Jyul Vern, «O‘n besh yoshli kapitan». «Yangi asr avlodi»



Download 2,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet98/151
Sana12.04.2022
Hajmi2,35 Mb.
#544954
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   151
Bog'liq
4 On besh yoshli kapitan roman

249
«O‘n besh yoshli kapitan»
o‘ldirardilar, chunki bunday qullarni xaridorlar olmas edi. 
Karvonda urish-o‘ldirish yo‘li bilan intizom o‘rnatilar edi.
Ana shunday qattiq muomala tufayli karvon man-
zilga yetkunga qadar qullarning yarmidan êo‘pi yo‘lda 
o‘lib ketar edi. Shuning uchun ham Afrikaning ichkarigi 
viloyatlaridan dengiz qirg‘o g‘iga olib chiqadigan karvon 
yo‘llarida o‘lgan qullarning suyaklari to‘lib yotar edi.
Qul savdogarlariga agent bo‘lib qullar karvonini bosh-
lab yuruvchi yevropalik, portugaliyalik odamlarning 
axloq sizligini tushunish qiyin emas. Bular o‘z mam-
lakatidan quvilgan jinoyatchilar, razillar, katorgadan 
qochgan odamlardir. Gerris bi lan Negoro ham ana shun-
day insongarchilikdan chiqqan ablahlardan edi. Ular 
Xoze-Antonio Alvets degan katta qul savdogariga xizmat 
qilar edilar. Kameron bu qul savdogari haqida ko‘pgina 
qiziq ma’lumotlarini bergan edi.
Qul savdogarlari qullarga soqchilik qiladigan askarlar-
ni aksari yerliklardan terib olar edilar. Ammo odamlarni 
ovlab band etish faqat qul savdogarlarininggina kasbi 
emasdi. Yerlik negr qabila boshliqlari ham shu maqsadda 
doim bir-birlari bi lan qattiq urushlar olib borar edilar. 
Zo‘r chiqqan taraf asir olingan qullarni – erkak, ayol va 
bolalarni bir necha metr surp, bir hovuch o‘q-dori, miltiq, 
qizil yoki pushti rang munchoqqa, ocharchilik yillarida 
esa, bir hovuch makkajo‘xoriga o‘sha qul savdogarlariga 
sotib yuboradilar deydi Livingston...
Alvets karvonini kuzatib boruvchi soqchi askar lar Af-
rikadagi eng oddiy yollanma askariy qo‘shinlarga o‘xshar 
edi. Bular uzun chaqmoq miltiq bilan qurollangan yarim 
yalang‘och banditlarning o‘zginasi edi. Qul savdogarining 
agentlari bunday soqchilarni eplay olmas edilar, chunki 
bu banditlar buyruqqa bo‘ysunavermas, yo‘lga chiqish 
va dam olish uchun to‘xtash vaqtini ular o‘zlari tayin-
lar va biron agent qaysarlik qiladigan bo‘lsa, karvonni 
tashlab ketamiz deb qo‘rqitib, uni yon berishga majbur 
qilar edilar.


250
Jyul Vern
Karvonning og‘ir yuklarini erkak, ayol qullar yelka-
laridan ko‘tarib borar edilar. Shunga qaramas dan qul 
savdogarlari, «pagazis» deb ataladigan maxsus hammol-
lardan ham bir qanchasini yollar edilar. Qimmatbaho 
yuklar va ayniqsa fil suyaklarini ana shularga yuklar 
edilar. Goho shunday katta fil suyaklari uchrab qolar
-
diki, ularning har birini ikkitadan hammolga yuklashga 
to‘g‘ri kelar edi. Qirg‘oq bo‘yidagi faktoriyalardan
38
fil 
suyagi Xartum, Zanzibar va Natal bozorlariga yuborilar 
edi. Hammollarga mehnat haqi uchun manzilga yetib 
borgandan keyin bir necha metr oddiy chit, bir hovuch 
(Afrikada chaqa baravarida yuradigan chig‘anoq), o‘q-
dori, goho marvarid, ba’zida esa qul savdogarining boshqa 
beradigan buyumi bo‘lmasa yoki bozorda bahosi past 
bo‘lsa, bitta qul berilar edi.
Alvets karvonidagi besh yuz qul ichida yoshi ulg‘aygan-
lari juda kam edi. Odatda hujum paytida qirq yoshdan 
oshgan erkaklarni yonayotgan qishloq xarobalari ichida 
ayovsiz o‘ldirib yuborar edilar, chunki qullar bozorida 
faqat yosh, sog‘lom qullar bi lan bolalargagina yaxshi xari-
dor topilar edi. Bunday qonli qirg‘indan keyin, yengilgan 
tarafning o‘ndan bir qism odamlarigina tirik qolar edi. 
Markaziy Afrikaning butun-butun viloyatlari huvillab 
qolib, sahroga aylanayotganining sababi ham shu.
Bu inson podasi naqadar dahshatli ko‘rinishda edi! 
Qullarning kiyim-bosh – daraxt po‘stlog‘idan to‘qilgan 
«mbuzu» deb ataladigan qiyqim-siyqimlardan iborat edi. 
Kaltak zarbidan yara-chaqa bo‘lib ketgan xotinlar qiynoq-
dan oyoqlari qonab, oriqlab ketgan bolalarini o‘z yuklari 
ustiga o‘tqazib, yoki qo‘llarida ko‘tarib borar edilar; kishan 
ustiga yana bo‘yinlariga zum qolipi kiygizilgan odamlarga 
qarash dahshatli edi.
Ovozi o‘chgan chala o‘lik va Livingston aytgandek, bu 
«qora yog‘ochdan qilingan skeletlar»ga hatto yirtqich hay-
vonlarning ham rahmi kelar edi. Ammo arab nazoratchi-
38

Download 2,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish