Jyul Vern, «O‘n besh yoshli kapitan». «Yangi asr avlodi»



Download 2,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet103/151
Sana12.04.2022
Hajmi2,35 Mb.
#544954
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   151
Bog'liq
4 On besh yoshli kapitan roman

260
Jyul Vern
Biz bu yerda Dik Sendning kundalik daftarchasidan 
parchalar keltiramiz. Buni u Kuanza daryosi bilan Ka-
zonde o‘rtasida yo‘lda yozgan edi.
«25 va 26-aprel. Bo‘yi sakkiz-to‘qqiz fut keladigan 
chakalak lar ichidagi bir qishloq yonidan o‘tdik. Yerlari-
ga jo‘xori bilan no‘xat ekishibdi. Unda yashovchilardan 
ikkitasini asir olib, kishanga solishdi. O‘sha qishloqlik 
o‘n besh kishini o‘ldirishdi.
27-aprel. Juda tez oqar, keng bir daryodan o‘tdik. 
Ko‘prigi lianalar bilan bir-biriga bog‘lab, katta daraxt-
lardan qilingan edi. Ko‘prikning ba’zi joylarida ustunlari 
yo‘q. Bir qolipga kiygizilgan ik ki ayol sirg‘anib daryoga 
tushib ketdi. Bittasining qo‘lida chaqalog‘i bor edi. O‘sha 
zamoni suv qaynab, qon aralash qip-qizil bo‘lib ketdi. 
Ko‘prik tagida timsohlar yotardi. Ehtiyot bo‘lmasang, 
to‘ppa-to‘g‘ri timsohlarning og‘ziga tushib ketasan.
28-aprel. Karvon o‘rmon ichidan yurib bordi. Bun-
da baland baugin daraxti juda ko‘p. Bu daraxtlarni 
portugaliyaliklar «Temir daraxt» deb yuritadilar. Qattiq 
yomg‘ir yog‘ayotir. Yer ho‘l bo‘lib ketdi. Yo‘l yurish juda 
og‘ir. Karvon o‘rtasida borayotgan Nan kampirni ko‘rib 
qoldim. O‘zi oyoqlarini zo‘rg‘a sudrab borayotgan bo‘lsa 
ham, kich kina negr bolani qo‘liga ko‘tarib olibdi. U bilan 
juft qilib kishanlangan qul ayol oqsab borayotir. Uning 
yelkasidagi qamchi izidan qon oqayotipti.
Kechalikka qo‘nish uchun ko‘m-ko‘k va yumshoq 
bargli, guli oppoq katta baobab daraxti tagiga joylashdik.
Kechasi arslon va qoplonlar anchagacha atrofda 
bo‘kirib yurdilar. Bir askar miltiq otib bir qoplonni o‘ldirdi. 
Bizning Gerkulesimizga nima bo‘ldikan-a?
29 va 30-aprel. Afrika «qishi»ning dastlabki alomatlari 
ko‘rindi. Qalin shudring tushdi. Yog‘ingarchilik davri 
no yabr oyida boshlanib, aprel oyining oxirlarida tugadi. 
Tekis yerlarni haliyam suv bosib yotipti. Sharqdan esa-
yotgan shamol botqoqlik bezgagini tarqatadi.
Missis Ueldon qayerda ekan? Benedikt tog‘a-chi? 
Ulardan hech darak yo‘q. Ammo ularni Kazondedan 


261
«O‘n besh yoshli kapitan»
boshqa hech yoqqa yubormasliklari kerak-ku! Ular xuddi 
o‘sha karvon yo‘li bilan bizdan oldinroq jo‘nab ketishgan 
chiqar. Juda ham tashvishlanyapman. Bu yomon joy-
larda kichkina Jek yana bezgak bo‘lib qol gan bo‘lsa-ya. 
O‘zi tirikmikin-a?..
1-6-may. Bir necha kun botqoqlikdan yurib bordik. 
Ko‘p joylarda suv to‘planib ko‘l bo‘lib qol gan. Hamma yoq 
suv, ba’zi joylarda suv beldan ke ladi... Badanga minglab 
zuluklar yopishadi. Shunday bo‘lsa ham, yuraverish 
kerak. Suvdan chiqib turgan ba’zi bir do‘nglar ustida 
papirus o‘simligi o‘sib yotipti. Botqoqlik ichida karam 
bargiga o‘xshash katta bargli qandadir suv o‘sim liklari 
bor. Odamlar uning ildiziga qoqinib, ko‘plar yiqilib ketadi. 
Dam olish uchun aksari tuzuk bir joy ham topilmaydi. 
Butun atrofni ko‘z ilg‘aydigan joygacha suv bosgan. 
Qorong‘ida yo‘l yurishga to‘g‘ri keladi. Ertaga karvondagi 
qullarning yana anchasi yo‘l-yo‘lda qolib ketadi. Qachon 
tugar ekan bu azoblar? Odamlar yiqilganlari zamon
shoshilib o‘rinlaridan turadilar. Nima uchun?.. Biroz suv 
ichida yota qolsa-ku shu azoblardan qutuladi-ya!.. Missis 
Ueldon bilan uning o‘g‘liga nima bo‘ldi ekan? Men ularni 
tashlab keta olmayman. Men hamma qiyinchiliklarga 
chidayman. Bu mening burchim!
Odamning yuragini ezib yuboruvchi qichqiriqlar eshi-
tilib qoldi!
Askarlar mumli daraxt shoxlarini sindirib olib, o‘t yoq-
dilar. Qorong‘i atrofni mash’allar xiragina yoritdi.
Boyagi tovushlarning sababi – timsohlar karvonga 
hujum qilipti. Bu vahimali jonivorlarning o‘n ikkita yoki 
o‘n beshtachasi qorong‘ida qayoqdandir birdan paydo 
bo‘lib qolib, bir necha bola bi lan bir necha ayolni suvga 
tortib ketiptilar.
Bir timsohning sirtidagi suyak tangachasi oyog‘im-
ga tegib, terisini shilib ketdi! Timsoh qolipni sindirib, 
yonimdagi bir o‘smir qulni olib ketdi. Bechora bola jon 
achchig‘ida baqirib yubor di! Uning oh-vohida naqadar 



Download 2,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish