Jyul Vern, «O‘n besh yoshli kapitan». «Yangi asr avlodi»



Download 2,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet96/151
Sana12.04.2022
Hajmi2,35 Mb.
#544954
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   151
Bog'liq
4 On besh yoshli kapitan roman

242
Jyul Vern
Dik aytgan chorani tezroq qilib ko‘rish kerak edi. 
O‘smir dastavval suvdan bir fut yuqoriroqdan, ya’ni yer-
dan yetti fut balandlikdagi joydan teshik ochib ko‘rmoqchi 
bo‘ldi. Agar teshikdan havo kirsa, gumbaz suvdan chiqib 
turgan bo‘ladi. Aksincha, teshik tashqaridagi suvdan 
pastroqdan ochilib qolsa, demak, unda gumbazdagi suv 
ko‘ta rila boshlaydi. U vaqtda bu teshikni tezda berkitib, 
yana bir fut balandroqdan teshib ko‘riladi. Basharti 
shipdan teshgandan keyin ham havo kiravermasa, de-
mak, tashqaridagi suv o‘n besh fut dan ham baland va 
qirchumolilarning butun shahri suv ostida qolib ketgan 
bo‘ladi. Bu taqdirda Dik Send bilan uning sheriklari eng 
dahshatli azob bi lan sekin-asta bo‘g‘ilib o‘ladilar.
Dik Send buni tushunsa ham, o‘zini xotirjam tutdi. 
U o‘zi qiladigan ishlarining oqibati nima bo‘lishini ol-
dindanoq hisobga olib qo‘ygan edi. Ammo endi indamay 
o‘tiraverish ham xavfli edi: gumbaz ichidagi havoning 
buzuqligidan sayyohlar dimiqa boshladilar.
Dik devorni teshmoq uchun uni vintsimon bo‘lgan 
miltiq shompolini oldi. Tezda buralgan shompol loydan 
qilingan devorni bemalol teshaverdi. Teshikning diametri 
shompol diametridan bir necha millimetr kattaroq bo‘lsa 
ham, havo undan o‘ziga bahuzur yo‘l topib kira olardi.
Gerkules fonusni ko‘tarib, Dikka yorug‘ qilib turdi. 
Akteonda yana bir necha dona sham bor edi, shuning 
uchun bemalol chiroq yoqilsa bo‘laveradi.
Bir daqiqadan keyin shompol devorni teshib o‘tdi. Shu 
ondayoq biqir-biqir qilib suv qaynaganday ovoz eshitildi. 
Gumbaz ichidagi havo otilib tashqariga chiqa boshladi va 
pastdagi suv darrov yuqori ko‘tarila boshladi.
Demak, shompol tashqaridagi suv ostidan teshib 
chiqibdi ekan...
– Boshqatdan teshishga to‘g‘ri keladi! – dedi-da Dik 
Send, teshikni darrov loy bilan suvab qo‘ydi.
Suv ko‘tarilishi to‘xtagan bo‘lsa-da, lekin ba landligi 
sakkiz futcha bo‘lib qoldi. Demak, gumbaz ichida xuddi 


243
«O‘n besh yoshli kapitan»
o‘sha hajmdagi havo kamaydi. Nafas olish qiyinlasha 
boshladi, chunki havoda kislorod tugay deb qoldi. 
Fonusning olovi ham qizarib qoldi, so‘ng xiralandi.
Dik Send avvalgisidan bir fut yuqoriroqdan boshqa 
teshik ocha boshladi. Agar bu gal ham natija o‘shan-
day bo‘lsa, gumbaz ichidagi suv yanada yuqoriroqqa 
ko‘tariladi. Lekin tavakkal qilishga to‘g‘ri keladi!
Dik Send devorni teshayotgan vaqtda Benedikt 
tog‘aning ovozi eshitilib qoldi:
– Hali ish mundog‘ deng! Endi masala anglashildi!
Gerkules fonus yorug‘ini Benedikt tog‘aga burdi. 
Olimning yuzlari shodlik nuri bilan to‘la edi.
– Bu aqlli hasharotlarning nima uchun o‘z makon-
larini tashlab ketganlari endi ma’lum bo‘l di! – dedi 
Benedikt tog‘a. – Ular toshqin bo‘lishi ni sezgan ekan-
lar! Mana buni sezgirlik deydilar, sezgirlik, do‘stlarim! 
Qirchumolilar bizlardan ham aqlli chiqdi! Qoyilman-ey!
Benedikt tog‘a hozirgi bo‘layotgan ishlar to‘g‘risida 
fikrini aytgandan keyin, jimjit bo‘lib qoldi.
Shu payt Dik Send devorni teshib bo‘lib, shompolni 
tortib oldi. Yana o‘sha biqirlagan ovoz eshitildi... Gum-
baz ichidagi suv yana ko‘tarila boshla di... Bu teshik 
ham suv ostidan ochilgan edi!
Ahvol juda mushkul bo‘lib qoldi. Missis Ueldon o‘g‘il-
chasini qo‘liga oldi, chunki unga ham suv yaqinlashib 
qolgan edi. Tor joyda ham ma bo‘g‘ila boshladi, ham-
maning qulog‘i shovullab, yuragi gupillab ura boshladi, 
fonus esa o‘chay deb qoldi.
– Nahot butun gumbaz suv ostida qolgan bo‘lsa! – 
deb shivirladi Dik Send.
Buni aniq bilish uchun gumbazning eng tepasidan 
uchinchi marta teshib ko‘rish kerak edi. Basharti 
buning natijasi ham avvalgilarday bo‘lsa, sayyohlarga 
bo‘g‘ilib o‘lishdan boshqa chora qolmas. Qolgan havo 
tashqariga chiqib ketib, gum bazning ichi suvga to‘lishi 
turgan gap edi.


244
Jyul Vern
– Missis Ueldon, – dedi Dik Send, – qanday ah-
voldaligimizdan xabaringiz bor. Agar sustlik qilsak, 
havo yetishmay qoladi. Bordi-yu, keyingi harakatimiz 
ham behuda ketsa, gumbazning ichiga suv to‘lib ketadi. 
Gumbazning tepasi suvdan chiqib turgan taqdirdagina 
o‘limdan qutulishimiz mumkin. Men tavakkal qilib te-
shamiz deyman... Rozimisiz?
– Roziman, Dik, – deb soddagina qilib javob berdi 
missis Ueldon.
Shu paytda kislorod yetishmasligidan fonus o‘chib 
qoldi. Sayyohlar qop-qorong‘i gumbaz ichida qoldilar.
Gerkules pastki qavatga tushib edi, boshidan bo‘lak 
joyi suv ichiga botdi. Dik uning yelkasiga chiqib olib, 
shompol bilan gumbazning eng tepasini tesha boshladi. 
Gumbazning shipi qalin va qattiq edi. Shompol uni zo‘rg‘a 
teshib kirar edi. Dik juda shoshilib ishlar va nafasi bo‘g‘zi-
ga tiqilganday hovliqardi, chunki bir necha daqiqadan 
keyin kichkina teshikdan yo sof havo va u bilan hayot 
kirar, yo suv va u bilan o‘lim otilib kirardi.
Birdan g‘alati hushtak ovozi eshitilib qoldi. Gumbaz 
ichida siqilib qolgan havo tashqariga otilib chiqdi... biroq 
teshikdan yorug‘lik ko‘rindi. Gumbaz ichidagi suv yana 
yigirma dyuym ko‘tarildi-da, o‘sha balandlikda to‘xtab 
qoldi, chunki tashqaridagi suv bilan ichkaridagi suvning 
sathi baravarlashib qolgan bo‘lsa kerak.
Demak, gumbazning uchi suvdan chiqib turgan ekan. 
Endi sayyohlar o‘limdan qutuldilar!
Gumbaz ichida «ura» degan sadolar yangradi. Ayniqsa, 
Gerkulesning ovozi quloqni yoray dedi.
O‘sha topdayoq pichog‘-u boltalar ishga solindi. Gum-
baz tepasidagi teshik tez-tez kengaya boshladi. Ochiq 
joydan ichkariga sof havo bilan endigina chi qib kelayot-
gan quyoshning dastlabki nurlari kirdi.
Eng oldin tashqariga Dik Send boshini chiqardi. 
U beixtiyor ravishda qichqirib yubordi. O‘sha zamoni 
sayyohlar Afrikada ko‘p eshitgan kamon o‘qning chiyil-
lagan tovushi eshitildi.


245
«O‘n besh yoshli kapitan»
Dik Send pastga tushdi. Ammo u qirchumolilar 
shahar chasidan bir necha yuz metr narida yerliklar lageri 
borligini ko‘rib qoldi.
Gumbaz atrofidagi toshqin suvda allaqanday qayiqlar 
suzib yurar edi. Qayiqlarda yerliklarning jangchilari o‘ti-
rardilar. Dik gumbazdan boshini chiqazgan paytda ular 
unga qarab o‘q uzdilar.
Dik bo‘lgan voqeani bir-ikki og‘iz so‘z bilan o‘rtoqlariga 
tushuntirib berdi. Keyin Dik Send, Gerkules, Akteon va 
Batlar miltiqlarini qo‘lga olib, teshikdan bosh chiqarib
qayiqlarga qarata qarsillatib ota boshladilar.
Yerliklardan bir nechtasini otib o‘ldirdilar. Yerliklar 
ularga qarshi tartibsiz o‘q yog‘dirdilar va vahshiylarcha 
baqira boshladilar. Ammo har tomondan o‘rab olgan 
yuzlarcha jangchilarga qarshi bir necha sayyoh nima 
ham qila olardi?
Yerliklar gumbazni bosib olishdi. Missis Ueldon bilan 
uning o‘g‘lini va Benedikt tog‘ani ushlab olib, bir qayiqqa 
itqitib tashlashdi. Ular o‘rtoqlari bilan xayrlashishga ham 
ulgura olmadilar. Dik Send ularning qayig‘i yerliklar lageri 
tomon suzib ketayotganini ko‘rib turdi.
Dikning o‘zini, Nan kampir bilan keksa Tomni va qol-
gan boshqa negrlarni ikkinchi bir qayiqqa solib, boshqa 
tomonga olib ketishdi.
Bu qayiq ichida yigirmatacha jangchi bor edi, uning 
ketidan beshta katta qayiq borar edi. Bunday sharoitda 
qarshilik ko‘rsatishdan hech qanday foy da yo‘q bo‘lsa 
ham, Dik Send bilan uning o‘rtoqlari qarshilik qilib 
ko‘rishdi va bir necha kishini yarador ham qilishdi. 
Basharti, jangchilar, boshliqlaridan ularni albatta tiriklay 
tutib olib kelasizlar, degan buyruq olmaganlarida, ularni 
o‘ldirib yuborar edilar.
Bir necha daqiqadan keyin qirg‘oqqa yetib kelishdi. 
Qayiq endi qirg‘oqqa yetib kelib to‘xtay de gan paytda 
Gerkules o‘zini ushlab turgan jangchilarni bir yoqqa itarib 
yuborib, sakrab qirg‘oqqa tushdi. Yerliklardan ikkitasi 
uning ketidan quvdi, ammo Gerkules pahlavon birisining 


246
Jyul Vern
miltig‘ini tortib olib, qo‘ndog‘i bilan qulochkashlab turib 
bir solgan edi, ikkala jangchi ham boshlari pachaqlanib, 
yerga cho‘zilib qoldi.
Bir daqiqadan keyin Gerkules yomg‘irday yog‘dirilgan 
o‘qlarga chap berib, o‘rmon ichiga kirib ko‘zdan g‘oyib bo‘ldi.
Dik Send bilan uning sheriklarini yerliklar qirg‘oqqa 
olib chiqib qullar singari kishanlab tashladilar...

Download 2,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish