222
Jyul Vern
oldida yo‘l ko‘rsatib bordi. Yo‘l topish qiyin ish edi. Undan
ko‘ra qalin o‘t bosgan chekka-chekka yerlardan yurib
borish yaxshiroq bo‘lsa-da, unda ham aksari yer yum-
shoqligidan oyoq bosgan kishi tizzasigacha botib ketadi.
Axiri, soat besh deganda sayyohlar botqoqlikdan
o‘tib, quruq yerga chiqib oldilar, lekin bu yerda ham yer-
ning ustki qavatigina quruq bo‘lib tagi botqoqlik edi. Bu
tekis lik yaqin o‘rtadagi daryolarning sathidan pastroqda
bo‘lganidan yumshoq yerga daryo suvlari sizib o‘tgan
bo‘lsa kerak.
Kun juda issiq va dim edi. Agar oftobni quyuq qora
bulutlar to‘sib turmaganda, issiqqa sira toqat qilib
bo‘lmasdi. Uzoqda chaqmoq chaqqani ko‘rinar va mo-
maqaldiroqning gulduros ovozi eshitilar edi. Har daqiqada
osmonda to‘polon boshlanib ketishi ehtimol edi.
Qattiq sel, eng katta daraxtlarni ham qulatadigan
kuchli bo‘ron, to‘xtovsiz chaqib turgan yashin – Afrikadagi
momaqal diroqlarning dahshatli manzarasi ana shunday.
Dik Send buni bilar va shuning uchun juda tashvishda edi.
Otryadning ochiq havoda tunashi mumkin emasdi, chunki
bu pastlik yerni sel bosib ketishi ehtimol edi. Seldan qutu-
lish uchun Dik oldinda birorta ham tepalikni ko‘rmasdi.
Hammayog‘i ochiq dala bo‘lgan va hech qanday daraxt
yoki chakalak bo‘lmagan bu chuqurlikda qanday pana
joy topilsin, axir?
Shimol tomonda bir talay pastak tepaliklar ko‘ri nar
edi. Bu tepaliklar xuddi gumbazlarga o‘xshardi. O‘sha
tomonda, osmonning ochiq joyi to‘g‘risida bir necha da-
raxtning qorasi aniq ko‘rindi.
Dik Send bu tepaliklarda pana joy bor-yo‘qligini bilmasa
ham, lekin bunda suv toshqinidan xavf yo‘qligini bilardi.
– Olg‘a, do‘stlar, olg‘a! – deb takrorlardi o‘smir, – yana
uch milcha yo‘l yursak bu xatarli joydan qutulamiz!
– Olg‘a, ildamroq! – deb qichqirdi Gerkules.
Bu oq ko‘ngil odam o‘zining hamma sheriklarini yelkasi-
ga ko‘tarib, botqoqlikdan olib chiqishga ham tayyor edi.
223
«O‘n besh yoshli kapitan»
Dik Sendning so‘zlari yo‘lovchilarga dalda ber di,
charchaganliklariga qaramasdan ular chaqqon yura
boshladilar.
Otryad manzilga yetib borishiga ikki mil qolganda,
momaqaldiroq gumburlay boshladi. Yaxshiki chaqmoq
chaqqandan keyin darrov yomg‘ir yog‘a qolmadi. Kun
hali botib ketmagan bo‘lsa ham hamma yoq qop-qorong‘i
bo‘lib qolgandi. Qora bulutlar borgan sari pasaya bosh-
ladi, ular xuddi yerga qulab tushay deb turganday ko‘ri-
nardi. Osmonning har joyidan to‘xtovsiz chaqmoq chaqib,
tevarak-atrofni birdan yoritib yuborardi.
Otryadni har soniyada yashin urishi mumkin edi.
Hech bir daraxt asari bo‘lmagan tep-tekis yer da ularni
elektr quvvati o‘ziga tortishi ehtimol edi.
Momaqaldiroq ovoziga uyg‘onib ketgan kichkina
Jek yuzini Gerkulesning qo‘yniga suqdi. Bechora bola
momaqaldiroqdan qo‘rqardi, lekin onasini xafa qilmas-
lik uchun qo‘rqqanini bildirmaslikka harakat qilardi.
Gerkules esa katta-katta qadam tashlab, bolani yupatish
payida edi.
– Qo‘rqma, Jek, – deb takrorlardi u. – Agar momaqaldi-
roq yaqinlashib qolsa, men uni bir qo‘lim bilan ikki bo‘lib
tashlayman. Men mo maqaldiroqdan ham kuchliman-a!
Bola himoyachisining kuchliligidan ko‘ngli to‘q bo‘lib,
xotirjam bo‘lardi.
Yomg‘ir yog‘ay-yog‘ay deb turipti. Bir boshlasa, pastak
qora bulutlardan chelaklab quyganday quyib yuborishi
turgan gap edi. Agar sel boshlanguncha hech qanday
pana joy topilmasa, missis Ueldon bi lan kichkina Jekning
holi nima kechar ekan?
Dik Send keksa Tomning oldiga keldi.
– Nima qilamiz? – deb so‘radi u.
– Oldinga qarab boraverish kerak, – deb javob qaytardi
Tom. – Agar yomg‘ir yog‘ib bersa, bu yerlar botqoqlikka
aylanib ketadi. Bu yerda qolishimiz aslo yaramaydi.
– To‘g‘ri, Tom, to‘g‘ri... Qanday bo‘lmasin, birorta pana
joy topish kerak. Zora birorta kulba uchrab qolsa!
224
Jyul Vern
Dik Send birdaniga jim bo‘lib qoldi.
Bir chaqmoq chaqqandi, butun atrof yop-yorug‘ bo‘lib
ketdi.
– Hu ana, u tomonda, chorak milcha narida ko‘ringan
nima ekan? – dedi u.
– Men ham o‘sha yoqda allanimani ko‘rib qoldim, –
dedi Tom.
– Birorta lagermi deyman?
– To‘g‘ri, lagerga o‘xshaydi... Lekin yerliklar lageri
bo‘lsa kerak.
Yana bir chaqmoq chaqqanda lager yaxshi ko‘rindi.
Tekis dalada balandligi o‘n ikki futdan o‘n to‘rt futgacha
keladigan yuztacha chodir qator tizilib turibdi. Ammo
unda hech kim ko‘rinmas edi. Odamlari qayoqda ekan?
Mabodo lagerdagi odamlar yomg‘irdan qochib chodir
ichiga kirishgan bo‘lsa, otryad hech qanday yomg‘ir va
bo‘ronga qaramas dan, bu yerdan tezgina nariroq qochib
ketishi ke rak. Bordi-yu, lagerdagi odamlar ketib qolgan
bo‘lsa, bu yer ularga yaxshi boshpana bo‘ladi.
«Borib bilib kelay-chi!» deb o‘yladi Dik Send.
U keksa Tomga qarab:
– Hech qayoqqa qimirlamanglar! Men borib bilib ke-
laman, – dedi.
– Siz bilan birortamiz birga boraylik-da, Dik, – deb
iltimos qildi Tom.
– Yo‘q, Tom, yolg‘iz o‘zim boraveraman. Men yashirinib
lagerning yaqiniga borib ko‘raman. Meni kutib turinglar!
Dik Send bilan Tom boshchiligida kelayotgan otryad
to‘xtab qoldi. Dik chaqmoq to‘xtagach, qorong‘i mahalda
ko‘zdan g‘oyib bo‘ldi.
Yerga yirik-yirik yomg‘ir tomchilari tusha bosh ladi.
– Dik qayerga ketdi? – deb so‘radi missis Ueldon keksa
Tomning yoniga kelib.
– Biz bir lagerni ko‘rib qoldik, missis Ueldon, – deb
javob qaytardi Tom. – Ehtimol, bironta qishloq bo‘lsa.
Hammamizni o‘sha yoqqa boshlab borishdan oldin ka-
pitanimiz kuzatib kelgani ketdi.
225
«O‘n besh yoshli kapitan»
Missis Ueldon bu javobdan qanoatlandi.
Bir necha daqiqadan keyin Dik Send qaytib keldi.
– Ketimdan yuraveringlar! – dedi u suyunib.
– Lagerda hech kim yo‘qmi? – deb so‘radi Tom.
– Bu lager emas, qishloq ham emas, – dedi Dik Send,
– qumursqalar shahri ekan.
– Qumursqalar shahri deysizmi? – dedi Benedikt tog‘a
jonlanib.
– Shunday, janob Benedikt, lekin inlarining balandligi
o‘n ikki futdan kam emas. Ular ning uyiga kirib yomg‘ir-
dan saqlanishimiz mumkin.
– Unday bo‘lsa, bu uylar tropik mamlakatlarda bo‘ladi-
gan qirchumolilar imorati ekan-da. Bu aqlli jonivorlar
shunday ko‘rkam imoratlar qura oladilarki, bir xil ar-
xitektorlarimiz bundan ibrat olsalar bo‘ladi.
– Qirchumolimi yoki shunga o‘xshagan boshqa ha-
sharotlarmi, Benedikt tog‘a, joyni egallash uchun baribir
ularni chiqarishga to‘g‘ri keladi.
– Borib ko‘ring-chi, ular bizni yeb qo‘yadi.
– Olg‘a yuringlar! – deb buyruq berdi Dik Send.
– Hoy, shoshmanglar-chi! – deb do‘q qildi Benedikt
tog‘a. – Menimcha, bunday katta imorat lar Afrikadagina
bo‘lishi kerak edi.
– Olg‘a! – dedi jahl bilan Dik Send.
Dik Send missis Ueldon yana entomolog olimning
gapiga e’tibor qilib qolmasin deb qo‘rqar edi.
Otryad Dik Send ketidan jadal yurib ketdi. Shu topda
qattiq shamol turdi. Yerga shatir-shutur qilib yomg‘ir
tomchilari tusha boshladi. Kuchli bo‘ron ko‘tarildi.
Yo‘lovchilar yaqinidagi «qirchumolixonaga» yetib kel-
dilar. Qirchumolilarni yo haydab chiqarish kerak, yo ular
bilan bir «uyda» yotish kerak edi.
Qizg‘ish sozdan ishlangan bu gumbazning pastida
kichik bir teshikcha bor ekan. Gerkules bu teshikni
pichoq bilan birpasda o‘zi sig‘adigan qilib kengaytirdi.
Bu imoratda yashashi lozim bo‘lgan yuz minglab
qirchumolilarning birortasi ham ko‘rinmaganiga Bene-
226
Jyul Vern
dikt tog‘a juda hayron bo‘ldi, nahot shu shaharning
aholisi qochib ketgan bo‘lsa?
Gerkules teshikni ochib bo‘lganidan keyin Dik Send
bilan uning hamrohlari ketma-ket ichkariga kirishdi.
Xuddi shu paytda yomg‘ir sharillatib quyib yubordi, xo-
naga hammadan keyin Gerkules kirdi.
Gumbaz ichiga kirib olgandan keyin tashqaridagi
dahshatli bo‘ron bilan sayyohatchilarning ishi bo‘lmadi.
Har qanday chodir yoki yerliklarning kulbasidan ko‘ra
yaxshiroq bo‘lgan pana joyning topilishi o‘zi bir baxt bo‘ldi.
Zig‘irdek hasharotlarning bunchalik ustalik bi lan kat-
ta imorat qurishlariga hayron qolgan leytenant Kameron
qadimgi misrliklarning ehromlariga qaraganda, qirchu-
molilarning binolari qaytaga ajoyibroq, deb aytgan edi.
– Qirchumolilar bilan baravar bo‘lmoq uchun, odamlar
Everest
37
tog‘iday imorat solishlari ke rak! – degan edi u.
Do'stlaringiz bilan baham: |