1. Bir shahardan bir vaqtda qarama-qarshi tomonga qarab ikki piyoda yo’lga chiqdi. 2 soatdan keyin ular orasidagi masofa 20 km bo’ldi. Agar ikkinchi piyodaning tezligi soatiga 5 km bo’lsa, birinchi piyodaning tezligini toping? Javob ____________________
2. Maktab bog’iga 63 tup mevali daraxt bor. Daraxtlarning 2/9 qismi nok, qolganlari olma. Maktab bog’idagi nok daraxtlari olma daraxtlariga qaraganda necha tup kam?
Javob ____________________
3. Mirza 42 ta qo’ziqorin topdi. Karim Mirzaga qaraganda 6 ta kam qo’ziqorin topdi. Nazira Karimga qaraganda 2 marta ko’p qo’ziqorin topdi. Ular uchalasi birga nechta qo’ziqorin topishgan? Javob ____________________
4. O’quvchilar 26 tup daraxt ko’chatini yo’l chetiga bir to’g’ri chiziq bo’ylab ekishdi. Har ikki qo’shni daraxt orasidagi masofa 4 m. Eng chekkadagi daraxtlar orasidagi masofa necha m bo’ladi? Javob ____________________
5. Turist uch kunda 49 km yo’l bosdi. U 1- va 2-kuni 33 km, 2- va 3-kuni 30 km yo’l bosdi. Turist har qaysi kunda necha km dan yo’l bosdi? Javob ____________________
6. Onasi, otasi va qizi Ra’noning yoshini birga qo’shib hisoblaganda 70 yosh. Ra’no bilan onasi birga 37 yosh, Ra’no bilan otasi esa 41 yosh. Ularning har qaysisining yoshi nechada?
Javob ____________________
7. Konfet o’raydigan bir avtomat minutiga 440 dona konfet o’raydi. Ikkinchi avtomat minutiga undan 120 dona ortiq konfet o’raydi. Ikkala avtomat birga ishlab, 18000 dona konfetni necha minutda o’raydi? Javob ____________________
8. Ustaxona 312 ta kastyum tikishga buyurtma oldi. Ustaxona birinchi uch kunda kuniga 24 tadan kastyum tikdi. Undan keyingi kunlarda kuniga 40 tadan kastyum tika boshladi. Ustaxona buyurtmani necha kunda bajargan? Javob ____________________
9. Velosipedchi soatiga 16 km tezlik bilan yurib, shahardan qishloqqa 3 soatda bordi. Qaytishda u o’sha masofani 6 soatda bosib o’tdi. Velosipedchi shaharga qanday tezlik bilan kelgan?
Javob ____________________
10. Ustaxona 7 kunda 241 ta kastyum tikdi. Ustaxona birinchi 3 kunda kuniga 27 tadan kastyum tikdi. Ustaxona keyingi 4 kunda kuniga nechtadan kastyum tikkan? Javob _________
11. 63 m uzunlikdagi sim ikki bo’lakka shunday bo’lindiki, biri ikkinchisidan 8 marta qisqa bo’ldi. Har qaysi bo’lakning uzunligini toping? Javob ____________________
12. Ikki shahar orasidagi masofa 405 km. Bu shaharlardan bir vaqtda bir-biriga qarab ikki poyezd yo’lga chiqdi. Ulardan birining tezligi 60 km/soat, ikkinchisining tezligi undan 15 km/soat ortiq. Poyezdlar necha soatdan keyin uchrashadi? Javob ____________________
13. Kompot uchun olma, nok va olchadan hammasi bo’lib 900 g olindi. Olma 5 qism, nok bilan olcha 2 qismdan. Kompot uchun qancha olma va qancha nok olingan? Javob ______________
14. Avtobusda 66 ta o’rindiq bor. Hamma o’rindiqlarning 5/6 qismi yo’lovchilar bilan band, qolgani bo’sh. Avtobusda nechta bo’sh o’rindiq bor? Javob ____________________
15. Oralaridagi masofa 216 km bo’lgan ikki shahardan bir vaqtda bir-biriga qarab velosipedchi bilan mototsiklchi yo’lga chiqdi. Ular 3 soatdan keyin uchrashdi. Agar velosipedchining tezligi 12 km/soat bo’lsa, mototsiklchining tezligini toping? Javob ____________________
16. Oralaridagi masofa 88 km bo’lgan ikki shahardan bir vaqtda bir-biriga qarab piyoda va avtobus yo’lga chiqdi. Ular 2 soatdan keyin uchrashdi. Agar piyodaning tezligi 5 km/soat bo’lsa, avtobusning tezligini toping? Javob ____________________
17. Erkin Botirdan 6 km uzoqlashgandan keyin Botir uning ortidan ketdi. Botir 5 km/soat, Erkin 3 km/soat tezlik bilan yursa, necha soatdan keyin Botir Erkinga yetib oladi?
Javob ____________________
18. 4 ta ketma-ket sonning yig’indisi 102 ga teng. Shu sonlarni toping? Javob ____________
19. Bog’da 25 tup olma bor. 1- tupdan 1 dona, 2-tupdan 2 dona, 3- tupdan 3 dona va hokazo oxirgi tupdan 25 dona olma uzildi. Hammasi bo’lib necha dona olma uzilgan?
Javob ____________________
20. 111111111 sonini hosil qilish uchun 111 ni qanday songa ko’paytirish kerak?
Javob ____________________
21.Bir son ikkinchisidan 19 ta ortiq. Ularning yig’indisi 160 ga teng. Shu sonlarni toping?
Javob ____________________
22. 358 ni qanday songa bo’lganda, bo’linma 17 va qoldiq 1 bo’ladi? Javob _____________
23. 215 ni 19 ga bo’lganda, qoldiq 6 bo’ladi. Bo’linma nechaga teng? Javob ____________
24. Toshkent shahridan avtobus 50 km/soat tezlik bilan yo`lga chiqdi. Oradan 2 soat o`tgandan so`ng qarama-qarshi yo`nalishda soatiga 70 km yo`l bosib avtomobil yo`lga chiqdi. Necha soatdan so`ng ular Toshkent shahridan bir xil uzoqlikda bo`ladi? Javob _____________
25. Avtomashina bakiga 80 l benzin quyildi. Buxoro borish uchun bakdagi benzinning 3/8 qismi, Samarqandga borish uchun 2/5 qismi sarflandi. Bakda necha litr benzin qolgan?
Javob ____________________
26. Avtomashina bakiga 77 l benzin quyildi. Farg’onaga borish uchun bakdagi benzinning 3/11 qismi, Andijonga borish uchun esa 4/7 qismi sarflandi. Bakda necha litr benzin qolgan?
Javob ____________________
27. 17 kishi bir-biri bilan salomlashganda, qo’l berib ko’rishishlar soni qancha bo’ladi?
Javob ____________________
28. 52 ta chet tili o’qituvchisidan 34 tasi ingliz tili, 29 tasi nemis tili o’qituvchilari. Shu o’qituvchilardan nechtasi faqat bitta tilda dars beradi? Javob ____________________
29. Samarqand shahriga sayohatga kelgan 30 ta turistdan 19 tasi ingliz tilini, 16 tasi fransuz tilini bilishadi. Shu turistlardan nechtasi ikkala tilni ham bilishadi? Javob ______________
30. Ikki sonning yig’indisi 60 ga teng. Ulardan biri ikkinchisidan 4 marta kichik. Shu sonlarni toping?Javob ____________________
Do'stlaringiz bilan baham: |