Jyul Vern, «O‘n besh yoshli kapitan». «Yangi asr avlodi»



Download 2,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet129/151
Sana12.04.2022
Hajmi2,35 Mb.
#544954
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   151
Bog'liq
4 On besh yoshli kapitan roman

O‘n beshinchi bob
QO‘NG‘IZGA ERGASHIB
Suvga cho‘kayotgan odam somon parchaga ham 
yopishadi. O‘limga hukm qilingan kishining jindakkina 
bo‘lsa-da qutulish umidi bo‘ladi.
Missis Ueldon ham xuddi shunday ahvolda edi. Dok-
tor Livingstonning Bangveolo ko‘li bo‘yidagi kichkina 
bir negrlar qishlog‘ida vafot etgani to‘g‘risidagi xabarni 
Alvetsning og‘zidan o‘z qulog‘i bilan eshitganidan ke-
yin bechora ayolning qayg‘u-hasratini tasavvur qilish 
ham qiyin edi. U o‘zining birdaniga yolg‘iz, baxtsiz bir 
ahvolda qolganini fahmladi. Uni madaniy odam bilan 
bog‘lab turgan ip to‘satdan uzilib qoldi. Qutqazib oladi-
gan ilinji qo‘ldan ketdi, bor umidi kesildi... Tom bilan 
uning sheriklarini Kazondedan Katta ko‘llar tomoniga 
haydab ketishdi. Gerkulesdan avvalgiday hech qanday 
darak yo‘q. Missis Ueldon o‘ziga hech kim yordamga 
kelmasligini bilar edi. Ishning yaxshilik bilan bitishini 
ta’minlaydigan tuzatishlar kirgizib, Negoroning taklifini 
qabul qilishga to‘g‘ri kelardi.
14-iyunda, ya’ni tayinlangan kunda, Negoro javob 
olish uchun missis Ueldon oldiga keldi.
Portugaliyalik o‘zini ishbilarmon kishiday tutardi. 
Dastlab u haqni tayinlangan miqdordan bir tiyin ham ka-
maytirmayman, dedi. Ammo missis Ueldon ham xiylagina 
ishbilarmonlik ko‘rsatdi. U quyidagicha javob qaytardi:
Agar ish bitsin desangiz, to‘g‘ri kelmaydigan shartlar-
ni qo‘ymasligingiz kerak. Men siz ta lab qilgan tovonga 
roziman, lekin erimning bu mamlakatga kelmasligini 


326
Jyul Vern
shart qilib qo‘yaman. O‘lsam ham erimning bu yerga 
kelishiga rozi bo‘lmayman.
Biroz ikkilanib turgandan keyin Negoro mis sis Uel-
donning shartlarini qabul qildi. Bu shartlar quyidagicha 
edi; Jems Ueldon Afrikaning ichkarisiga xatarli safar 
qilmaydi. Jems Ueldon qul savdogalarining kemalari 
qatnab turadigan Angolaning janubidagi kichkinagina 
Mosamedish portiga kelishi kerak. Negoro bu portni 
yaxshi biladi. U mister Ueldonni o‘sha yerga olib ke ladi. 
Alvetsning agentlari missis Ueldon bilan Jekni va Bene-
dikt tog‘ani belgilangan vaqtda o‘sha Mosamedish portiga 
olib borishadi. Mister Ueldon «tovon»ni to‘lagandan keyin 
asirlar ozod qilinadi, mister Ueldon bilan «halol do‘stlik» 
vazifasini bajargan Negoro esa ularning ko‘ziga ko‘rinmay 
g‘oyib bo‘ladi.
Mosamedish bilan Kazonde o‘rtasidagi masofani bosib 
o‘tishdan missis Ueldon xavotir olmas edi. Agar bu olti 
yuz millik yo‘l xuddi Kuanzadan Kazondega kelgandagi 
singari o‘tilsa, ular faqat charchaydi, xolos. Shu bilan 
birga «tovon»dan o‘z hissasini oladigan Alvets ham asirlar-
ni u yerga eson-omon yetkazib berishga harakat qiladi.
Missis Ueldon Negoro bilan bu to‘g‘rida bir qarorga 
kelgach, eriga xat yozib berdi. Negoro o‘zi ni missis Uel-
donning bir amallab asirlikdan qochib ketgan sodiq xiz-
matkori qilib ko‘rsatishi lozim edi. Albatta, Jems Ueldon 
xatni olgan zamoni Negoro bilan Mosamedishga jo‘naydi.
Negoro xatni olib, ertasiga yigirmata negr soqchi bilan 
shimol tomonga qarab jo‘nab ketdi. Nega u shimol yoqqa 
ketdiykan? Yoki u Kongo daryosining etak tomoniga 
qatnaydigan birorta kemaga o‘tirib jo‘namoqchi bo‘ldimi-
kan-a? U ilgari portugaliyalar qo‘liga tushgani sababidan, 
Portugal shaharlari orqali yurmaslikka ahd qilganmikan? 
Shunday bo‘lishi ham mumkin. Nima bo‘lsayam u Al-
vetsga shunday deb tushuntirib ketdi.
Endi missis Ueldonga Negoroning qaytib kelishini sabr 
qilib kutishdan boshqa iloj qolmadi.


327
«O‘n besh yoshli kapitan»
Uning San-Fransiskogo borib kelishi uchun uch-to‘rt 
oy vaqt kerak bo‘lardi.
Missis Ueldon Alvetsning qo‘rg‘onidan ketishni o‘yla-
mas edi. Bu yerda o‘zi, o‘g‘li va Benedikt tog‘a anchagina 
xavfsiz yashay oladilar. Jonkuyar Halimaning g‘amxo‘rligi 
uning asirlik holatini an cha yengillashtirardi. Undan 
keyin, qul savdogari asirlarni o‘z qo‘rg‘onidan chiqarib 
yubormasligi ham bor. Alvets «tovon»dan ko‘p daromad 
olishni o‘ylab, asirlarni qattiq nazorat qilib turishni 
buyurdi. U bu masalaga shunchalik katta ahamiyat 
berdiki, hatto Vixe bilan Kassangodagi qo‘rg‘onlariga bo-
rishni ham bir yoqqa yig‘ishtirib qo‘ydi. Tinch yashovchi 
qishloqlarga bosqinchilik qilish uchun yuborilayotgan 
yangi to‘daga uning o‘rniga Koimbra bosh bo‘lib ketdi.
Negoro safarga jo‘nashi oldidan missis Ueldon 
to‘g‘risida Alvetsga ancha o‘git-nasihatlar qildi. U missis 
Ueldonni juda hushyor bo‘lib saqlashni maslahat berdi
chunki Gerkulesga nima bo‘lgani hozircha ma’lum emas 
edi. Basharti, pahla von negr xatarli o‘rmonlarda halok 
bo‘lmagan bo‘lsa, u hech shak-shubhasiz, asirlarni Al-
vetsning qo‘lidan qutqazib olishga harakat qilib ko‘radi.
Qul savdogari katta daromadni qo‘ldan boy bermaslik 
uchun nima qilish kerakligini juda yaxshi tushunib oldi. 
U o‘zimga qanday ehtiyot bo‘lsam, missis Ueldonni ham 
xuddi shunday ehti yot qilib asrayman, dedi.
Asirlikda kun o‘tkazish doim bir xilda va juda ko‘ngilsiz 
edi. Qo‘rg‘ondagi hayot oddiy negr shahridagi hayotdan 
hech bir farq qilmas edi. Alvets o‘z qo‘rg‘onida Kazonde 
aholisining urf-odatlariga qattiq amal qilar edi. Shahar-
dagi ayollar nima ish qilsa, qo‘rg‘ondagi ayollar ham shu 
ishlarni bajarar edi. Ular no‘xat bilan manioka ekadilar, 
qo‘l tegirmonda jo‘xori maydalaydilar, zaytun daraxtiga 
o‘xshash mpafu daraxtining mevasidan yog‘ chiqazadi-
lar, ovqat pishiradilar, banan mevasi bilan asaldan pivo 
va o‘tkir vino tayyorlaydilar, ip eshadilar, yigiradilar, 
to‘qiydilar, uy hayvonlari bi lan parrandalarni boqadilar 
– qisqasi, ro‘zg‘orning hamma ishlarini qiladilar.



Download 2,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish