215
«O‘n besh yoshli kapitan»
– U la’nati oshpaz itni ko‘rishi bilan uni o‘ldiradi! – dedi
Gerkules.
– Be, Dingo undan oldinroq o‘zini bo‘g‘ib o‘ldiradi, –
dedi Bat.
– Shundayku-ya, –
dedi Dik Send, – lekin it ga qarab
o‘tirishimiz bo‘lmaydi. Mabodo Dingo tirik bo‘lsa, o‘zi
bizni topib keladi. Aqlli it, u. Qani, yuringlar, og‘aynilarl
Kun juda issiq edi. Ertalabdan osmonni bulut qopla-
gandi. Chaqmoq va momaqaldiroq yaqinlashib qolmoq-
da edi. Kechgacha yomg‘ir boshlanadiganga o‘xshardi.
Sayyohlarning toleiga o‘rmon ichi anchagina salqin edi.
O‘rmondagi daraxtlar birmuncha siyraklashdi. On-
da-sonda chakalaklar orasida qalin o‘t bosgan yalang
joylar ko‘rina boshladi. Bu yalanglikdagi ko‘m-ko‘k o‘tlar
orasida alvon-alvon o‘simliklar gullab yotar,
ularning
ustida son-sanoqsiz hasharotlar uchib yurar edi.
O‘rmon endi ilgarigiday o‘tib bo‘lmas qalin bo‘lmasa
ham, ammo undagi rang-baranglik kishini hayratda
qoldirar edi. Bu yerda juda foydali yaxshi moy beradigan
xurmo daraxtlari, yo‘lni to‘sib turadigan ikki-uch metr
balandlikdagi g‘o‘zalar o‘sib yotar edi. Ba’zi bir daraxt-
larning po‘stlog‘idagi qurt yegan teshiklaridan xushbo‘y
shiralar oqib yotar edi. Hamma yoqda yovvoyi limon da-
raxtlari, anor va turli-tuman xurmo daraxtlari, baobab,
akatsiya daraxtlari va «qo‘l tegsa o‘lar» gullari o‘sib yotar
edi. Havoni xushbo‘y islar tutib ketgan, lekin qay bir
o‘simlikning isi ekanini bilib bo‘lmas edi.
Yog‘ingarchilik kamdan-kam bo‘ladigan mavsum
bo‘lishiga qaramasdan, hamma daraxt va butalar ko‘m-
ko‘k edi.
Bu yerlar bezgak kasali avj olgan joy edi.
Livingston,
bezgakdan qutulish uchun uni yuqtirgan joydan ketish
kerak, degan gapni aytgan edi. Dik Send mashhur sayo-
hatchining bu tajribasidan xabardor edi. Jekning odatda
tutadigan bezgagi tutmadi. U Gerkulesning qo‘lida tinch
uxlayotgan mahalda Dik bu tajribani missis Ueldonga
gapirib berdi.
216
Jyul Vern
Otryad asta-sekin oldinga yuraverdi. Ba’zi joylarda
yangi bosilgan odam yoki hayvon izlari bor edi. Chaka-
lakzor orasidagi egri-bugri so‘qmoqlardan yurish osonroq
edi. Ammo yo‘lovchilar aksari o‘zlari urinib yo‘l ochib bo-
rardilar. Shunday vaqt larda juda imillab yurishga to‘g‘ri
kelganidan Dikning toqati toq bo‘lardi. Arqonga o‘xshagan
lian o‘simligi daraxt oralariga to‘rday chirmashib olgandi.
Ba’zi butalarning shoxlari Damashq pichog‘i
singari egilib
o‘sgan edi. Uzunligi o‘n besh va yigirma metr keladigan
arqonsimon lian o‘sim liklari yerda yoyilib yotardi. Uni
bosib olgan yo‘lovchi dodlab yubormay qolmasdi, chunki
uning mixdan ham uchli tikanlari oyoqqa kirib ketardi.
Bat, Ostin va Akteonlar chakalakzor ichidan bolta bilan
yo‘l ochib borardilar. Butun o‘rmonni bosib ketgan lian
o‘simliklari yerdan to daraxt uchigacha – hamma yoqni
chirmab olgan edi.
Angolaning bu qismida
yashovchi qush va hayvonlar
ham o‘simliklari singari, juda xilma-xil edi. Qushlar
o‘rmon ustida to‘da-to‘da bo‘lib uchib yurardi. Albatta,
o‘rmondan qochib-pisib o‘tmoqchi bo‘lgan sayyohlar
ularni otishni xayollariga keltirmasdilar ham. Xayriyatki,
Afrikaning juda xatarli bo‘lgan yirtqich hayvonlari otryad
yaqinida ko‘rinmasdi.
Yana jirafalar paydo bo‘ldi-yu, odamlarni ko‘rib qolib,
bu chopqir hayvonlar yana tezda ko‘zdan g‘oyib bo‘ldi.
Ular bu o‘rmonda kam bo‘ladi. Bir necha marta xuddi
yuk ortilgan arava singari gulduros solib chang-to‘zon
ko‘tarib, uzoqdan yovvoyi qo‘toslar podasi chopib o‘tadi.
Dik Send biror kattaroq daryoga chiqib olish umidida
otryadni soy bo‘yidan boshlab borar edi.
Tushga qadar otryad hech qanday falokatga yo‘liqmas-
dan uch mil yo‘l bosdi. Gerris bilan Negorodan nom-ni-
shon yo‘q edi. Dingo ham ko‘rinmadi.
Otryad biroz dam olib, ovqatlangani bambukzorda
to‘xtadi. Gap-so‘zsiz ovqatlandilar. Missis Ueldon o‘g‘lini
o‘z qo‘liga oldi. U Jekdan ko‘zini uzmas va tomog‘idan
ovqat ham o‘tmas edi.
217
«O‘n besh yoshli kapitan»
– Ovqat yeb olsangiz-chi,
missis Ueldon, – de di Dik
Send unga. – Holdan ketsangiz nima bo‘la di? Ovqatla-
nish kerak! Tezda yana yo‘lga tushamiz, daryoga yetib
olganimizdan keyin hech mashaqqatsiz, dengizga qarab
suzib ketaveramiz.
Dik gapirganida missis Ueldon uning ko‘zlariga
tik qa-
rar edi. Dikning ko‘z qarashlarida mardlik va dovyuraklik
aks etib turardi. Missis Ueldon unga, beshta sofdil va
jonkuyar negrlarga qarab, hali umidsizlikka tushmaslik
kerak deb o‘ylardi. Nima uchun umidsizlikka tushish ke-
rak. U hali, Amerikaning mehmondo‘st yerlaridamiz, deb
o‘ylab yurar edi. Missis Ueldon Gerrisning xiyonatidan
qo‘rqmasdi, chunki buning oqibatlari yomon bo‘lishini
xayoliga ham keltirmas edi.
Dik Send yosh xotin nimalarni o‘ylayotganini fahmlab
qolib, missis Ueldonning ko‘z qarashlariga chidashga va
ko‘zini chetga olmaslikka harakat qilardi.
Do'stlaringiz bilan baham: