Jyul Vern, «O‘n besh yoshli kapitan». «Yangi asr avlodi»



Download 2,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet93/151
Sana12.04.2022
Hajmi2,35 Mb.
#544954
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   151
Bog'liq
4 On besh yoshli kapitan roman

Oltinchi bob
G‘AVVOSLIK QO‘NG‘IROG‘I
Sira ham kutilmagan bu gap Dik Sendni esankiratib 
qo‘ydi, u og‘zini ham ocholmay qoldi. Ammo missis Uel-
don undan hech qanday javob bo‘lishini kutmas edi ham. 
U o‘z joyiga, Jek yoniga qaytib keldi. Dik uni to‘xtatib 
qolishga botinolmadi.
Demak, missis Ueldon hammasidan xabardor ekan-da...
Keyingi kunlardagi hodisalar uning shubhasini tarqa-
tib yuborgan bo‘lsa kerak va Benedikt tog‘a ning «Afri-
ka» deb aytgan birgina so‘zi uning bu tun shubhalarini 
ishonchga aylantirgan.
«Missis Ueldon hammasidan xabardor ekan! – dedi Dik 
o‘z-o‘ziga. – Mayli, qaytaga yaxshi. Agar u sir boy bermay 
yurgan bo‘lsa, men qayg‘urib o‘tirmasam ham bo‘ladi!»
Endi Dik sabrsizlik bilan tong otishini kuta boshladi. 
Tong otishi bilan u qirchumolilarning shahari atrofini ku
-
zatib kelishga jo‘naydi va o‘zlarini Atlantika okeaniga olib 
borib qo‘yadigan daryoni qidirib topadi. Bunday daryo 
yaqin o‘rtadan oqib o‘tishiga Dikning ishonchi zo‘r edi.
Endi eng muhimi yerliklarga duch kelmaslikka tiri-
shish edi, chunki Gerris bilan Negoro allaqachon ular-
ning izidan yerliklarni yuborgan bo‘lsalar kerak.
Tong otishiga hali uzoq. Gumbaz ichiga tashqaridan 
hech qanday yorug‘lik kirmasdi. Tashqaridan arang 
eshitilib turgan momaqaldiroq ovozlari yomg‘irning hali 
ham tinmaganidan darak berardi. Dik to‘xtovsiz sel 
quyayotganini eshitib yotardi. Ammo katta-katta yomg‘ir 
tomchilari yer ga emas, suvga kelib tushardi. Shuning 
uchun Dik, butun atrofni suv bosgan ekan, degan xu-
losaga kel di.
Kechasi soat o‘n birlar edi. Dik Sendni qattiq uyqu 
bosa boshladi. Lekin shu paytda uning miyasiga bir 
fikr keldi: polga yoyib tashlangan tuproq namiqib qolib, 
gumbazga kiradigan teshikni berkitib qo‘yishi va havo 


237
«O‘n besh yoshli kapitan»
kirmay qolishi ehtimol edi. Agar sof havo kirmay qolsa
tor uy ichidagi o‘nta odam dimiqib qolar edi.
Dik Send polni tekshirdi. Tuproq solib o‘ttiz santimetr-
cha ko‘tarilgan supa usti hali quruq ekan. Gumbaz ichi-
ga havo bemalol kirib turibdi, shu bi lan birga to‘xtovsiz 
chaqnayotgan chaqmoq shu’lasi ham ichkariga tushib 
turardi. Yomg‘ir sharillab yog‘ib turishiga qaramasdan 
momaqaldiroq ovozlari sira tinmas edi.
Hamma narsa joyida edi. Qochib ketgan qirchu molilar 
uyasiga kirib olgan odamlarga hech qanday xavf-xatar 
yo‘qday edi. Dik Send biroz dam olmoqchi bo‘ldi va 
ehtiyotdan tashqariga chiqadigan teshik yoniga yotdi. 
Kutilmagan biror voqea bo‘lib qolsa, u hammani darhol 
turg‘izishi mumkin edi. Bu joyda uni dastlabki tushgan 
tong nurlari uyg‘otadi va o‘sha zamoni u atrofni tekshirib 
kelishga jo‘naydi.
Dik miltig‘ini yoniga qo‘yib, devorga boshini suyadi-da, 
shu ondayoq qattiq uyquga ketdi.
U badaniga qandaydir muzdek bir narsa tegib uyg‘onib 
ketdi. Ko‘zini ochib qarasa, gumbazni suv bosib ketayot-
gan ekan. Suv shunchalik tez ko‘tarilar ediki, u birpasda 
Tom bilan Gerkules yotgan pastki qavatga chiqdi.
Dik ularni uyg‘otib, gumbaz ichini yoritdi.
Suv besh fut balandlikka ko‘tarilgandan keyin to‘xtadi.
– Nima bo‘ldi, Dik? – deb so‘radi missis Ueldon uy-
qusidan uyg‘onib.
– Hech nima bo‘lgani yo‘q, – deb javob qildi o‘smir. – 
Gumbazning pastki qavatini suv bosdi. Qattiq seldan 
daryo toshib ketgan bo‘lsa kerak.
– Juda soz! – deb xitob qildi Gerkules. – Demak, daryo 
yaqin.
– Ha, – dedi Dik Send, – ana shu daryo bilan dengiz 
qirg‘og‘iga yetib olamiz. Xotirjam bo‘ling, missis Ueldon, 
suv endi ko‘tarilmaydi, sizning tokchangiz quruq qoladi.
Missis Ueldon javob qaytarmadi. Benedikt tog‘a esa, 
xuddi shu uyning egalari bo‘lgan qirchumolilar singari, 
o‘likday qotib uxlab yotar edi.



Download 2,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish