205
«O‘n besh yoshli kapitan»
– Ba’zilarini qul qilib sotaman, ba’zilarini...
Negoro
gapini tamomlamasa-da, ammo qo‘rqinchli
chehrasidan maqsadi nima ekanligi aniq ko‘rinib turar
edi.
– Kimlarni sotmoqchisan? – deb so‘radi Gerris.
– Missis Ueldonga ergashib yurgan negr larni, – deb
javob qaytardi Negoro. – Keksa Tomni ko‘pga pullab
bo‘lmasa kerak, lekin qolgan to‘rttasi azamat yigitlar.
Ularga Kazonde bozorida katta pul berishadi.
– Juda soz, Negoro! – dedi Gerris. – Bu to‘rttala baquv-
vat negrlar ishlashga o‘rganib qolgan. Ular Afrikaning
ichkarisidan ushlab keltirilgan hayvonsimon negrlarga
sira o‘xshamaydi. Albatta, ularni qimmatga sotsa bo‘ladi.
Amerikada tug‘il gan negr – Angola bozorlarida juda nodir
mol-da. Undan keyin, menga aytishni unutibsan shekilli:
«Piligrim»da naqd puldan yo‘qmidi?
– Og‘izga olishga arzimaydi! Bir necha yuz dollarni
cho‘ntakka urdim, xolos.
Baxtimga hali boshqa joydan
ham umidim bor...
– Qanday umidlar, og‘ayni? – deb so‘radi Gerris
qiziqsinib.
– Bor-da, – deb cho‘rt kesdi Negoro.
U tilini tiyolmagani uchun o‘zidan norozidek ko‘rinardi.
– Demak, bu qimmatli molni qo‘lga kiritish kerak
ekan-da? – dedi Gerris.
– Bu shunchalik qiyin ishmi? – deb so‘radi Negoro.
– Hech qiyinchiligi yo‘q, og‘ayni. Bu yerdan o‘n mil na-
ridagi daryo bo‘yida qullar karvoni turibdi. Bu karvonni
Ibn Homis degan arab boshlab borayotir. U karvonni Ka-
zondega olib borish uchun mening qaytishimnigina kutib
turibdi. Karvonni qo‘riqlab borayotgan yerlik askarlarning
soni an chagina bor, ular Dik Send bilan uning hamrohla-
rini asir qilib olish uchun bemalol yetadi. Basharti «yosh
do‘stim» Kuanza daryosiga qarab yurmoqchi bo‘lsa...
– U yoqqa yurmasa-chi? – deb uning gapini bo‘ldi
Negoro.
206
Jyul Vern
– O‘sha yoqqa yuradi! – deb javob qaytardi Gerris. – U
juda aqlli bola, lekin u tomonda
qan day xavf borligini u
aslo bilmaydi. Dik Send kelgan yo‘li bilan qirg‘oqqa qay-
tishni xayoliga ham keltirmasa kerak. Uning o‘rmonda
adashib qolishiga aqli yetadi. Shuning uchun Dik okean-
ga borib quyiladigan biror daryoga yetib olib, solda daryo
oqimi bi lan ketishga harakat qilishi mumkin. U o‘z otrya-
dini qutqarish uchun bundan boshqacha yo‘l tutmaydi.
Men u bolani yaxshi bilaman, u xuddi shunday qiladi.
– Ha... balki, – dedi Negoro birpas o‘ylab turib.
– Sen «balki»
demasdan, «albatta» desang ham bo‘la-
veradi! – deb xitob qildi Gerris. – Men bunga «yosh
do‘stim»ning o‘zi Kuanza bo‘yida uchrashamiz, deb va’da
bergandek astoydil ishonaman.
– Demak, biz darrov yo‘lga tushishimiz kerak ekan-
da, – dedi Negoro. – Dik Sendni men ham bilaman. U bir
soatniyam behudaga o‘tkazmaydi, shuning uchun biz
undan ilgariroq harakat qilishimiz kerak.
– Mayli, yo‘lga chiqish bo‘lsa, chiqaylik!
Gerris bilan Negoro endi ketmoqchi bo‘lib turganlari-
da, papiruszordan yana boyagi shitirlagan ovoz eshitildi.
Negoro turgan joyida qotib qoldi.
Birdan qattiq vovullagan
ovoz eshitildi va pa-
piruszordan katta bir it chopib chiqdi. Uning yunglari
hurpaygan va og‘zi katta ochilgan edi. U o‘zini odamlar
ustiga tashlamoqchi bo‘lib turar edi.
– Dingo! – deb qichqirib yubordi Gerris.
– Endi mendan omon qutulolmaydi u, – dedi Negoro.
It Negoroga o‘zini tashlashi bilanoq Negoro Gerrisning
qo‘lidagi miltiqni tortib olib, itga qarab o‘q uzdi.
Dingo vangillaganicha ariq bo‘yidagi
chakalakzor ichi-
ga kirib ketdi. Negoro shoshib suv bo‘yiga tushdi.
It ketgan yo‘ldagi papiruslarga qon tegib, suv bo‘yidagi
toshlarga qon oqib qolibdi.
– Axiri bu pes itdan qasdimni oldim-a! – dedi Negoro.
Gerris bu manzarani indamay tomosha qilardi.
207
«O‘n besh yoshli kapitan»
– Ko‘rib turibman, Negoro. Bu it ko‘pdan senga tishini
qayrab yurar ekan, – dedi Gerris.
– Shunday edi, Gerris. Endi menga osilmasa kerak.
– Nima uchun seni bunchalik yomon ko‘radi?
–
Eskidan adovatimiz bor, – deb dudmal javob qildi
Negoro.
– Eski adovat deyapsanmi? – deb qayta so‘ra di Gerris.
Negoro javob qaytarmadi. Negoro mendan o‘tmishdagi
qandaydir bir sirini yashiryapti deb o‘yladi-da, Gerris uni
qistab o‘tirmadi.
Bir necha daqiqadan keyin ular suv oqimi yoqalab,
Kuanza daryosi tomon jo‘nab ketdilar.
Do'stlaringiz bilan baham: