Jyul Vern, «O‘n besh yoshli kapitan». «Yangi asr avlodi»



Download 2,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet84/151
Sana12.04.2022
Hajmi2,35 Mb.
#544954
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   151
Bog'liq
4 On besh yoshli kapitan roman

212
Jyul Vern
yoqalab boraversa, soy borib quyiladigan daryoga chiqib 
olishi mumkin edi.
Keksa Tom bilan maslahatlashib olganidan keyin
Dik ana shunday oddiy rejani amalga oshiradigan bo‘ldi.
Kun yorishishi bilan sayyohlar ketma-ket uyg‘onishdi. 
Missis Ueldon uxlab yotgan kichkina Jekni Nan kampir-
ga berdi. Bezgagi bosilgan paytlarda bolaning afti oppoq 
oqarib ketar va unga qaragan kishining yuragi achir edi.
Missis Ueldon Dik Sendning oldiga keldi.
– Dik, – dedi u tevarak-atrofga nazar tashlab, – Gerris 
qani, ko‘rinmayaptimi?
Dik otryadning qayerda turganligini o‘z hamrohlariga 
bildirmoqchi emas edi. Ammo, amerikalik Gerrisning 
xiyonatini yashirishni muvofiq ko‘rmadi. Shuning uchun 
o‘ylab-netib turmasdan:
– Gerris bu yerda yo‘q, – deb javob berdi.
– U oldinga jo‘nab ketdimi? – deb so‘radi Missis Ueldon.
U qochib ketibdi, missis Ueldon, – dedi Dik Send. – 
Gerris xiyonatchi ekan. Ular Negoro bilan til biriktirib, 
bizni ikkovi shu yerlarga aldab olib kelishibdi.
– Bundan maqsadi nima ekan? – deb so‘radi missis 
Ueldon.
– Bilmadim, ammo shuni yaxshi bilamanki, biz tezda 
dengiz bo‘yiga qaytishimiz kerak, – dedi Dik Send.
– O‘sha odam... xiyonatchi ekan-da, – deb shivirladi 
missis Ueldon. – Xuddi sezganday edim-a! Sen, Dik, u 
Negoro bilan til biriktirgan deb o‘ylaysanmi?
– Shunday deb o‘ylayman, missis Ueldon. Negoro 
doim bizning ketimizdan qolmay ergashib yurdi. Bu ikki 
muttaham bir-biri bilan topishib olib, keyin...
– Ular mening qo‘limga tushmaguncha, bir-biridan 
ajralib ketmas degan umiddaman, – deb gapga qo‘shildi 
Gerkules ham. – Men ularning kallasini bir-biriga shun-
day urishtirayki! – dedi yana Gerkules pahlavon kattakon 
mushtlarini qulochkash qilib.
– Jekni nima qilamiz-a? – deb birdan qichqirib yubordi 
missis Ueldon. – Men San-Feliche qo‘rg‘oniga yetib qoldik 


213
«O‘n besh yoshli kapitan»
deb xayol qilib yuribman-a! Bolaga yaxshilab qaramasa 
bo‘lmaydi!
– Dengiz bo‘yiga yetib olsak Jek ham tuzalib ke tar, u 
yerlarning havosi yaxshi, – dedi keksa Tom.
– Dik, – dedi yana missis Ueldon, – Gerrisning bizga 
xiyonat qilganini yaxshi bilasanmi?
– Ha, missis Ueldon, – deb gapni cho‘rt kesdi Dik, bu 
haqda gapni cho‘zib o‘tirishni istamasdan.
Keyin keksa Tomga qarab:
– Shu kechasi Tom bilan men uni fosh qildik. Basharti, 
qochmaganida o‘ldirgan bo‘lardim!
– Demak, gatsienda...
– Bu yerda hech qanaqa gatsienda ham yo‘q, manzil 
ham, qishloq ham! – deb javob qaytardi Dik Send. – Missis 
Ueldon, yana takror aytamanki, tezda dengiz qirg‘og‘iga 
qaytishimiz kerak.
– Kelgan yo‘limizdanmi, Dik?
– Yo‘q, missis Ueldon. Biz sol yasab, daryo oqi mi bi-
lan jo‘naymiz. Daryo o‘zi bizni dengizga olib chiqadi. Bu 
xavfsiz va charchamaydigan yo‘l. Biz yana bir necha mil 
yayov yo‘l yursak, ishonamanki...
– Men hali bardamman, Dik! – deb xitob qildi missis 
Ueldon, o‘zini tetik tutishga harakat qilib. – Men yura 
olaman. O‘g‘limniyam o‘zim ko‘tarib ketaveraman...
Bizlar-chi, missis Ueldon? Biz ikkovingizni ham 
ko‘tarib ketaveramiz! – dedi Bat.
– Ha, shundoq, – deb uning gapiga qo‘shilishdi Ostin. 
– Ikkita xodaning o‘rtasiga yog‘och qo‘yib bog‘lab, orasiga 
novda to‘shaymiz...
– Rahmat sizlarga, do‘stlarim, – deb javob qaytardi 
missis Ueldon, – ammo men piyoda yurishni yaxshi 
ko‘raman... Ketaveraman! Qani, yo‘lga!
– Yo‘lga! – deb takrorladi Dik Send.
– Jekni menga beringlar, – dedi Gerkules. – Yukini 
bo‘lmasa, tezda charchab qolaman.
Pahlavon uxlab yotgan bolani asta qo‘liga oluvdi, bola 
uyqusidan uyg‘onmadi ham.



Download 2,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish