Jyul Vern, «O‘n besh yoshli kapitan». «Yangi asr avlodi»



Download 2,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet112/151
Sana12.04.2022
Hajmi2,35 Mb.
#544954
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   151
Bog'liq
4 On besh yoshli kapitan roman

Muallif izohi).
Janubiy Afrikada yevropaliklar fillarni va boshqa hayvonlarni 
vahshiyona ov qilib yuborganliklari orqasida bu qit’ada hayvonlar 
ancha kamayib ketgan. Shunga qaramasdan, boshqa qit’alarga 
nisbatan Afrikada hali ham yovvoyi hayvonlar juda ko‘p.


283
«O‘n besh yoshli kapitan»
o‘rniga yuradi. Odamxo‘r qabilalar uchun odam tishlari 
bir qadar qimmatga ega ekan. Yarmarkada bo‘yniga odam 
tishlaridan tizma munchoq osib yuruvchi yerliklarni ham 
ko‘rish mumkin. Ular o‘sha tishlarning egasini o‘zlari 
yegan bo‘lsalar kerak. Ammo keyingi yillarda bu xil pullar 
iste’moldan chiqa boshladi.
Yarmarka kunida bozor maydoni ana shu taxlitda edi. 
Tush paytida savdo shunday qizishib ketdiki, undagi 
shov-shuvlar odamni garang qilar edi. Molini xaridorlarga 
o‘tkazolmay turgan savdogar larning alamini so‘z bilan 
tasvirlash qiyin, moliga necha baravar oshiq so‘raganlari 
uchun xaridorlarning qattiq g‘azabi kelganini ham aytib 
tugatish qiyin. Bunday alamzada odamlar orasida har 
qayer da yoqalashishlar boshlanar, lekin ularni ajratadi-
gan odam topilmas edi.
Tush paytidan keyin Alvets, sotilmoqchi bo‘lingan 
qullarni bozorga olib chiqilsin, deb buyruq ber di. Shun-
dan keyin maydondagi olomon yana bir-ikki mingga 
ko‘paydi. Bu bechoralarning ko‘plari necha oylab barak-
da yotgan edilar. Uzoq dam olish va to‘yib ovqat yeyish 
natijasida bu «mollarning» ko‘rinishi yaxshilanib, qiymati 
oshgandi. Yangi kelganlari esa, juda zaif va oriq edilar. 
Agar Alvets bularni ham bir-ikki oy barakda saqlaga-
nida, an chagina qimmatroqqa sotgan bo‘lar edi. Ammo 
qullarning bozori chaqqon bo‘lganidan, qul savdo gari o‘zi-
da bo‘lgan hamma «molni» bozorga chiqaradigan bo‘ldi.
Bu hol Tom bilan uning sheriklari uchun juda yomon 
bo‘ldi. Xavildorlar ularni ham maydondagi boshqa qullar 
yoniga haydab kelishdi.
To‘rttalasi ham ilgarigicha kishanda edi. Ularning 
ko‘z qarashlaridan juda g‘azablanganliklarini ko‘rish 
mumkin edi.
– Dik Send bu yerda yo‘q-ku! – dedi Bat, bu tun may-
donga ko‘z yugurtirib chiqib.
– Bu ma’lum narsa. Ular Dikni qul qilib sotolmay-
dilar-da, – deb javob qaytardi Akteon.


284
Jyul Vern
– Ammo ular Dikni o‘ldiradilar, albatta o‘ldiradilar! – 
dedi Tom. – Bizlar-chi... ham mamiz bir odamga sotilsak 
yaxshi bo‘lar edi... Ishqilib, bir-birimizdan ajralishmaylik!
– Oh, otajonim-ey, sizdan ajralishimni o‘ylasam, de-
vona bo‘laman... Siz... qarisiz... qul bo‘lib qolasiz... – deb 
yig‘ladi Bat.
– Yo‘q, o‘g‘lim, – dedi Tom. – Ular bizni ajratmasalar 
kerak. Balki bizlar bir balo qilib...
– Gerkules ham bizlar bilan bo‘lganida edi! – dedi Akteon.
Ammo pahlavondan hech qanday darak yo‘q edi. Dik-
ka xat yuborgandan beri undan hech dom-darak bo‘lma-
di. Gerkulesga havas qilsa arzirmikan-a? Albatta! Hatto 
u o‘lgan bo‘lsa ham yaxshiroq! Chunki u o‘zini himoya 
qilib, ozod kishi sifatida o‘lgan bo‘ladi. Chunki u qullik 
kishanining bergan azoblarini ham bilmaydi!
Shu paytda savdo boshlanib ketdi. Alvetsning agentlari 
bir olomon erkak, ayol va bolalarni bozorga olib chiqishdi. 
Eri xotinidan, otasi o‘g‘lidan yo ki onasi qizidan ajralgani 
bilan ularning ishi yo‘q edi. Bu odamlar uchun qullar uy 
hayvoni kabi bir narsa edi, xolos...
Tom bilan uning sheriklarini bir xaridor oldidan ikkin-
chisi oldiga olib o‘tib yurdilar. Oldinda borayotgan agent 
ana shu qullar uchun Alvets tomonidan belgilangan ba-
honi baqirib aytib turdi. Arab savdo garlari bilan markaziy 
viloyatlardan kelgan metislar «molning» yaqiniga kelib 
uni yaxshilab ko‘rar edi lar. Ular Tomning yosh sheriklari 
Zambezi yoki Lualaba daryosi bo‘yidan haydab kelingan 
negrlarga o‘xshamaganini ko‘rib juda hayron bo‘ldilar. Ular 
bo‘y va jismoniy jihatdan ancha ustun turar edilar. Shu-
ning uchun ularning narxi baland bo‘lib, ot jalloblar singari 
ularning mushak etlarini siypalab ko‘rar, har tomonini 
aylantirib qarar va og‘iz ichlarini tekshirib ko‘rar edilar. 
Ular qullarning chopqirligini tekshirib ko‘rish uchun yo‘lga 
tayoq uloqtirib, uning ketidan chopishga buyurardilar.
Har bir qulni shu xilda tekshirib sinovdan o‘tka-
zardilar. Hech kim bunday xo‘rlikdan ozod qilinmasdi. 
Bechora qullar, bunday muomalaga ham beparvo qa-


285
«O‘n besh yoshli kapitan»
rasalar kerak, deb o‘ylash, albatta, xato bo‘ladi! Insonlik 
sha’nini masxara qilganlari uchun ularga alam qilar va 
uyat ko‘rinar edi, faqat bolalargina o‘zlarining masxara 
qilinayotganliklarini tushunmas edilar.
Qullarni haqorat qilar va qattiq urar edilar. Koimbra 
bilan Alvetsning agentlari mast bo‘lib olib, qullarga hay-
vondan beshbattar muomala qi lardilar. Ehtimol, ularni 
fil suyagi, surp va marjon baravariga sotib olgan yangi 
xo‘jayinnikida qullarning holi yana og‘irroq bo‘lar...
Qul savdogarlari erini xotinidan va onasini bolasidan 
ajratib yuborgan mahalda, ularga xayrlashish uchun 
ham erk bermas edilar. Bechora qullar esa yarmarkadan 
keyin bir-birlarini umrbod ko‘rmaydigan bo‘lib ajralishib 
ketar edilar.
Qul savdosida shart shundayki, erkak qullar bi lan 
savdo qiluvchilar ayol qullarni sotib olmaydilar. Qul 
ayollarga, aksari, ko‘p xotin olish rasm bo‘lgan Sharq mu-
sulmonlari orasida xaridori ko‘p bo‘ladi. Shuning uchun 
ayol qullarni Afrikaning shimoliga jo‘natadilar. Erkak 
qullarni esa Ispaniyaning mustamlakasi bo‘lgan Maskat 
bilan Madagaskardagi og‘ir ishlarda ishlatadilar. Shuning 
uchun erkak qullarni g‘arbiy yoki sharqiy qirg‘oqqa olib 
ketadilar, er bilan xotinning ajralishi manzarasi juda 
ayanchli bo‘ladi, chunki bu ajralish abadiy bo‘lib, ular 
o‘lguncha bir-birlari bilan ko‘risha olmaydilar.
Tom bilan uning sheriklarining aytganlari bo‘ldi; 
ularning hammasini bir odamga sotishdi. Bu to‘rt negrga 
xaridor ko‘p edi. Ujijidan kelgan bir necha savdogar ular 
tufayli bir-birlari bilan urishib qolishdi. Xoze-Antonio 
Alvets xursand bo‘lganidan qo‘llarini ishqalar edi. Ameri-
kaliklarning bahosi osha boshladi. Kazonde bozorida shu 
mahalgacha ko‘rilmagan bunday xizmatkorlar uchun 
xaridorlar bir-birlari bilan yoqalashay deb qolishdi. Al-
vets, al batta, ularni qanaqa qilib qo‘lga tushirganini xari-
dorlarga aytmasdi, Tom bilan uning sheriklari esa yerlik 
tilni bilmaganlari uchun hech narsa deyolmas edilar.


286
Jyul Vern
Axiri ularni bir boy arab savdogari sotib oldi. Yangi 
xo‘jayin bir necha kundan keyin ularni avval Tanganayka 
ko‘liga va undan Zanzibar tomonlarga jo‘natmoqchi edi.
Ular u yoqqa eson-omon yetib borarmikan? Ular Af-
rikaning eng xatarli va eng yomon yo‘llaridan yurib, bir 
yarim ming mil yo‘l bosishlari kerak edi-da.
Keksa Tomning darmoni yetarmikan bunga? Yoki u ham 
Nan kampir singari, yo‘lda holdan toyib o‘lib qolarmikan-a?..
Harholda bu to‘rttala sherik bir-birlaridan ajralishma-
di! Shuning uchun ularga solingan og‘ir kishanlar ham 
yengillashganday bo‘lib ketdi.
Yangi arab xo‘jayin sotib olgan qullarni alohida barak-
ka joylashtirishni buyurdi. U Zanzibar bo zorida katta 
foyda olishi mumkin bo‘lgan bu «mollarni» yaxshi saqlash 
g‘amida edi.
Tom, Bat, Ostin va Akteonlarni o‘sha zahotiyoq may-
dondan olib chiqib ketishdi. Shuning uchun ular Ka-
zonde yarmarkasining qanday falokat bilan tugaganini 
na ko‘roldilar va na eshitoldilar.

Download 2,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish