Jyul Vern, «O‘n besh yoshli kapitan». «Yangi asr avlodi»



Download 2,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet136/151
Sana12.04.2022
Hajmi2,35 Mb.
#544954
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   151
Bog'liq
4 On besh yoshli kapitan roman

O‘n yettinchi bob
DARYO OQIMI BILAN
Bu so‘zlarni Gerkules aytdi. Jodugar qiyofasiga kirib 
olgan pahlavon, kapitan deb Dik Sendga gapirmoqda. 
Yigit qayiq ichida yotardi. U hali juda darmonsiz edi. 
Yangi keluvchilarni ko‘rish uchun Benedikt tog‘aning 
yordami bilan yotgan joyidan turib o‘tirdi. Dingo olimning 
oyoq tomonida o‘tirardi.
Missis Ueldon biroz o‘ziga kelib, ohistagina:
– Dik, senmisan? Sen-a?.. – dedi.
Yigit o‘rnidan turmoqchi edi, ammo missis Ueldon uni 
o‘z quchog‘iga oldi. Kichkina Jek ham chopib kelib Dik 
Sendni quchoqlab o‘pa boshladi.
– Voy akam-ey, voy Dik aka, akajonim-ey! – deb 
takrorlardi bola. Keyin u Gerkulesga qarab: – Men seni 
tanimabman-a! – dedi.
– Toza tomosha bo‘ldi-da! – deb kuldi Gerkules.
Shundan keyin u ko‘kragidagi loylarini tozalay boshladi.
– Juda xunuksan-ku! – dedi kichkina Jek.
– Bo‘lmasam-chi. Shayton bo‘laman-u, chiroyli bo‘la-
manmi?
– Gerkules! Do‘stim! – deb qo‘lini uzatdi dovyurak 
negrga missis Ueldon.
– U meni ham qutqazdi. Lekin bu to‘g‘rida gapirgisi 
kelmaydi, – dedi Dik Send.


344
Jyul Vern
– Bu to‘g‘rida gapirish hali erta! – deb javob qaytardi 
Gerkules. – Agar sizning qayerdaligingizni janob Benedikt 
aytmaganida, missis Ueldon, biz hech narsa qilolmasdik.
Benedikt tog‘a qo‘ng‘iz quvlab o‘rmon ichida yurganida
unga Gerkules hujum qilgan edi. Agar u bo‘lmaganida qul 
savdogari missis Ueldonni qayerda qamoqda saqlayot-
ganini Dik bilan Gerkules bilmagan va jodugar qiyofasiga 
kirib Kazondega bo rish fikri Gerkulesning xayoliga ham 
kelmagan bo‘lar edi.
Qayiq suv oqimi bilan suzib ketaverdi. Gerkules 
Kuanze daryosi bo‘yidagi lagerdan qochib ketganidan beri 
boshidan nima voqealar o‘tgan bo‘lsa hammasini missis 
Ueldonga gapirib berdi. U missis Ueldon bilan Jek tush-
gan zambil ketidan ergashib boraveribdi. Keyin yarador 
Dingoni topib olibdi-da, undan Dikka xat yuboribdi. Din-
go bilan ikkovi Kazondega yetib olibdi. Benedikt tog‘ani 
o‘rmonda tasodifiy uchratib qolganidan keyin, Gerkules 
qo‘rg‘onga kirmoqchi bo‘lgan ekan, biroq soqchilar yaxshi 
qo‘riqlagani sababdan, kira olmabdi. Shundan keyin u 
asirlarni qutqazish uchun boshqacha yo‘l o‘ylab topibdi.
Bu voqea shunday bo‘libdi: Gerkules qo‘rg‘onda ni-
malar bo‘layotganini kuzatib va ichkariga kirish uchun 
qulay fursatni poylab o‘rmonda yurgan ma halda, uning 
yonidan bir mgannga o‘tib qolibdi. Bu Kazonde aholisi 
toqatsizlik bilan kutayotgan haligi shimoliy jodugarning 
o‘zginasi edi. U ko‘p o‘ylab-netib turmasdan, mgannga-
ga hujum qilibdi, usti dan kiyim-boshi bilan bezaklarini 
yechibdi-da, ularni darrov kiyib olibdi. Keyin uni lian 
o‘simligi bilan daraxtga hech kim yecholmaydigan qilib 
mahkam bog‘lab qo‘yib, uning oldida turib, o‘zini xuddi 
unga o‘xshatib yasantiribdi. Gerkules bu ish ni bir necha 
soatda bajaribdi. Endi yovvoyilarning yo‘q-bor narsalarga 
darrov ishonaverishlari natijasida yomg‘irni haydaydigan 
sehrgarlik ishlari ham juda ustalik bilan bajarildi.
Missis Ueldon Gerkulesning Dik Send to‘g‘risida hech 
narsa aytmaganiga e’tibor qildi.
– Sen-chi, Dik? – deb so‘radi u.


345
«O‘n besh yoshli kapitan»
– Men, missis Ueldon, sizga hech narsani aytib berol-
mayman, – deb javob qaytardi Dik. – Mening butun xayo-
lim siz bilan Jekda edi!.. Ustunga bog‘langan lianlarni 
uzishga harakat qil dim-u, lekin uddasidan chiqolmadim. 
Suv meni ko‘mib, boshimdan oshib ketdi... Hushdan 
ketdim... Bir vaqt o‘zimga kelib ko‘zimni ochsam, papirus 
o‘simligi orasida yotibman. Gerkules esa jon kuydirib 
meni parvarish qilmoqda ekan...
– Bunda ajab qolarlik hech narsa yo‘q! – dedi Gerku-
les. – Men jodugar tabib bo‘lib olgandim.
– Gerkules, – dedi missis Ueldon, – siz Dikni qanday 
qutqazganingizni gapirib berishingiz kerak.
– Uni men qutqazibmanmi? – dedi azamat Gerkules. – 
Eski havzaga oqib tushayotgan suv to‘lqini Dik bog‘langan 
ustunni qulatib yuborib, oqizib kelmadimikan? Men uni 
suvdan ushlab oldim, xolos. Qorong‘ida o‘limga hukm 
qilingan odamlar orasiga kirib olish qiyin ishmi? Keyin 
ustun yoniga suzib borib, unga bog‘langan kapitan bi lan 
birga ustunni sug‘urib olish og‘ir ishmi? Bu ish hech gap 
emas. Buni har kimam qila olardi. Mana, masalan, janob 
Benediktni olaylik... yoki Dingoni! Haqiqatan ham, Dingo 
qilmadimikan bu ishni?
O‘z nomini eshitgan Dingo dumini likillatib, vovillab 
qo‘ydi.
Jek Dingoning katta boshini quchoqlab, u bilan ga-
pirisha boshladi.
– Dingo, Dik akamni sen qutqazdingmi? – deb so‘radi-da, 
«yo‘q» deb aytgin deganday qilib boshi ni chayqattirdi.
– Dingo «yo‘q» deyapti-ku, – dedi Jek. – Gerkules 
ko‘ryapsanmi, qutqazgan u emas ekan-ku. Aytsang-chi, 
Dingo, kapitan Dikni Gerkules qutqazdimi, a?
Jek tushmagur bu safar itni «ha» deganday qilib, 
boshini egishga majbur qildi.
– Dingo «ha» deyapti! Demak, qutqazgan o‘zing ekan-
san-ku! – dedi Jek Gerkulesga qarab.



Download 2,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish