Jyul Vern, «O‘n besh yoshli kapitan». «Yangi asr avlodi»



Download 2,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet133/151
Sana12.04.2022
Hajmi2,35 Mb.
#544954
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   151
Bog'liq
4 On besh yoshli kapitan roman

O‘n oltinchi bob
MGANNGA
Benedikt tog‘aning tushki ovqatga kelmaganidan 
missis Ueldon tashvishda qoldi. Qayerga ketdi ekan bu 
qari go‘dak? Uning qo‘rg‘ondan qochib ketishini missis 
Ueldon xayoliga ham keltirmas edi. Tog‘asining fe’lini u 
juda yaxshi bilar edi. Agar unga: tunuka qutichangdagi 
hasharotlaringni bersang, ozodlikka chiqasan, deb tak-
lif qilishsa, ozodlikni boshimga uramanmi, deb aytgan 
bo‘lar edi. Ammo uning Afrikada topgan jamiki hasharot-
lari solingan qutichasi o‘z joyida turibdi. Benedikt tog‘a 
hasharotlarini o‘z xohishi bilan tashlab ketibdi deyish 
mutlaqo bo‘lmagan gap edi.


336
Jyul Vern
Lekin, shunday bo‘lsa ham Alvetsning qo‘rg‘onida 
Benedikt tog‘a yo‘q edi!
17-iyun kuni missis Ueldon kechgacha hamma joyni 
qidirdi. Unga Jek bilan Halima ham yordamlashdi, Bene-
dikt tog‘a hech qayerdan topilmadi.
Missis Ueldon Benedikt tog‘ani qul savdogarlarining 
buyrug‘i bilan qo‘rg‘ondan olib ketishgandir, deb ham 
o‘yladi. Alvets nechun bunday qildikan? Benedikt tog‘ani 
nima qilmoqchikan-a? Yoki uni bozor maydonidagi bi-
ror barakka olib kirib qo‘ydimikan? Bu juda g‘alati ish 
bo‘ladi-ku, chunki Negoro bilan kelishilgan shartnomaga 
muvofiq, asir Benedikt tog‘ani Alvets, Mosamedishga 
olib borib, yuz ming dollarga Jems Ueldonga topshirishi 
kerak edi-ku.
Agarda missis Ueldon Benedikt tog‘aning yo‘qolgani 
to‘g‘risidagi xabarini eshitgan Alvets juda achchig‘lan-
ganini bilganida, tog‘aning yo‘qolishiga uning sababchi 
emasligiga ishonar edi. Agar Benedikt tog‘a qo‘rg‘ondan 
o‘z ixtiyori bilan qochib ketgan bo‘lsa, nima uchun bu 
niyatini jiyaniga aytmadi?
Alvets bilan uning odamlari ko‘p tekshirishlardan 
keyin, qo‘rg‘ondan o‘rmonga chiqadigan yer osti yo‘li bor-
ligini aniqlashdi. Qul savdogari «pashsha ovchisi» xuddi 
shu teshikdan chiqib ket gan, degan xulosaga keldi.
Alvets Benedikt tog‘aning qochib ketishi uning hiso-
biga o‘tkazilib, daromadning kamayishini xa yoliga kel-
tirgach, g‘azabidan quturayozdi.
«Bu jinni o‘zi yarim chaqaga arzimasa ham, men uning 
uchun qancha jaranglagan pul to‘lashim kerak-a! Ish-
qilib, bir qo‘limga tushsaydi!» deb o‘ylardi Alvets.
Qo‘rg‘onni ham, o‘rmon ichini ham sinchiklab qidi-
rishsa-da, qochqinning hech qanday izini topisha olmadi. 
Shunday qilib, missis Ueldon tog‘asidan mahrum bo‘ldi, 
Alvets esa ancha puldan ajraldi. Albatta, Benedikt tog‘a-
ning qo‘rg‘ondan tashqari da yashovchi biror kishi bilan 
til biriktirib ish qilishi mumkin emas edi; shuning uchun 
u, ittifoqo, yer osti yo‘lini uchratib qolgan-u yo‘ldoshlari 


337
«O‘n besh yoshli kapitan»
bor-yo‘qligini o‘ylamasdanoq qochib ketavergan, degan 
fikrga kelishga to‘g‘ri keldi.
Missis Ueldon shunday bo‘lgandir deb o‘ylashga maj-
bur bo‘ldi. Ammo u o‘z qilmishi uchun o‘zi javob bera 
olmaydigan bechora olimdan xafa bo‘lishni xayoliga ham 
keltirmas edi.
«Voy bechora-ey! Uning holi nima kecharkin?» deb 
so‘radi u o‘z-o‘zidan. Albatta, yer osti yo‘li o‘sha kundayoq 
ko‘mib tashlandi va qolgan asirlar ustidan nazorat yana 
kuchaytirildi.
Shunday qilib, missis Ueldon bilan uning o‘g‘lining 
kun kechirishlari yanada ko‘ngilsizroq bo‘lib qoldi.
Bu yerlarda «mazika» deb ataladigan yog‘ingarchilik 
davri aprel oyining oxirlarida o‘tgan bo‘lsa ham, lekin 
19-iyunda yana yog‘ingarchilik boshlandi. Butun os-
monni qora bulut qoplab, yomg‘ir quygani quygan edi. 
Markaziy Afrikada yilning bu mavsumida bunday hodisa 
juda siyrak uchraydi.
Missis Ueldon uchun ham yomg‘ir zarardan boshqa 
narsa emas edi, chunki yomg‘ir uning qo‘rg‘onda har kuni 
sayr qilib yurishiga halal bera di. Yerlik xalq uchun bu 
yomg‘ir katta bir ofat edi. Pastqam yerlarda pishib, o‘rib 
olishga tayyor tur gan ekinlar toshqin ostida qolib ketdi. 
To‘satdan ekindan mahrum bo‘lgan aholi ocharchilikka 
mahkum bo‘lmoqda edi. Malika Muana bilan uning vazirlari 
bu balodan qutulish chorasini topolmay gangib qolishdi.
Ular jodugarlarini yordamga chaqirishga qaror qi-
lishdi. Ammo avrash va duo o‘qish bilan kasallarni 
davolashdan boshqaga kuchi yetmaydigan jodugarlarni 
chaqirishmadi. Bunday katta falokatdan faqat «mgannga» 
deb ataladigan usta jodugarlargina qutqazishi mumkin 
edi. Bunday jodugarlarning yomg‘ir yog‘dirishga ham, 
bulutlarni haydab yuborishga ham qurblari yetardi.
Ammo mganngalar ham yordam berisholmadi. 
Ularning uvlab ashula aytishlari, afsun o‘qishlari, da-
rang-durang qilishlari, qo‘ng‘iroq chalishlari va hatto 
tumorlari ham hech qanday yordam bermadi. Har 



Download 2,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish