Jyul Vern, «O‘n besh yoshli kapitan». «Yangi asr avlodi»



Download 2,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet82/151
Sana12.04.2022
Hajmi2,35 Mb.
#544954
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   151
Bog'liq
4 On besh yoshli kapitan roman

Uchinchi bob
QIRG‘OQDAN YUZ MIL UZOQDA
– «Afrika!.. Markaziy Afrika!..» Bu dahshatli so‘zlar Dik 
Sendning xayolidan sira o‘chmas edi.
Keyingi haftalar ichida bo‘lib o‘tgan hodisalarni bir-
ma-bir yodiga keltirib, Dik Send qanday qilib «Piligrim» 
bu xatarli qirg‘oqqa kelib qoldi? Qanday qilib u Gorn 
burnidan o‘tib, bir okeandan ikkinchisiga kelib qoldi? 
– degan savollarga javob topishga urinar edi. «Piligrim» 
tez yurib mo‘ljallagandan ikki baravar ortiq yo‘l bosipti. 
Shuning uchun yer uzoq vaqtgacha ko‘rinmapti. Buni 
Dik endi fahmlagan edi.
«Afrika!.. Afrika!..» deb takrorladi Dik Send.
U dengiz safarida yuz bergan hamma voqealarni bir-
ma-bir xayolidan kechirdi. Dik zapas kompas ning qanday 
qilib singanini, arqon uzilib, lag den gizga tushib, cho‘kib 
ketganini esladi. Shu paytda birdan esiga: kompas qasd-
dan buzilgan ekan!.. de gan fikr keldi.
«Kemada bittagina kompas qolgandi, – deb o‘yladi 
u. – Uning to‘g‘ri-noto‘g‘ri ishlashini solishtirib ko‘rish 
uchun boshqa kompas yo‘q edi. Bir mahal kechasi 
keksa Tomning hayqirgan ovozidan uyg‘onib ketdim. 


208
Jyul Vern
Palubaga chiqsam, kema quyrug‘ida Negoro bor ekan... 
U toyib ketib, kom pas qo‘yilgan shkafcha ustiga yiqilipti... 
O‘shanda kompasni buzib qo‘ymadimikan?»
Dik Sendning ko‘nglida go‘yo yorug‘ nur balqiy bosh-
ladi. U asta-sekin sirli hodisalarni yecha bosh ladi. Dik 
Negoroning yurish-turishlari naqadar shubhali bo‘lganini 
endi tushuna boshlagan edi. Bir qancha falokatli «taso-
difiy hodisalar» bo‘lishiga Negorogina aybdor edi. Bu «ta
-
sodifiy hodisalar» boshda «Piligrim»ni falokatga uchratgan 
bo‘lsa, endi barcha yo‘lovchilar falokat oldida turibdilar.
Bu ablah Negoroning o‘zi kim? Uning ayti shicha, hech 
qachon dengizchi bo‘lmaganmish, shu gap to‘g‘rimikan? 
Amerikaga boradigan kemani Afrikaga chalg‘itib olib ke-
lish uchun juda tajribali dengizchi bo‘lish kerak.
Har holda, ilgari bir qancha masalalar yechilmay qol-
gan bo‘lsa ham, lekin hozir hamma narsa ayon bo‘ldi. 
O‘smir, hozir ular Markaziy Afrikada, ehtimol, uning 
eng xatarli joyi bo‘lgan Angolada, dengiz bo‘yidan yuz 
mil narida turganlarini aniq bilardi. Gerrisning aldamchi 
xiyonatkor ekanligiga Dik hech shak-shubhasiz ishondi. 
Demak, amerikalik Gerris bilan portugaliyalik Negoro 
ko‘pdan beri tanish ekanlar; ular ittifoqo shu sohilda 
uchrashib qolibdilar, shundan keyin ular ikkovi bir 
bo‘lib, «Piligrim»dagi yo‘lovchilarga qarshi yomon niyatda 
til biriktiriptilar...
Bir narsagagina tushunib bo‘lmasdi: bu ablahlar ni-
malar qilishmoqchi ekan? Negoro, qul qilib sotish uchun 
Tom bilan uning sheriklarini qo‘lga tushirmoqchi bo‘lgan 
bo‘lsa kerak, deb o‘ylash mumkin. U eski alamlari uchun 
Dik Senddan o‘ch olmoqchi bo‘lsa kerak, bu ham o‘z-
o‘zidan ma’lum narsa. Ammo missis Ueldon-chi, kichkina 
Jek-chi? Bu bechora ona bilan mushtday bola ablah 
portugaliyalikka nima yomonlik qilishdi ekan?
Agar Dik Send Gerris bilan Negoroning nimalar 
to‘g‘risida gaplashganini eshitganida edi, gapning nimada 


209
«O‘n besh yoshli kapitan»
ekanini tushungan, missis Ueldon, negrlar va uning o‘zi 
qanday xavf-xatarlar oldida turganini bilib olgan bo‘lardi.
Ahvol juda og‘ir bo‘lsa-da, mard o‘smir tetik edi. U 
dengizda kapitan bo‘lganidek, quruqlikda ham kapitan 
bo‘lib qoldi. Missis Ueldon, kichkina Jek va o‘zini unga 
ishonib topshirgan barcha kishilarning hayot-mamoti 
uning qo‘lida edi. U o‘ziga yuklangan vazifani bajarishga 
bel bog‘lagan edi. U, bu vazifalarni albatta bajaradi!
Ikki-uch soat davomida Dik Send kelgusida bo‘ladi-
gan yaxshi-yomon ishlarni xayolida taroziga solib ko‘rdi, 
lekin, afsuski, yomon tomon pallani bosib ketaverdi! 
So‘ngra u, xotirjam va bardosh bilan o‘rnidan turdi.
Daraxt uchlariga oftobning dastlabki nurlari tushgan-
di. Hamma uyquda edi. Dik Send bilan kek sa Tomgina 
uyg‘oq edilar.
Yosh kapitan cholning oldiga keldi.
– Tom, – dedi u sekin, – siz arslonning bo‘kirishini eshit-
dingiz, qul savdogarlarining qolip-kishanlarini ko‘rdingiz... 
Demak, Markaziy Afrikada ekanligimizni bilasiz-a?
– Ha, kapitan, bilaman...
– Endi gap bunday, Tom: na missis Ueldonga va na 
sheriklaringizga bu to‘g‘rida indamang! Bizdan bo‘lak 
hech kim buni bilmasligi kerak. Biz hech kimni qo‘rqit-
masligimiz shart.
– Ha... to‘g‘ri aytyapsiz, Dik... – deb javob qaytardi, 
keksa Tom.
– Tom, biz juda ham ehtiyot bo‘lishimiz ke rak, – deb 
so‘zida davom qildi Dik. – Biz dushman mamlakatda-
miz. Dahshatli mamlakat, dushmanlar ham, ashaddiy 
dushmanlar... Hamrohlarimizga, Gerris bizga xiyonat 
qildi, deymiz, ehtiyot bo‘lishlari uchun shuning o‘zi kifoya 
qiladi. Ular, yerlik ko‘chmanchi qabilalar bizga hujum 
qilmoqchi ekan, deb o‘ylasinlar.
– Bilasizmi, Dik, o‘rtoqlarimga bemalol ishonaversan-
giz bo‘ladi.
– Bilaman. Yana shuni ham bilamanki, Tom, sizning 
aqlingizga va turmushdagi tajribalaringizga ham to‘la 



Download 2,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish