Jyul Vern, «O‘n besh yoshli kapitan». «Yangi asr avlodi»



Download 2,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet123/151
Sana12.04.2022
Hajmi2,35 Mb.
#544954
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   151
Bog'liq
4 On besh yoshli kapitan roman

310
Jyul Vern
Ammo biron chora ko‘rishdan oldin, Negoroning niyatini 
bilmoqchi edi.
Vaqti kelib missis Ueldon bu odamning niyatlarini 
bildi ham.
Muani-Lunga xon ko‘milgandan uch kun keyin, ya’ni 
6-iyun kuni Negoro qo‘rg‘onga keldi. U to‘ppa-to‘g‘ri mis-
sis Ueldon turgan joyga qarab jo‘nadi.
Missis Ueldon o‘zi yolg‘iz edi. Benedikt tog‘a o‘zining 
navbatdagi ilmiy ishi bilan aylanishga chiqib ketgan ekan. 
Kichkina Jek esa qo‘rg‘on ichi da Halimaning nazoratida 
o‘ynab yurar edi.
Negoro eshikni taqillatmasdanoq to‘g‘ri uyga kirib 
kelaverdi.
– Missis Ueldon, – dedi u salom-alik qilmasdan, – Tom 
bilan uning sheriklari Ujijidan kelgan qul savdogariga 
sotib yuborildi.
Missis Ueldon hech narsa demasdan ko‘z yoshlarini 
artdi.
– Nan kampir yo‘lda o‘ldi. Dik Send halok bo‘ldi...
– Nan o‘ldimi?! Dik ham-a?! – deb baqirib yubordi 
missis Ueldon.
– Ha, shunday, – dedi Negoro. – Gerrisni o‘ldirgani 
uchun qonunga muvofiq sizning o‘n besh yoshli kapi
-
taningiz xun to‘lashi lozim edi. Siz, mis sis Ueldon, Ka-
zondeda yolg‘izsiz. Yolg‘iz bo‘lishingiz ustiga, «Piligrim» 
kemasining sobiq oshpazi ixtiyoridasiz. Tushunyapsizmi?
Afsuski, Negoroning gaplari haqiqat edi. Tom bilan 
uning o‘g‘li Bat, Akteon va Ostinlar kuni kecha qul sav-
dogarlari bilan Kazondedan Ujijiga jo‘nab ketishdi. Missis 
Ueldon Kazondeda, Alvets qo‘rg‘onida ekanidan ularning 
xabari yo‘q edi. Bilganlarida ham u bilan xayrlashish 
uchun ularga baribir ruxsat etishmasdi. Bu vaqtda ular 
Katta ko‘llar tomoniga jo‘nab ketgan edilar. Ular necha yuz 
millab yo‘l yurishlari kerak edi. Ko‘p odamlar bu yo‘llarni 
omon-eson bosib o‘tolmay, yo‘lda halok bo‘lib ketadi.
– Xo‘sh, meni nima qilmoqchisiz? – deb shivirladi 
missis Ueldon Negoroga qaramasdan turib.


311
«O‘n besh yoshli kapitan»
Missis Ueldon, – deb gapini shart kesdi por tugaliyalik, 
– «Piligrim» kemasida tortgan xo‘rliklarim uchun sizdan 
o‘ch olsam ham bo‘lardi. Ammo men Dik Sendning o‘limi 
bilan qanoatlanmoqchiman, xolos! Endi men yana savdo 
ishiga kirishmoqchiman. Sizning to‘g‘ringizda mening 
niyatim shunday.
Missis Ueldon indamasdan unga tikildi.
– Siz, – deb gapini davom ettirdi Negoro, – o‘g‘lingiz, 
pashshalar ketidan quvlab yuruvchi mana bu tentagin-
giz – ma’lum bir qimmatga egasizlar. Ana shu qimmatni 
men ishga solmoqchiman. Qisqasi shuki, men sizlarni 
sotmoqchiman!
– Men ozod odamman! – dedi qat’iy qilib mis sis Ueldon.
– Agar men istasam, qul bo‘lasiz-qolasiz!
– Oq tanli ayolni sotib olishga kim jur’at qi lar kan?
– Qancha so‘rasam sizga shuncha beradigan xaridor bor.
Missis Ueldon bir lahza boshini egdi. U bu dahshatli 
mamlakatda har qanday ishlar bo‘lishi mumkinligini 
bilardi.
– Siz mening gaplarimni tushundingizmi? – deb so‘radi 
Negoro.
– Kim ekan u? – deb so‘radi missis Ueldon.
– Meni kim sotib oladi deb so‘rayapsizmi? – deb mas-
xaraomiz kulib javob qaytardi Negoro.
– Nomi nima ekan uning? – deb yana so‘radi missis 
Ueldon.
– Uning nomi... Jems Ueldon. Sizni eringiz!
– Mening erim-a? – deb baqirib yubordi missis Ueldon 
quloqlariga o‘zi ishonmasdan.
– Ha, missis Ueldon, xuddi o‘shaning o‘zi. Sizning erin-
giz! Men unga xotini bilan o‘g‘lini shunday qaytarmoqchi 
emasman, xotini bilan o‘g‘lini sotaman, tentak tog‘asini 
esa ularga qo‘shimcha qilib bepul beraman.
Missis Ueldon Negoroning gapida biror hiyla yo‘qmi-
kan, deb o‘yladi. Yo‘q, u o‘z niyatini aytayotgan bo‘lsa 
kerak. Negoro singari yaramas odam lar o‘ziga ko‘p foyda 


312
Jyul Vern
keladigan ish bo‘lganidagina to‘g‘ri gapiradi. Ammo bu 
ish haqiqatan ham katta foyda beradigan ish edi.
– Bu ishni qachon bir yoqlik qilmoqchisiz? – deb so‘radi 
missis Ueldon.
– Mumkin qadar tezroq.
– Qayerda?
– Shu yerda, mister Ueldon o‘zining xotini bi lan o‘g‘lini 
qutqazib olish uchun Kazondega kelishdan qo‘rqmasa 
kerak deyman?
– Albatta-ya. Lekin unga kim xabar qiladi?
– Men o‘zim. Eringiz bilan uchrashish uchun 
San-Fransiskogo o‘zim boraman. Yo‘lga pulim yetadi.
– «Piligrim»dan o‘g‘irlagan pulingiz-da?
– Ha, o‘sha pullar... yana ozroq boshqa pulim ham 
bor, – dedi Negoro uyalmasdan. – Shuni ham bilingki, 
men sizlarni tezroq sotish ustiga qimmatroqqa ham sot-
moqchiman. Sizning eringiz yuz ming dollarini ayamasa 
kerak deb o‘ylayman?
– Shuncha puli bo‘lsa ayamaydi-ya, – deb sovuqqina 
javob qaytardi missis Ueldon. – Siz erimga: meni Markaziy 
Afrikada asirlikda yotibdi deb aytmoqchimisiz?
– Ha, shunday deyman.
– Biror dalil ko‘rsatmasangiz u sizga ishonmaydi. 
Sizning gapingiz bilan Kazondega kelarmidi?
– Agar siz hol-ahvolni tushuntirib, meni unga o‘zin-
gizni yovvoyilardan qutqazuvchi sodiq xizmatkoringiz
deb yozib bersangiz, albatta keladi.
– O‘lganda ham bundaqangi xat yozmasman! – deb 
gapini cho‘rt kesdi missis Ueldon.
– Yozmayman deysizmi?
– Hech qachon yozmayman!
Missis Ueldon erining Markaziy Afrikaga kelishi qan-
day xavf-xatarlar bilan bog‘liq ekanini yaxshi bilar edi.
Negoroning va’dasiga ishonib bo‘lmaydi, chunki u 
pulni olgandan keyin, mister Ueldonni Kazondedan ket-
kazmay qo‘yishi mumkin edi. Ana shu fikrlarga asoslanib, 


313
«O‘n besh yoshli kapitan»
missis Ueldon sira o‘ylab-netib turmasdan Negoroning 
taklifini rad qildi. Ammo u sho‘rlik bu yerda yolg‘iz o‘zi 
emas, balki bolasi ham borligini esidan chiqazgan edi.
– Har holda siz bu xatni yozasiz! – dedi Negoro.
– Yo‘q! – deb uzil-kesil javob qaytardi missis Ueldon.
– Rozi bo‘ling! – deb o‘shqirdi portu galiyalik. – Siz bu 
yerda yolg‘iz emassiz! O‘zingiz kabi o‘g‘lingiz ham mening 
ixtiyorimda! Nima qilsam ham xatni yozishga sizni maj-
bur qilaman.
Missis Ueldon meni hech qo‘rqita olmaysiz, deb aytmoq-
chi edi-yu, lekin yuragi qattiq sanchayotganidan indamadi.
– Missis Ueldon, – deb gapini tamomladi Negoro, – siz 
mening taklifimni yaxshilab o‘ylab ko‘ring. Bir haftadan 
keyin sizdan Jems Ueldon nomiga yozilgan xatni olgani 
kelaman. O‘jarlik qilsangiz, o‘zingizdan ko‘ring!
Shu so‘zlarni aytib, Negoro uydan tez chiqib ket di. U 
o‘z jahlini bosmoqchi edi. Ammo missis Ueldonni o‘ziga 
bo‘ysundirish uchun uning har qan day yomonlikdan 
ham toymasligi ko‘rinib turar edi.

Download 2,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish