256
Jyul Vern
aralash-quralash bo‘lib ketdi. Ayollar, o‘smirlar, erkaklar
– hammasi ara lash yurar edi. Nazoratchilar esa ayamay
qamchi bi lan urib, ularni haydab borar edilar. Qullar
orasida qo‘lida emizikli chaqalogi bo‘lgan ayollar ham
bor edi. Ba’zi bir ayollar esa, ko‘tarib yurolmaganlaridan,
qip-yalang‘och yosh bolalarini qo‘lidan sudramoqdan beri
qilib, yetaklab borar edilar.
Dik Sendning kechagina yonini olgan karvonboshi
Ibn Homis, o‘ziga topshirilgan
bu karvonni diqqat bilan
kuzatib borar edi. U goh karvonning orqasiga, goh ol-
diga o‘tib olar edi. Ibn Homis ham da uning yordamchi-
lari qullarning azob chekishi bi lan ishlari bo‘lmasa-da,
qo‘shimcha ovqat talab qiluvchi askarlar va tez-tez dam
olishni talab qilayotgan hammollar bilan hisoblashma-
salar bo‘lmasdi. Shu to‘g‘ridan ko‘pincha janjallar chiqib
turar edi. Xavildorlar o‘z alamlarini bechora qullardan
olar edilar. Askarlarning ming‘irlashi, hammollarning
shikoyati, xavildorlarning urish-so‘kish va do‘q qilgan
ovozlari, savalangan qullar ning oh-vohi yo‘l bo‘yi tinmas
edi. Karvonning ketida kelayotganlar
oldinda ketayotgan-
larning to‘kilgan qonlarini bosib borar edilar.
Shunday qilib, Dik do‘stlari bilan gaplasha olmadi,
chunki ularni karvonning oldingi qatorida alohida soqchi-
lar olib borar edi. U bechoralar juft-juft bo‘lib ketma-ket
borardilar, ularning bo‘yinturuqlari kalla qimirlatishga
ham qo‘ymas edi.
Nazoratchilar boshqa qullarning orqasiga qancha
qamchi tushirsalar, ularning orqasiga ham shuncha
qamchi tushirar edilar.
Bat otasi bilan bir juft bo‘lib oldinda borar edi. U
bo‘yin turuq Tomning bo‘ynini og‘ritmasin deb, juda
ehtiyot bo‘lib qadam bosardi.
Har zamon-har zamonda
– xavildor gapini eshitmaydigan payt to‘g‘ri kelib qolgan-
da cholga har xil gaplarni shivirlab, unga taskin berar
edi. Dadasining charchaganini fahmlab qolsa, qadamini
sekinlashtirar edi. Bechora yigit orqasiga qayrilib, dada-
siga qaray olmasdi ham. Tom o‘z o‘g‘lini ko‘rib borgani
257
«O‘n besh yoshli kapitan»
uchun xursand edi, lekin uning xursandchiligi ko‘p vaqt
burnidan
chiqar edi, chunki nazoratchi uning ko‘z oldida
Batning orqasiga qamchi bilan urib qonli izlar qoldirardi,
bu esa unga o‘zini urgandan ham battar ta’sir qilardi.
Ular ketidan bir necha qadam orqada Akteon bi lan
Ostin kelar edi. Ular ham Tom bilan Bat singari kishan-
langan va shunday kaltak yemoqda edilar. Ular Gerku-
lesday bo‘lolma ganlari uchun achinar edilar, chunki u
bunday yovvoyi joylarda qanday xavf-xatarga uchrasa
ham har holda ozod va o‘zini himoya qila olardi.
Asir bo‘lib tushgan hamon keksa Tom o‘rtoqlariga
achchiq haqiqatni bayon qildi. O‘zlarining Afrikada
ekanliklarini eshitganlaridan
keyin va ularni asir olgan
odamlar benihoya shafqatsiz ekanini hamda Gerris
bilan Negoro qul savdogar lariga sherik, xoin kishilar
ekanini bilganlaridan keyin, Bat, Akteon va Ostinlar-
ning eslari ketay deb qoldi.
Nan kampirga ham xuddi boshqa qullarga qilganday
muomala qilar edilar. U karvon o‘rtasidagi qul ayollar
bilan birga borar edi. Uni ikki go‘dagi –
bir emizikli va
biri endigina yo‘lga kirgan uch yoshli bolasi bor yoshgi-
na bir ayol bilan bir juft qilib kishanlab qo‘ygan edilar.
Uning uch yoshli bo lasini Nan kampir o‘z himoyasiga
oldi. Bechora onaning kampirga tashakkur aytishga
ham majoli yo‘q edi. U kampirga ko‘z yoshlarini oqizib
bir qadam qo‘ydi, xolos. Bola kattalar ketidan chopib
yetolmas va agar Nan uni qo‘liga ko‘tarib olmasa, uzoq
yo‘lda o‘lib qolishi ham turgan gap edi. Bu bola kampir
uchun og‘ir bir yuk edi va tezda holdan toyib ko‘tara
olmay qolaman deb qo‘rqardi. Kichkina negr bolani
ko‘tarib
ketayotib, kampir Jek to‘g‘risida ham o‘ylanar-
di. U: «Bola onasining qo‘lida ketayotgandir», deb xayol
qilar edi. Bechora onasi-ey, uning holi nima kechdi
ekan!.. Jek kasal bo‘lganida anchagina ozib qolgan
bo‘lsa ham, lekin nozikkina missis Ueldon uchun bola
har holda og‘ir yuk edi. Hozir missis Ueldon qayerda