341
«O‘n besh yoshli kapitan»
Odamlarning kayfi birpasda o‘zgardi. Undan
o‘zimizning jodugarlarimiz tuzuk ekan deb, hamma
mganngaga xo‘mrayib qaray boshladi. Malika qovog‘ini
soldi, demak, sehrgar kamida ikki qulog‘idan
ajralishi
turgan gap edi. Olomon asta-sekin unga yaqinlasha
boshladi. Musht do‘laytirganlar ham ko‘rinib qoldi. Yana
birpas shunday tursa, mgannga musht tagida qolib
ketardi, lekin shu paytda bir hodisa yuz berib, hamma-
ning alami boshqa tomonga ko‘chdi.
Hammadan besh qarich baland bo‘lgan mgannga
birdaniga qo‘lini qo‘rg‘on tomonga uzatib, nimanidir imo
qilib ko‘rsatdi. Ishora haybatligidan ham ma o‘sha yoqqa
burilib qaradi.
Missis Ueldon bilan Jek bu g‘avg‘oni eshitib, tashqa-
riga chiqishgan ekan. Mgannga chap qo‘li bi lan ularni,
o‘ng qo‘li bilan osmonni ko‘rsatar edi.
Ofatning sababi o‘shalar ekan-da! Oq tanli ayol bilan
uning o‘g‘li ekan-a! Hamma balo-qazolar o‘shalardan
ekan! Bulutlarni o‘shalar chaqirtirgan ekan! Kazondeda
ocharchilikni o‘shalar tug‘dirgan ekan!
Mgannga
hech nima demasa ham, hamma uni tu-
shundi.
Malika Muana jahl bilan qo‘lini missis Ueldon tomonga
uzatdi. Olomon to‘s-to‘polon qilib, becho ra ayol tomonga
tashlandi.
Missis Ueldon endi ajali yetganiga ishondi. U Jekni
bag‘riga bosib, quturgan xalq oldida haykal singari qotib
qolgan edi.
Mgannga unga qarab kelaverdi. Yovvoyilar mgannga
ofatning sababini topdi, endi buning chorasini ham
ko‘rsa kerak, deb unga yo‘l berishdi. Asirlarni o‘z jonidan
qimmat ko‘rgan Alvets
ham nima qilarini bilmasdi, unga
qarab qadam bosdi.
Mgannga kichkina Jekni onasining qo‘lidan yulib olib,
go‘yo jinlarning rahmini keltirish uchun uni yerga urib
o‘ldirmoqchi bo‘lganday, osmonga ko‘tardi.
342
Jyul Vern
Buni ko‘rgan missis Ueldon faryod qilib, hushidan
ketib yerga yiqildi.
Bu choq mgannga malikaga bir nima ishora qil di,
malika ham buni aftidan tushundi, shundan so‘ng
mgannga bechora ayolni yerdan ko‘tarib olib, o‘g‘li bilan
birga nariga olib ketdi. Hayratda qol gan olomon ta’zim
qilib, unga yo‘l berdi.
Alvetsning joni chiqay deb qoldi. Bir asiridan mahrum
bo‘lib, yana ikkitasini o‘z ko‘zi oldida berib yuborib, «to‘lov»
pulidan quruq qolsinmi? Hech-da, butun Kazonde to‘fon
ostida qolib ketadigan bo‘lganda ham, bunga aslo rozi
bo‘lmaydi!
U bu o‘g‘rilikka to‘sqinlik qilmoqchi edi, biroq xalq
g‘azabi unga ko‘chdi. Malika Alvetsni qamoqqa olishga
buyurdi. Qul savdogari esa qarshi lik ko‘rsatishning
oqibati yomon bo‘lajagini bilib, jim bo‘lib qoldi. Ammo
u malika Muananing yo‘q-borga
ishonuvchi odamlarini
ich-ichidan toza so‘kdi.
Yovvoyilar chindan ham ofat tug‘diruvchi bu oq tanli
odamlar bilan birga bulutlar ham ketsa kerak, deb ishonar
edilar. Ular mgannga begona odamlarning qonini to‘kish
bilan jinlarni yuvoshlantirib, xalqni ofatga solgan bulutlar-
ni Kazondedan haydab yuborarkan, deb ishongan edilar.
Mgannga esa ikki echki bolasini kattakon og‘zida be-
malol tishlab ketayotgan arslon singari, o‘z
qurbonlarini
ikki qo‘ltig‘iga qistirib ketaver di. Kichkina Jek qo‘rqqa-
nidan titrardi. Missis Ueldon esa hali ham behush edi.
Quturgan olomon sehrgar ketidan bir qadam ham qolmay
ergashib boraverdi.
Mgannga qo‘rg‘ondan tashqariga chiqdi, keyin Kazon-
deni kesib o‘tib o‘rmon ichiga kirdi-da, boyagicha kat-
ta-katta qadam tashlab, uch mildan ortiqroq yo‘l bosdi.
Yovvoyilar asta-sekin orqada qola boshladilar. Axiri ular
mgannga yolg‘iz o‘zi qolmoqchi ekan, deb o‘ylashdi-da,
qolganlari ham orqaga qaytib ketishdi.
Mgannga esa yurib-yurib
shimol tomonga qarab tez
oqayotgan bir daryo labiga kelib to‘xtadi. Bu yerda u tor-
343
«O‘n besh yoshli kapitan»
gina qo‘ltiq ichiga odam ko‘rmaydigan qilib chakalakzor
orasiga yashirib qo‘yilgan bir qayiqni sudrab chiqdi.
Soqov mgannga yuklarini qayiq ichiga joylashtirdi-da,
qayiqni qirg‘oqdan asta itarib yubor di. Suv qayiqni tez
oqizib ketganidan keyin u ba land ovoz bilan:
– Kapitan, marhamat, missis Ueldon bilan Jek kelishdi!
Endi oq yo‘l bo‘lsin! Ana endi osmondagi hamma bulutlar
bu ahmoqlarning boshiga do‘l berib yog‘aversin! – dedi.
Do'stlaringiz bilan baham: