Jyul Vern, «O‘n besh yoshli kapitan». «Yangi asr avlodi»



Download 2,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet132/151
Sana12.04.2022
Hajmi2,35 Mb.
#544954
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   151
Bog'liq
4 On besh yoshli kapitan roman

332
Jyul Vern
ko‘zoynakning burun ustidagi izida biroz to‘xtalib tur-
di-da, keyin qoq burun uchiga kelib to‘xtadi.
Hasharot yaxshi joyni topdi. Endi Benedikt tog‘a ikki 
ko‘zini baravar tikib, katta qilib ko‘rsatadigan oynadan 
qaraganday, uni bemalol tomosha qiladi.
– Barakalla, – deb baqirib yubordi Benedikt tog‘a, – 
bukri qo‘ng‘iz ekan-ku!
Tog‘asi tushmagur qo‘pol xato qildi: baqirmaslik kerak 
edi, buni ichida aytganida bo‘lardi. Ammo biz bunday 
desak, entomologlar orasida eng havaskori bo‘lgan Bene-
dikt tog‘adan juda ko‘p narsa talab qilgan bo‘lmaymiz-a? 
Burningiz uchida vizillovchilar naslidan bo‘lgan keng qa-
notli bukri qo‘ng‘iz o‘tirgan bo‘lsa, shodligingizdan baqirib 
yubormasdan chidab tura olarmidingiz? Afrikaning faqat 
janubiy qismidagina bo‘ladigan va eng yaxshi hasharotlar 
saqlanadigan muzeyxonalarda ham bo‘lmaydigan, siyrak 
uchraydigan qo‘ng‘iz turganda-ya! Sevinchdan baqirib 
yubormay bo‘ladimi, axir?
Balo ustiga qazo deganday, Benedikt tog‘a baqirdigina 
emas, aksirib ham yubordi. Baqirib qo‘ng‘izni qo‘rqitib yu-
borsa, aksirgandan keyin burni silkinib ketdi... Benedikt 
tog‘a qo‘ng‘izni ushlayman deb, tezda hovuchini yumdi-yu, 
ammo o‘z burnini ushlab oldi, xolos! Qo‘ng‘iz uchib ketdi!
– Voy, la’nati-ey! – deb baqirib yubordi olim.
Olim darrov o‘zini qo‘lga olib, juda sovuqqonlik bilan 
astoydil ishga kirishdi.
Bukri qo‘ng‘izning faqat sakrab-sakrabgina ucha oli-
shini Benedikt tog‘a yaxshi bilar edi. Benedikt tog‘a tiz 
cho‘kdi-da, polda o‘rmalab yura boshladi. Tezda u burni-
dan o‘n dyuymcha naridagi quyosh shu’lasida g‘izillab 
ketayotgan bir qora nuqtani ko‘rib qoldi.
– Darrov ushlab olsam ezilib qolishi mumkin, – dedi 
o‘z-o‘ziga Benedikt tog‘a. – Yo‘g‘-e! Bunday qilish yaramay-
di! Ketidan boraveray-chi. Tabiiy sharoitda uning yu rish-
turishlarini tekshirib ko‘ray-chi! Bir tomosha qilay-chi 
uni! Uni qachon bo‘lsa ham ushlab olaveraman-ku.


333
«O‘n besh yoshli kapitan»
Benedikt tog‘a to‘g‘ri ish qilyaptimikan? Bu savolga 
javob berish ham qiyin: har holda Benedikt tog‘a burnini 
yerga tekkizay-tekkizay deb, qo‘ng‘iz ketidan emaklab 
ketaverdi. Birpasdan keyin olim o‘z kulbasidan tashqa-
riga chiqib, qo‘rg‘onning panjarasi tomon yo‘l oldi. Yana 
birpasdan keyin panjaraga yetdi.
Endi qo‘ng‘iz nima qilar ekan? O‘ziga oshiq bo‘lib 
ketidan quvlab yurgan olimni panjaraning berigi yoni-
da qoldirib, o‘zi narigi yoqqa oshib o‘tib ketarmikan? 
Yo‘q, bukri qo‘ng‘izning bunaqa odati yo‘q; vizillovchi 
qo‘ng‘izlarning odatini Benedikt tog‘a yaxshi bilar edi.
U panjaradan o‘rmalab tez ketayotgan qora nuq tani 
ko‘zdan qochirmay, kaltakesak singari uning ketidan 
sudralganicha ketaverdi.
Keng qilib kavlangan ko‘rsichqon ini qo‘ng‘iz ning yo‘lini 
to‘sdi. Qo‘ng‘iz indamay teshik ichiga kirib ketdi. U endi 
qo‘ldan ketdi deb Benedikt tog‘aning kapalagi uchdi. 
Ammo u teshikning ikki futdan ham kengroq ekanini 
ko‘rib hayron bo‘ldi.
Bu g‘alati yer osti yo‘lidan olimday ozg‘in kishi ning o‘tib 
ketishi qiyin emas. Benedikt tog‘a quvlashga berilib ketib, 
qo‘rg‘onning panjara devori ostida ekanligini sezmay qoldi. 
Bu teshik qo‘rg‘ondan tashqariga olib chiqadigan g‘alati 
yo‘l ekan. Yarim daqiqadan keyin Benedikt tog‘a qo‘rg‘on-
dan ozodlikka chiqdi. Ammo butun es-hushi o‘sha ajoyib 
hasharotda bo‘lgan olim bunga hech e’tibor qilmadi.
Biroq bukri qo‘ng‘iz bu quvlashdan bezor bo‘ldi she-
killi, oxiri, qanotlarini yozib, pirillay boshladi. Benedikt 
tog‘aning kapalagi uchib ketdi. U hasharotni ushlay-
man deb endi kaftini uzatgan edi, qo‘ng‘iz birdan vizillab 
uchib ketdi...
Bu Benedikt tog‘aga juda alam qildi. Lekin qo‘ng‘iz 
uzoq qa uchmasligi kerak edi. Olim o‘rnidan sakrab 
turdi-da, u yoq bu yoqqa ko‘z tashlab, qo‘lini oldinga 
uzatganicha uning ketidan chopdi.
Hasharot uning tepasida vizillar edi. Zig‘irdek qop-qora 
nuqta kaltabin tog‘aning ko‘ziga bir ko‘ri nar, bir yana 


334
Jyul Vern
yo‘qolar edi. Benedikt tog‘a, «charchaganidan keyin 
mening boshimga kelib qo‘nadi», deb o‘ylab turgan joyida 
qotib qoldi.
Ammo olimning baxtiga qarshi Kazondening shimol 
tomoniga qurilgan Alvetsning qo‘rg‘oni yonidan bir necha 
millarga cho‘zilib ketadigan kat ta o‘rmon boshlanar edi. 
Basharti, qo‘ng‘iz o‘rmon ichiga kirib, shoxdan-shoxga 
qo‘nib yuradigan bo‘lsa, eng nodir hasharotdan ajralib 
qolishga to‘g‘ri kelardi.
Afsuski, aytgani keldi: bukri qo‘ng‘iz, osmonda vizillab-
vizillab, yana yerga tushdi. Birdan Benedikt tog‘aning 
ishi o‘ngidan keldi: u hasharot ning qayerga tushganini 
bilib, o‘zini o‘sha joyga otdi. Ammo qo‘ng‘iz endi uchib 
ketmadi – sakrab-sakrab yerdan ketaverdi.
Tinkasi o‘larday qurigan olim, qon chiqayotgan tiz-
zalari va tirnalib ketgan qo‘llarining achishib og‘irishiga 
ham qaramay, qo‘ng‘iz ketidan qolmay boraverdi. U goh 
o‘ng tomonga, goh chap tomonga tashlanar, goh yerga 
yiqilar, goh qora nuqtani tutaman deb qo‘lini cho‘zgani-
cha tikka turar edi.
Ammo hamma urinishlari behuda ketar edi. Qo‘li doim 
bo‘shliqni ushlar edi. Hasharot esa be malol qochib keta-
verar edi. Axiri, vizillovchi bukri qo‘ng‘iz daraxtlar yoniga 
kelganidan keyin olimga bir tegib ketib, osmonga ko‘taril-
di-da, alam qilsin deganday, vizillaganicha uchib ketdi.
– La’nati-ey! – deb yana bir karra baqirdi Benedikt tog‘a. 
– Qochib ketdi-ya! Insofsiz mal’un-ey! Men kolleksiyam-
da unga atab eng yaxshi joy ajratib qo‘yuvdim-a! Baribir 
qo‘ymayman, ushlab olmaguncha quvlay beraman!
Xafa bo‘lgan entomolog shu ko‘zi bilan ko‘mko‘k barg-
lar orasidan qo‘ng‘iz qidirish foydasiz bir ish ekanligini 
esdan chiqarib qo‘ygan edi. Lekin u hech ham o‘zini tuta 
olmas va muvaffaqiyatsizligiga iqror bo‘lmas edi. Omadi 
yurishmaganiga o‘zi aybdor edi! Undan ko‘ra u «tabiiy 
sharoitda uning yurish-turishini tekshirib» yurmasdan, 
bu vizillovchi hasharotni o‘sha mahalda ushlab olganida 
qanday yaxshi bo‘lardi-ya!


335
«O‘n besh yoshli kapitan»
Benedikt tog‘a dovdirab qoldi. U qo‘ng‘izni quvaman 
deb Alvetsning qo‘rg‘onidan chiqib ketganidan va endi 
ozodlikda ekanligidan o‘zi butun lay bexabar edi. Uchib 
ketgan qo‘ng‘iz o‘rmon ichi da – yaqin joyda bo‘lsa kerak.
Nima qilib bo‘lsa ham, Benedikt tog‘a uni ushlashi kerak!
Endi u o‘zining nima qilayotganini bilmasdan, qalin 
o‘rmon ichida chopib borardi. Hamma yoqda uning 
ko‘ziga nodir hasharot ko‘rinardi. U goh qo‘llarini yuqori 
ko‘tarar, goh yerga yotib emaklab yurar edi. U bema’ni 
quvlash orqasida qayerga kelib qolganini va qaytish 
uchun yo‘l topa olish, topa olmasligini sira o‘ylamas edi...
Ana shu tarzda Benedikt tog‘a o‘rmon ichiga bir milcha 
ichkari kirib ketdi.
Birdaniga daraxt orqasidan allaqanday bir aza mat 
odam chiqib keldi. U odam bir qo‘li bilan Benedikt tog‘a-
ning yoqasidan, ikkinchi qo‘li bilan oyoqlaridan ushlab 
ko‘tarib oldida, hash-pash deguncha, uni o‘rmonning 
qalin joyiga olib kirib ketdi.
Bechora Benedikt tog‘a! Shu kuni u butun dunyodagi 
entomologlarning eng baxtlisi bo‘lish imkoniyatini qo‘ldan 
boy berib qo‘ydi-ya!

Download 2,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish