Jyul Vern, «O‘n besh yoshli kapitan». «Yangi asr avlodi»



Download 2,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/151
Sana12.04.2022
Hajmi2,35 Mb.
#544954
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   151
Bog'liq
4 On besh yoshli kapitan roman

210
Jyul Vern
suyanaman. Ishqilib, menga yordam berishdan bo‘yin 
tovlamassiz deb o‘ylayman?
– Har qachon yordam berishga tayyorman, kapitan!
Dik Send Tomga o‘z niyatini gapirib berdi. Xayriyatki, 
Gerrisning xiyonati uning niyati amalga oshmasdanoq 
ochilib qoldi, shu sababdan Dik Send va uning ham-
rohlari uchun hozircha hech qanday xavf-xatar yo‘q 
edi. Qochoq qullar tashlab ketgan qolip-kishanlarning 
topilib qolishi va so‘ngra arslonning bo‘kirishi Ger-
risning yomon niyatda ekanligini oldindanoq bildirib 
qo‘ydi. Gerris sharmanda bo‘lganini fahmlab qolib, 
otryadni uning sheriklari poylab turgan joyga boshlab 
bormasdanoq qochib qoldi. Dingoning qiliqlari, keyin-
gi kunlarda Negoro o‘zining sobiq hamrohlari ketidan 
qolmasdan kelayotganini bildirar edi.
Negoro Gerris bilan uchrasha olgan va hozir ikkovi 
kelgusida nima ish qilish kerakligi haqida maslahatla-
shayotgan bo‘lsa kerak. Dik bir necha soat ichida hali 
hujum bo‘lishini kutmasdi, shu sababli fursatdan foy-
dalanishga qaror berdi.
Ularning birdan-bir niyati – mumkin qadar tezroq yana 
dengiz qirg‘og‘iga qaytish edi. Undan keyin Dik, qirg‘oq 
bo‘ylab shimol yoki janub tomonga yurib, dengiz bo‘yidagi 
biror shahar yoki qishloqqa yetib olmoqchi edi. U yerda 
ular o‘z vatanlariga qaytish imkoniyati bo‘lganga qadar 
be malol turishlari mumkin bo‘lar edi.
Ammo dengiz qirg‘og‘iga qaysi yo‘l bilan borsa bo‘lar 
ekan? Kelingan yo‘ldanmi? Dik Send bu yo‘lni ma’qul 
ko‘rmadi. Gerrisning: o‘smir to‘g‘riroq bir yo‘lni tanlaydi, 
degan gapi to‘g‘ri edi.
Haqiqatan ham, kelgan yo‘ldan o‘rmon orqali qaytish 
yaxshi emasdi, chunki bu yo‘lni Negoro ning sheriklari 
ham bilar, shu sababdan orqadan tushib qolishlari mum-
kin edi. Birdan-bir chora, izni yo‘qotish uchun suvdan 
yurish edi. Bundan tashqari, xayriyat, shu mahalgacha 
yirtqich hayvonlar sayyohlarga zarar yetkazmadilar; 


211
«O‘n besh yoshli kapitan»
solga chiqib olinsa, vahshiylardan ham ancha tinch 
bo‘linadi. Ikkinchidan, daryoda vahshiylarning huju-
mi ham qo‘rqinchli emas, chunki mahkam ishlangan 
sol ustidagi yaxshi qurollangan Dik Send bi lan uning 
sheriklari yerliklarning hujumini be malol daf qilishlari 
mumkin. Uchinchidan, solda safar etish missis Ueldon 
bilan uning kichkina o‘g‘li uchun ham juda qulay edi, 
chunki ular yo‘l yuraverib juda holdan ketib qolgan edi-
lar. Missis Ueldon óurolmaydigan bo‘lib qolgan taqdirda 
uning uchun novdalardan zambil to‘qib olish mumkin, 
zambil ko‘taruvchilar ham topilardi, albatta. Biroq bunda 
besh negrdan ikkitasi zambil ko‘tarish bilan band bo‘lib 
qolardi, Dik Send esa birdan hujum bo‘lib qolsa, hamma 
sheriklari bilan bunga tayyor turishni afzal ko‘rardi.
Bundan tashqari, solda daryo oqimi bilan suzish den-
gizchi Dikning o‘z hunari edi.
Yaqin orada sol bilan suzib borarlik biror daryo bor-
ligini bilib olish masalasi qolgandi. Dik Send quyidagi 
sabablarga asosan bunday daryo bor bo‘lishi kerak, deb 
o‘ylar edi. Bu yerlarni g‘arb tomondan dengiz to‘sib tu-
rardi. Shimol bilan sharq tomondan tog‘lar o‘rab olgandi. 
Shunday qilib, «Piligrim» halokatga uchragan joy yaqi-
nida Atlantika okeaniga quyiladigan daryoning irmoqlari 
o‘tishi yoki tog‘larga yetmay, janub tomonga tik burilib 
ketgan bo‘lishi kerak. Shunday ekan, de mak, daryoning 
o‘zi yoki uning irmoqlaridan biri bizning otryadimiz tur-
gan joyga yaqin bo‘lishi ke rak.
Buning shunday bo‘lishiga Dik Send batamom isho-
nar edi. Safarning oxirida atrofdagi yerlarning tabiati 
o‘zgara boshlagan edi. Yo‘l pastlikka qarab tushmoqda, 
yer esa zaxlasha borar edi. Ko‘p joylarda o‘tlar orasidan 
ilon izi bo‘lib soylar oqib yotardi. Demak, bu yerlarda 
yer osti suvi yuza ekan. Safarning so‘nggi kunida otryad 
shunday bir soy bo‘ylab ancha yurgan edi. Bu soyni 
yana qidirib topish qiyin emasdi. Albatta, bu tor soyga 
sol tushirish mumkin emas edi. Agar otryad o‘sha soy 



Download 2,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish