar yetkazardilar.
Metis savdogar uning gapini ma’qullab, ayniqsa 
Nyangve, Ujiji va Zanzibar bozorlarida omad qochdi dedi; 
chunki bu joylarga ketma-ket Spik, Grant, Livingston 
hamda Stenli degan sayyohlar kelib turdilar. Bir olomon 
yov-a! Afrikaning ichkari viloyatlariga tez orada butun 
Angliya bilan Amerika ko‘chib kelmasa edi!
Alvets hamrohining fikriga qo‘shilib, bu jihatdan G‘ar
-
biy Afrika yaxshi ekan, dedi. U yoqqa bu shaytonlar hali 



Download 2,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish