269
«O‘n besh yoshli kapitan»
ichkarisidagi odam yurolmaydigan yovvoyi viloyatlarga
jo‘nab ketar edi.
Sohil bo‘yidagi baraklar qora tanli asirlar bilan liq to‘la
edi. Afrika qirg‘oqlarini qo‘riqlab yurgan soqchi kemalarga
bir amallab chap berib o‘tib olgan qul tashuvchi kemalar
Ispaniyaning mustamlakalariga yuborish uchun deb
tayinlangan «qora badan mollarning» hammasini ham
olib keta olmas edi.
Kuanza daryosining mansabidan to‘rt
yuz oltmish
kilometr ichkarida bo‘lgan Kazonde shaharchasi Ango-
ladagi eng katta negr bozori hisoblanadi. Qullarni odatda
shaharning eng o‘rtasidagi maydonda oldi-sotdi qilina-
di. Bu yerda «mol ko‘rgazmasi» ham bor. Katta ko‘llar
tomonga jo‘naydigan karvonlar ham xuddi shu yerdan
yo‘lga chiqadi.
Markaziy Afrikaning boshqa shaharlari singari Ka-
zonde shahri ham ikki qismga bo‘linadi.
Bozor qismida
yerlik, arab va portugal savdogarlarning uylari hamma
qullar baraki joylashgan; ikkinchi qismida shu yerning
xoni turadi. Bu xon johil bir piyanista odam bo‘lib, qamchi
zarbi bilan hukm surar hamda asosan qul savdogarlari-
dan keladigan boj-xiroj hisobiga kun kechirardi.
Kazonde shahrining hamma bozori Xoze Antonio Al-
vets degan kishiga qarashli edi. Negoro bilan Gerris uning
agenti edilar. Alvetsning bosh
savdo idorasi Kazondeda
bo‘lib, Vixe bilan Kassango shaharchalarida uning sav-
do bo‘limlari bor edi. Shu aytib o‘tilgan voqealardan bir
necha yillar keyin Kameron Alvetsning savdo bo‘limida
bo‘lgan va uni tasvirlab yozgan edi.
Kazonde savdo majmui joylashgan katta ko‘chaning
ikki tomonidan «tembe» deb ataladigan tomi yassi bir
qavatli uylar tizilib ketgan edi; har bir hovlining to‘rt
burchak qilib aylantirib olingan loy devori ichi molxona
xizmatini o‘tardi. Katta ko‘chaning oxirida qullar turadi-
gan baraklar o‘rtasida katta maydon bor. Katta-katta an-
jir daraxtlari uylardan ancha baland bo‘lib o‘sib yotardi;
270
Jyul Vern
ko‘cha yuzlarida chappa qilib tikka qo‘yilgan supurgiga
o‘xshash xurmo daraxtlari o‘sgan.
Afrika shaharlarining
birdan-bir axlat tozalovchisi bo‘lgan parrandalar ko‘cha
changi ichida donlab yurishadi. Bozor maydoni man-
zarasi ana shunday edi.
Bozor maydoni yaqinidagi Kongo daryosining tarmoq-
laridan biri bo‘lgan Luxi daryosi o‘tadi.
Kazonde bozor kvartali qatorida joylashgan xon
«saroyi» bir kvadrat milga cho‘zilgan kichkina xunuk
va xaroba kulbalardan iborat edi. Ba’zi bir kulbalarni
qamish panjaralar bilan o‘rab olingan, ba’zi birlari esa
yosh anjir daraxti bilan to‘silgan. Ba’zi birlarining hech
qanday ihotasi yo‘q. Papirus o‘simligidan qilingan chetan
g‘ov ichidagi o‘ttiztacha uy alohida turibdi. Unda
xonning
qullari yashar ekan. Undan sal nariroqda xon xotinla-
rining uylari ko‘rinadi. Ularning orqasida boshqa uylarga
o‘xshash faqirona, lekin sal qattiqroq qilib solingan kul-
balardan iborat xon «saroyi» bor. Bo‘lgan-turgani shu edi.
Kazondening xoni – Muani-Lunga ellik yosh larga
kirgan edi.
Undan burun o‘tgan xonlar davrida tanazzulga yuz
tutgan davlat uning hukmronlik davrida batamom
xarob bo‘ldi. Muani-Lunganing hozir atigi to‘rt mingga
yaqin
askari bor edi, holbuki, portu galiyalik qul savdo-
garlarning yollangan askarlari yigirma mingcha edi. Endi
xon qadimgi zamonlardagi singari xudo yo‘lida har kuni
yigirma besh-o‘ttizta qulni qurbon qila olmas edi.
O‘rta yoshlardagi bu kishi ichkilikka juda berilib
ketganligi orqasida aqldan ozgan zaif, johil va tentak bir
keksa bo‘lib qolgandi. Muani-Lunga o‘lgundek
injiq odam
edi, u hamma qullarini, askar boshliqlarini hamda vazir-
larini mayib qilib qo‘ygandi: bittasining burnini kestirgan,
ikkinchisining qulog‘ini kestirgan, uchinchisining qo‘l
yoki oyog‘ini kestirgandi. Fuqarolari uning tezroq o‘lib
ketishini istar edilar.
Butun Kazondeda faqat Xoze-Antonio Alvetsgina
Muani-Lunganing o‘lishini istamas edi. Qul savdogari bu-