Jyul Vern, «O‘n besh yoshli kapitan». «Yangi asr avlodi»



Download 2,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet109/151
Sana12.04.2022
Hajmi2,35 Mb.
#544954
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   151
Bog'liq
4 On besh yoshli kapitan roman

275
«O‘n besh yoshli kapitan»
Alvets yonidagi odamlar orasida Gerris bilan Negoroni 
ko‘rmaganidan Dik Sendning hafsalasi pir bo‘ldi.
Shu paytda karvon boshi Ibn Homis Alvets va Koim-
bra bilan qo‘l berib ko‘rishdi. Katta xo‘jayinlar uni safar-
ning yaxshi tugashi bilan qutladilar. Ammo karvondagi 
qullarning yarmi halok bo‘ldi de gan xabarni eshitgan Al-
vets biroz xo‘mrayib qo‘ydi. Umuman olganda ish yomon 
bo‘lgan emas edi: baraklardagi «qora badan mollar» bilan 
birga ichki bozorga yetarli miqdorda Alvetsda anchagina 
boshqa qullar ham bir edi. U qullar evaziga qancha fil 
suyagi bilan mis olishi mumkinligini xayolida hisoblab 
ko‘rganidan keyin kayfi ham joyiga kelib qoldi.
Qul savdogari nazoratchilarga tashakkur bildir di va 
darrov hamollarga ish haqi to‘lashni buyurdi.
Xoze-Antonio Alvets bilan Koimbra portugal-afrikan 
shevasida gaplashar edilar. Bu tilga Dik bir yoqda tursin, 
hattoki Lissabon shahrida tug‘ilib o‘sgan kishining tushu-
nishi ham gumon edi. Ammo Dik bu eng katta «xalqaro» 
savdogarlar u bilan sheriklari to‘g‘risida gaplashayotgan-
liklarini fahmladi. O‘smirning taxmini to‘g‘ri chiqdi: xavil-
dorlardan biri Ibn Homisning ishorasi bilan Tom, Ostin, 
Bat va Akteonlar qamab qo‘yilgan hujra tomon jo‘nadi.
To‘rtta amerikalik negrni Alvetsning oldiga olib ke-
lishdi.
Dik Send asta pisib ularga yaqinroq keldi.
Amerikalik negrlarning baquvvat odamlar ekanini 
ko‘rgan Alvets jilmayib qo‘ydi. Bir necha kun dam oldirib, 
yaxshi ovqat berib boqilsa, bular asli holiga qaytishi mum-
kin edi. U Tomga ko‘z qirinigina tashlab qo‘ydi: Tomning 
keksaligi uning qiymatini pastga urar edi. Ammo qolgan 
uchtasini yaxshi bahoga sotish mumkin edi.
Qul savdogari amerikalik Gerrisdan o‘rgangan bir 
qancha inglizcha so‘zlarni yodiga keltirib, o‘zining yangi 
qullarini omon-eson yetib kelganlik bilan kesatib qutladi.
Tom Alvets tomonga bir qadam tashladi-da, un ga o‘zi 
bilan o‘rtoqlarini ko‘rsatib:


276
Jyul Vern
– Bizlar ozod odamlarmiz... Qo‘shma Shtatlarning 
fuqarolarimiz! – dedi.
Alvets buni tushundi shekilli, kulimsiraganday bo‘lib 
bosh silkidi:
– Ha, ha... amerikaliklar-a!.. Xush kelibsizlar!.. Mar-
hamat, – deb javob berdi.
– Marhamat! – deb takrorladi Koimbra uning ketidan.
Shu so‘zlarni aytgandan keyin u Ostinning oldiga 
keldi-da, xuddi yarmarka bozorida ot tanlayotgan kishi 
singari uning qo‘l, ko‘krak hamda yelkalarini siypalab 
ko‘ra boshladi. Ammo Koimbra hamma tishlari butunmi 
deb Ostinning og‘zini ochib ko‘rmoqchi bo‘lgan edi. Ostin 
uni mushti bi lan shunaqangi bir soldiki, u mayor o‘g‘li 
bo‘lib bunaqangi kaltakni umrida yemagan bo‘lsa kerak.
Alvetsning sirdoshi o‘n qadam nariga borib tushdi. Qul 
savdogari Koimbraning atigi olti tishidan ikkitasi sinib 
tushganini ko‘rib, qotib-qotib kuldi.
Bir necha askar kelib Ostinga yopirildi. Agar Alvets 
askarlarni to‘xtatib qolmaganida, bu ishi uchun Os-
tinning holi xarob bo‘lardi: qul savdogari qimmatbaho 
«molni» askarlar mayib qilib qo‘yishini istamas edi.
U g‘azabi kelgan Koimbrani bosib qo‘ydi. Koimbra 
zo‘rg‘a o‘rnidan turib qul savdogari yonidagi joyiga borib, 
Ostinga mushtini ko‘rsatib qo‘ydi.
Shu paytda xavildorlar Dik Sendni Alvetsning oldiga 
itarib yubordilar. Qul savdogari bu yigitning kimligini, 
uning qanday qilib Angolaga kelib qolganini hamda Ibn 
Homis karvoniga qanday qilib asir tushib qolganini bilar 
edi, shekilli. U Dikka xo‘mrayib bir qaradi-da, inglizchalab:
– Aha, kichkina yanki
42
-ku, – dedi.
– Ha, yankiman! – deb javob qaytardi Dik Send. – 
Xo‘sh, yo‘ldoshlarim bilan meni nima qilmoqchi bo‘lasiz?
– Yanki, yanki! Kichkina yanki, – deb takrorladi Alvets.
U Dikning savoliga yo tushunmadi, yo bo‘lmasa unga 
javob qaytarishni istamadi. Dik o‘z savolini takrorladi. 
42
Yanki – AQSHda yashovchi amerikaliklarning laqabi.


277
«O‘n besh yoshli kapitan»
U qul savdogarining javob qaytarishga tobi yo‘qligini 
ko‘rib va Koimbrani yevropalik deb bilib, savolini unga 
berdi. Biroq Koimbra mushtini ko‘rsatdi-da, ichkilikdan 
shishinqiragan basharasini teskari o‘girib oldi.
Shu paytda Alvets Ibn Xomis bilan shoshib-pishib 
gaplash moqqa boshladi. Ular Dik bilan uning sheriklari 
to‘g‘risida gaplashayotgan bo‘lsalar ke rak. «Kim bilsin, 
– deb o‘yladi Dik, – Alvetsning niyati qanaqa ekan? 
U bechoralar bilan bir ko‘rishib, yana gaplasha olar-
mikinman?»
– Do‘stlarim, menga quloq solinglar, – dedi u sekin, 
go‘yo o‘z-o‘zi bilan gaplashganday qilib, – Gerkules men-
ga Dingodan xat yuboribdi. Do‘stimiz karvon ketidan 
kelayotgan ekan. Missis Ueldon bi lan Jekni va Benedikt 
tog‘ani Gerris bilan Negoro olib ketib qolipti. Qayerga 
deysizmi? Bilmadim. Ehtimol ular Kazondeda bo‘lsalar 
kerak. Sabr qilinglar, bo‘sh kelmanglar, eng muhimi
paytini poylab qochinglar!
– Nan-chi, u nima bo‘ladi? – deb so‘radi keksa Tom.
– Nan o‘lib qoldi.
– Birinchi qurbon...
– Ham eng so‘nggi qurbon, – deb javob qay tardi Dik 
Send. – Bizning qo‘limizdan...
Shu onda birov o‘zining og‘ir qo‘lini yigitning yelkasiga 
qo‘yib, Dikka tanish bir ovoz bilan:
– Aha, yanglishmasam, mening yosh do‘stim siz 
bo‘lsangiz kerak-a? Sizni ko‘rganim uchun juda xur-
sandman! – dedi.
Dik Send shartta orqasiga aylanib qaradi. Uning 
ro‘parasida Gerris turar edi.
– Missis Ueldon qayoqda? – deb qichqirdi Dik.
– Ey, bechora ona! – deb javob qaytardi Gerris yolg‘on-
daka qayg‘urib, – shuncha qiyinchiliklarga chidarmidi...
– O‘lib qoldimi? – deb hayqirib yubordi Dik. – O‘g‘li-chi?
– Bechora bola, – deb xuddi boyagiday ovoz bi lan javob 
qaytardi Gerris, – qattiq azoblarga chiday olmadi...


278
Jyul Vern
Dikning dunyoda eng yaxshi ko‘rgan kishilari o‘lib-
di... Shu paytda yigitchaning qanday holga tushganini 
ko‘z oldiga keltirish qiyin bo‘lmasa ker ak. Qasos olish 
payida g‘azab bilan Gerrisga tashlandi va uning belida-
gi pichog‘ini sug‘urib oldi-da, dastasigacha Gerrisning 
ko‘kragiga sanchdi.
– La’nati! – deb qichqirdi Gerris yerga yiqilayotib.
Bu uning so‘nggi so‘zi bo‘ldi. Odamlar uning oldiga 
chopib kelganda, u o‘lib qolgan edi.

Download 2,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish