Ommaviy axborot vositalari hamisha jamiyat hayotining ko’zgusi, kishilar ongi,dunyoqarashi shakllanishida muhim ahamiyat kasb etib kelgan



Download 10,31 Kb.
Sana20.06.2022
Hajmi10,31 Kb.
#685224
Bog'liq
maqola


Ommaviy axborot vositalari hamisha jamiyat hayotining ko’zgusi , kishilar ongi,dunyoqarashi shakllanishida muhim ahamiyat kasb etib kelgan.Ayniqsa, so’nggi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilgan demokratik islohotlar, yuz berayotgan o’zgarishlar ommaviy axborot vositalarining hamm nufuzini , o’rni va ahamiyatini yanada ko’tardi.Ammo, bugungi kundagi ko’plab maqolalar jarangdor sarlavhagagina ega bo’lib qolmoqda.Mustaqillika erishganimizdan so’ng deyarli barcha OAV da mustaqillik mavzusi. Sodir bo’layotgan o’zgarishlar aks ettirilgan.Hozirda bo’layotgan yangilanishlarni ,voqealarni bilish uchun gazeta mutolaa qilayotganlar kamchilikni tashkil qiladi.Ko’pchilik bu ma’lumotlarni internet tarmoqlari yoki televizor orqali ham bilib olayapti.Aynan shu internet bizning gazeta mutolaa qilishimizga qarshilik ko’rsatyapti.Yaxshimi, yomonmi- hamma narsa bor u yerda.Ammo, shu paytgacha gazetadan yomonlik ko’ribdi, turli oqimlarga kirib ketibdi,axloqan buzilib ketibdi ,deb eshitmadim.


Biz kitob ,gazeta orqali bilim saviyamizni mustahkamlamasak, kutubxonalarda o’tirib mutolaa qilmasak , ertaga qaysi yuz bilan ziyoliman deya olamiz?Televizor ko’rish, radio eshitish hatto internet kovlashtirish ham o’qishning o’rnini bosmaydi.Mutolaa aynan ko’ngilga borib yetishi bilan fikrlash doirasini kengaytiradi.
Bugun yig’in va ,,gap”larda hayotimizdagi o’zgarishlar,mamlakatning strategic yo’nalishlari muhokamasini emas,qaysidir ,,yulduz” haqida qizg’in munozaralarni kuzatamiz.Aholini ana shunday ayanchli ahvoldan qutqarish uchun nima qilish kerak.Fikrimcha, xalqimizga gazeta-jurnallar o’qish madaniyatini qaytarish kerak.Har bir xonadonga hech bo'lmasa 2-3 markaziy nashrning kirib borishiga erishish shart.Chunki ular orqali davlatning mafkura va g'oyasi o'sha oilaga kirib boradi.Bitta bo'lsa ham ijtimoiy-siyosiy gazetaga obuna bo'lgan,bir yilda ikki marta kitob sotib olgan xonadonda sog'lom ma'naviy muhit shakllanadi.To’g’ri bu borada OAV oldida ham qilinishi lozim bo’lgan ishlar talaygina.Gazetada hamma uchun yangilik bo’lgan ,ko’proq tarixga oid bo’lgan ma’lumotlarni izlab shular haqida maqolalar chop ettirilsa maqsadga muvofiq bo’lardi.Yaqinda gazetada o’zim uchun katta yangilik bo’lgan ma’lumotga ko’zim tushib qoldi .Bu Yangiariq tumani gazetasi bo’lib ,,Yangiariq ovozi” nomi bilan ataladi.Shu gazetaning 1973-yil 16-avgustda chop ettirilgan maqola menda kata qiziqish uyg’otdi.Gazeta bu paytlari ,,Mash’al” nomi bilan yuritilar ekan.Maqola ,,Beruniy she’riyati” deb nomlangan va bu maqolada Beruniyning she’rlar yozganligi haqida aytib o’tilgan.Men shu paytgacha Beruniyning asarlari bilan tanish edim xolos.Maqolada Beruniyning she’riy ijodidan 35 bayt yetib kelganligi va bu she’rlaridan namunalar keltirilganidan maqolaning aniq ma’lumotlar asosida yozilganini ko’rishimiz mumkin.Bu kabi ma’lumotlar har bir adabiyotshunos uchun katta yangilik hisoblanadi.Agar men shu gazetani o’qimaganimda bu ma’lumotlardan xabarsiz qolgan bo’lar edim .Bugun yana bir bora hayotimizda gazetaning o’rni kata ahamiyatga ega ekanligini anglab yetdim.
Download 10,31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish