Jyul Vern, «O‘n besh yoshli kapitan». «Yangi asr avlodi»



Download 2,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet97/151
Sana12.04.2022
Hajmi2,35 Mb.
#544954
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   151
Bog'liq
4 On besh yoshli kapitan roman

Yettinchi bob
KUANZA DARYOSI BO‘YIDAGI LAGER
Qirchumolilar shahri turgan pasttekislikni suv bos-
gandan keyin tevarak-atrof manzarasi butunlay o‘zgarib 
ketdi. Bu g‘alati ko‘l ichida bir necha qirchumoli gumbaz-
larining uchli tepaliklarigina ko‘rinib turar edi.
Qattiq sel natijasida Kuanza daryosining hamma 
shoxobchalari toshib ketib, kechasi kuchli toshqin 
bo‘libdi.
Angolaning eng katta daryolaridan biri bo‘lgan Kuanza 
daryosi «Piligrim» halokatga uchragan joydan taxminan 
yuz mil narida Atlantika okeaniga quyiladi.
Dik Sendning shimol tomonda kema qatnaydigan 
katta daryo bo‘lishi kerak deb, qilgan taxmini to‘g‘ri edi. 
O‘z otryadini boshlab kelgan yo‘lidagi soy to‘ppa-to‘g‘ri 
Kuanzaga borib quyilar edi. Agar yerliklar to‘satdan 
hujum qilib qolmaganda, Dik Send qirchumolilar sha-
harchasidan bir milcha naridan bu daryoni topar edi. U 
mahalda otryad birpasda sol yasab, daryoda suzib yo‘lga 
tushardi-da, daryoning etagidagi Portugaliya bekatlariga 
be malol yetib olgan bo‘lardi. U yerlarga tez-tez paroxodlar 
ham kelib turadi va shunda sayyohlar xavf-xatardan 
qutulgan bo‘lar edilar.
Biroq, taqdirlari bo‘lgancha bo‘ldi.
Dik ko‘rgan yerliklar lageri sal bo‘lmasa sayyohlarning 
mozoriga aylanay degan qirchumoli gumbazi yaqinidagi 
bir adirga joylashgan edi. Adirning cho‘qqisida kattakon 


247
«O‘n besh yoshli kapitan»
bir anjir daraxti o‘sib yotardi. Uning har tomonga tarva-
qaylagan shoxlari tagiga bemalol besh yuz kishi sig‘ar 
edi. Afrikadagi bunday katta daraxtlarni o‘z ko‘zi bilan 
ko‘rmagan kishi ularning qanday katta ekanligini ko‘z 
oldiga keltirolmaydi.
Anjir daraxti soyasiga katta bir qullar karvoni kelib 
joylashgandi, Gerrisning Negoroga aytgan karvoni shu 
edi. Alvets degan qulfurushning agenti bu qullarni 
markaziy qullar bozori bo‘lgan Kazondega haydab 
olib kelmoqda edi. U yerdan bu bechoralarni g‘arbiy 
qirg‘oqdagi baraklarga yoki Katta ko‘llar o‘lkasidagi 
Nyangvega yuborar edi lar. Nyangveda yangi karvonlar 
tuzilib, ular shimolga, ya’ni Misrga yoki sharqqa – Zan-
zibarga yuborilardi.
Lagerda Dik Sendning yo‘ldoshlariga boshqa qullar-
ga o‘xshash muomala qilindi. Nan kampir, Tom, uning 
o‘g‘li Bat, Ostin va Akteonlarni juft-juft qilib, har bir 
juftga uzunligi olti fut keladigan alohida ayri yog‘och 
kiygizdilar. Bo‘yinni mahkam qisib turadigan ayrining 
ikki uchiga temir band kiygizib mahkamladilar. Bo‘yin-
lari qattiq siqilgan qullar hech qayoqqa qaray olmas-
dan, ketma-ket yurishga majbur edilar. Bu yog‘ochdan 
tashqari bechoralarning juft-juft qilib oyoqlariga kishan 
solib, uni qullarning bellariga bog‘lab qo‘yar edilar. Qul-
lar bo‘sh qolgan ikki qo‘li bilan og‘ir yuk ko‘tarardi, ikki 
oyog‘i bilan yurardi, lekin hech qayoqqa qocholmaydi... 
Ana shunday holda ular jazirama oftobda, xavildor deb 
ataladigan johil nazoratchining qamchisi ostida yuzlab 
mil yo‘l yurishlari kerak edi.
Hozirgina bo‘lib o‘tgan jangda charchagan Dik va uning 
sheriklari ortiq qarshilik ko‘rsatmadilar. Nega Gerkules 
bilan qochib ketishmadi ekan? Ammo qochib ketgan 
pahlavonni bu yovuz mamlakatda nimalar kutadi? Bu 
dahshatli mamlakatda uni ochlik, yirtqich hayvonlar va 
yovvoyi yerliklar kutadi, xolos. Ehtimol, tez orada u ham 
sheriklari bilan qullikka tushmaganiga koyinsa ajab emas.


248
Jyul Vern
Karvon xo‘jayinlaridan ularning hech qanday rahm-
shafqat kutishlari mumkin emas edi. Arablar bilan 
portugaliyaliklardan iborat bo‘lgan karvon xo‘jayinlari 
o‘zaro allaqanday tushunib bo‘lmaydigan tilda gapiri-
shar, qullar bilan esa urish-so‘kish va baqirish yo‘li bilan 
«gapirishar» edilar.
Dik Send oq tanli bo‘lgani uchun quldorlar un ga qullar 
singari muomala qilishga botinolmadilar. Shuning uchun 
uni qurolsizlantirsalar-da, kishan kiygizmadilar. Buning 
o‘rniga uning yoniga maxsus bir nazoratchini tayinlab 
qo‘yishdi, bu odam Dikdan sira ko‘z uzmas edi.
Dik Send Negoro yoki Gerris ko‘rinib qolmasmikan, 
deb u yoq bu yoqni qaradi, lekin ular ko‘rinmadi. Shun-
day bo‘lsam ham Dik yerliklarning ortyadga hujum 
etishlarida bu ifloslarning ishtiroki borligiga hech bir 
shubhalanmas edi.
Dikning miyasiga missis Ueldon, Jek va Benedikt 
tog‘ani xuddi o‘sha Gerris bilan Negoroning buyrug‘i bilan 
boshqa qullardan ajratib qo‘yishgan bo‘lsa kerak, degan 
fikr keldi. Ularning lagerda yo‘qligini bilganidan keyin, 
ular o‘z o‘ljalari bilan birga bo‘lsa kerak, deb o‘yladi. 
Missis Ueldonni qayoqqa olib ketishdiykin? Uni nima 
qilmoqchi ekan? Bu tashvishlar Dikka sira tinchlik ber-
madi va hatto o‘z boshiga tushgan falokatlarni xayolidan 
chiqazib yuborishga majbur edi.
Katta anjir daraxti tagida dam olgani joylashgan kar-
vonda eng kamida sakkiz yuz kishi bor edi. Bulardan 
besh yuztachasi erkak, ayol qullar, ikki yuztacha yerlik 
askarlar, yuztacha hammollar, nazoratchi xavildorlar va 
quldorning agentlari edi.
Nazoratchilar arablar yoki portugaliyaliklardan edi. 
Ularning qullarga qilgan rahmsiz muomalalarini ko‘z oldi-
ga keltirish ham qiyin. Ular bechora qullarni har qanday 
arzimagan sabablar bilan ham, hech qanday sababsiz 
ham o‘lguncha urar edilar. Kasallarini hamda qiynoqqa 
chidamaydigan qul larni esa pichoq sanchib yoki otib 



Download 2,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish