Jyul Vern, «O‘n besh yoshli kapitan». «Yangi asr avlodi»



Download 2,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet92/151
Sana12.04.2022
Hajmi2,35 Mb.
#544954
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   151
Bog'liq
4 On besh yoshli kapitan roman

233
«O‘n besh yoshli kapitan»
di: ular daraxtlardan ham oson oshib o‘taveradilar, 
bir-birlariga yopishib ko‘prik hosil qilib, daryolardan 
ham o‘taveradilar. Ularning askari ko‘pligini ayting! 
Dyu-Shayyu degan afrikalik bir sayyoh qora chu molilar 
kolonnasining o‘tishini o‘n ikki soat to mosha qilibdi. 
Sayyohlarning bundan behisob ko‘p chumoli ko‘rgan-
lari hecham ajib bir ish emas. Chunki hasharotlar juda 
serurug‘ bo‘ladi, masalan, urishqoq qirchumolilarning 
urg‘ochisi har kuni oltmish mingta tuxum qo‘ya oladi. 
Yerliklar shu hasharotlarni yeydilar. Do‘stlarim, pish-
gan qirchumolilardan ham mazali taom bo‘lmasa kerak!
– O‘zingiz yeb ko‘rganmisiz, janob Benedikt? – deb 
so‘radi Gerkules.
– Hali yeganimcha yo‘q, endi yemoqchiman!
– Qayerda?
– Shu yerda!
– Biz Afrikada emasmiz-ku? – dedi keksa Tom 
shoshilib.
– Yo‘q... Yo‘q... – deb javob qaytardi Benedikt tog‘a. – 
Ammo shu mahalgacha olimlar urishqoq qirchumolilarni 
va ularning shaharlarini faqat Afrika sohillaridagina 
uchratar edilar. Oh, bu sayyohlar! Bu sayyoh deganlari 
hech nimani ko‘rishmas ekan-da! Mayli, biz uchun qay-
taga yaxshi. Men Amerikada setse pashshasini ham 
topdim. Bunda urishqoq chumolilarni dastlab topganim 
uchun shuhratim yanada oshadi. Hammani hayratda 
qoldiradigan maqola yozish uchun qanday yaxshi yan-
gilik-a! Maqola yozish nima – turli-tuman jadvallar bilan 
har xil rangli rasmlar solingan qalin-qalin kitoblar yozish 
desang-chi! Butun Yevropa olimlari tong qolajak.
Demak, Benedikt tog‘a dahshatli voqeadan hali 
bexabar ekan. Dik Send bilan keksa Tomdan boshqa 
sayyohlar hammasi ham hali biz Amerikadamiz, deb 
o‘ylar edilar.
Boshqa bir muhimroq voqealar yuz bergandagina 
ularda katta shubha tug‘ilishi mumkin edi.


234
Jyul Vern
Benedikt tog‘a o‘z leksiyasini tugatgan mahalda kech 
soat to‘qqizlar bo‘lgan edi. Sheriklarining ko‘pchiligi 
uning hasharotlar haqidagi hikoyasini eshitib o‘tirib, 
uxlab qolganlarini fahmladimikan? Fahmlamagan bo‘lsa 
kerak. Ammo Benedikt tog‘aga bunday tinglovchilarning 
unchalik hojati ham yo‘q edi. U o‘zi uchungina gapirar-
di. Gerkules uxlashda hammadan keyin qoldi. Biroq u 
ham, qat tiq charchaganligidan axiri ko‘zlarini yumishga 
majbur bo‘ldi.
Ehtimol, Benedikt tog‘a hali anchagacha gap sota-
verardi-yu, lekin uni ham uyqu bosa boshladi va axiri u 
ham o‘zining «yuqorigi tokchasi»ga chiqib oldi.
Qirchumoli uyasining ichi jimjit bo‘lib qoldi. Tashqari-
da esa momaqaldiroq gulduragani guldiragan, chaqmoq 
chaqqani chaqqan edi. Yomg‘irning to‘xtashidan hech 
darak yo‘q edi.
Fonus o‘chirildi va gumbazning ichi qop-qorong‘i bo‘lib 
qoldi.
Hamma qattiq uyquga tolganday ko‘rinar edi. Ammo 
Dik Send qattiq charchaganligiga qaramay, ko‘ziga 
uyqu kelmadi. Uning miyasi tinimsiz ishlar edi. Dik o‘z 
hamrohlarini qanday qilib qutqazish kerakligi to‘g‘risida 
o‘ylardi. Ularning azob-uqubatlari «Piligrim»ning halo-
kati bilangina tamom bo‘lmadi. Agar ular yerliklarning 
qo‘liga tushib qolsalar, og‘irroq qiynoqlarga tushishlari 
ehtimol edi.
Kichkina otryadning dengiz qirg‘og‘iga borishidagi 
xavflardan eng yomoni bo‘lgan bu dah shatli xatardan 
qanday qutqazsa bo‘lar ekan? Biror yomon niyatlari 
bo‘lmaganda, Gerris bilan Negoro sayyohlarni An-
golaning qorong‘i burchagiga ergashtirib kelmagan 
bo‘lardilar. Ammo ablah portu galiyalik nima qilmoqchi 
ekan-a? Kimdan o‘ch olmoqchi ekan? Dik, Negoro faqat 
meni ko‘rarga ko‘zi yo‘q, deb o‘ylardi. U «Piligrim»da 
kelayotgan mahalda yuz bergan hamma hodisalarni 
yana birma-bir xotirlay boshladi. Halokatga uchragan 


235
«O‘n besh yoshli kapitan»
«Valdek» kemasiga uehraganlarini, kit ovini, kapi tan 
Gul bilan hamma matroslarning halok bo‘lganini – 
hammasini yodiga keltirdi... Dik Send o‘n besh yoshida 
kapitan bo‘lganini, Negoro bilan olishib qolganini, uni 
o‘ziga bo‘ysundirganini, uni kishanlab tashlayman deb 
qo‘rqitganini, otib tashlayman deb do‘q qilganini esladi.
Attang, o‘sha mahalda nimaga shunday qilmadi ekan? 
O‘sha vaqtda Negoroni dengizga uloqtirib tashlaganida
ehtimol, bunday dahshatli falokatlar bo‘lmasmidi!..
Dik Send shularni o‘ylar edi.
U «Piligrim»ning halokatini esladi. Tinch Boliviya 
o‘lkasi o‘rniga dahshatli bezgak kasalliklari, yirtqich 
hayvonlari va undan ham beshbattar vahshiy odam-
lari bo‘lgan xatarli Angola o‘lkasidan kelib chiqqanini 
bir-bir xotirladi. Otryad dengizga yetib olgunicha bular 
bilan yo‘lda to‘qnash kelishdan qutulib bo‘larmikan? 
Dik dengiz qirg‘og‘iga solda suzib borish niyatiga eri-
sha olarmikan? Solda suzib borish quruqlikdan yurib 
borishdan ko‘ra yengilroq va xavfsizroq bo‘larmikan?
Dik shubhalanmaslikka urindi. U Jek ham, mis sis 
Ueldon ham bu yovvoyi o‘lkada uzoq yo‘l yurishga toqat 
qilolmasliklarini yaxshi bilar edi.
«Ahvolimizning chatoqligini, – deb xayol surdi 
u, – missis Ueldon va boshqa yo‘lovchilar bilmasligi 
qan day yaxshi-ya! Negoroning kemani Afrikaga burib 
yuborganini va uning sherigi Gerris esa bizni Angola 
o‘lkasining ichkarisiga aldab olib kelganini Tom bilan 
men bilaman, xolos!»
Allakimning nafasi Dik Sendning peshonasiga kelib 
tegdi. Qandaydir nozik qo‘l uning yelkasidan ushladi. 
Kimdir titroq ovoz bilan uning qulog‘iga:
Men hammasidan xabardorman, bechora Dik! – deb 
shivirladi.


236
Jyul Vern

Download 2,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish