Jyul Vern, «O‘n besh yoshli kapitan». «Yangi asr avlodi»



Download 2,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet99/151
Sana12.04.2022
Hajmi2,35 Mb.
#544954
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   151
Bog'liq
4 On besh yoshli kapitan roman

 
Faktoriya – uzoq joylardagi savdo kontorasi.


251
«O‘n besh yoshli kapitan»
lariga bu dahshatli manzara sira ta’sir qilmasdi, por-
tugaliyalik nazoratchilar bo‘lsa, Kameron aytgandek
arablardan ham beshbattar rahmsizroq edilar
39
.
Yo‘lda ham, to‘xtalgan manzilda ham asirlar ustidan 
qattiq nazorat qilinardi. Dik Send bunday sharoitda 
qochishni xayolga ham keltirib bo‘lmasligini tushunar 
edi. U missis Ueldondan juda xavotirda edi. Hech qanday 
shubha bo‘lishi mumkin emas: yosh ayol bilan uning 
o‘g‘lini o‘g‘irlashda Negoro, albatta ishtirok qilgan. «Pi-
ligrim»da falokatga uchraganlarni bir-biridan ajratishda 
portugaliyalikning nima maqsadi borligini Dik Send 
hamon bilmas edi. Ammo Negoro har qanday jinoyat 
qilishdan tortinmaydigan odam edi; missis Ueldonning 
qanday qo‘rqinchli xatarlar ichida qolganini o‘ylaganida 
o‘smirning yuragi orqasiga tortib ketar edi.
«O‘sha mahalda bu ikki mal’unni ham otib tashlama-
ganimga hayronman!» deb o‘yladi Dik.
O‘smirning miyasiga hadeb qo‘rqinchli fikrlar kela-
verar edi. Missis Ueldon bilan kichkina Jek hech qanday 
himoyachisiz qoldilar. Benedikt tog‘a esa ular uchun 
homiy bo‘la olmaydi. U o‘zini-o‘zi eplay olsa ham katta 
gap. Uchovini ham allaqachon Angolaning birorta uzoq 
joyiga jo‘natgan bo‘lsalar kerak. Lekin kasal bolani yo‘lda 
kim ko‘tarib boradi?
«Onasi ko‘taradi-da, onasi! – dedi Dik o‘z-o‘ziga. – Ona 
bechora, Jekni qo‘liga olib, o‘zi holdan toyib yiqilib qol-
39
Kameron o‘zining «Olam ichida» degan kitobida quyidagilar-
ni aytadi: «Alvets talab etgan ellikta ayolni tutib keltirish uchun 
o‘nta qishloq batamom yo‘q qilindi... Bu o‘nta qishloqning har 
birida bir yuzdan tortib ikki yuzgacha odam, ya’ni hamma-
si bo‘lib bir yarim minggacha odam bo‘lgan ekan! Juda ozgina 
odam qochib qutulibdi... Portugaliya bayrog‘i ostida yashirinuv-
chi va o‘zlarini Portugaliya fuqarosi deb hisoblovchi odamlarning 
qanday dahshatli jinoyatlar qilayotganini Lissabon hukumati, 
albatta bilsa kerak». 
Jyul Vern izohi:
Kameronning bu aytganlari Portugaliyada katta 
noroziliklar tug‘dirdi.


252
Jyul Vern
guncha uni ko‘tarib boradi... Sho‘rlik qul ayollar qanday 
azoblar ko‘rsa, u ham shularni ko‘radi. U ham o‘sha qul 
ayollar singari, yo‘lda o‘lib ketadi... Qani endi, men bu 
jallodlar bi lan yuzma-yuz kelolsam!»
Ammo Dikning o‘zi asir edi. Uning o‘zi ham xavildorlar 
Afrikaning ichkari tomoniga haydab ketayotgan qullar 
podasining boshida borar edi. Bechora missis Ueldonga 
faqat Gerkulesgina yor dam berishi mumkin.
Dik Sendning ham butun bor-yo‘q umidi o‘shanda 
edi. Dik, Gerkules ozodlikda, u o‘z sheriklarini va missis 
Ueldonni qutqarish uchun hamma chorani ko‘rsa kerak, 
deb o‘ylar edi. Gerkules asirlarning ketidan kelayotgan 
bo‘lsa kerak va yaqinda missis Ueldonga yordam berishi 
haqida unga xabar berish yo‘lini ham o‘ylab qo‘ygan bo‘lsa 
kerak, Gerkules avval uni, ya’ni Dik Sendni qutqazib 
olib, keyin ikkovimiz bir bo‘lib missis Ueldonni qutqazib 
olamiz, deb o‘ylagan bo‘lsa ham ehtimol!
Dik tunda Gerkulesning qullar lageriga kirib ke-
layotganini ko‘z oldiga keltira boshladi. U qorovullarni 
chalg‘itib va boshqa qullar singari qop-qora bo‘lganidan 
foydalanib, asta borib ularga aralashib ketadi. U Dikning 
oldiga emaklab keladi, uni bo‘shatib, o‘zi bilan birga 
o‘rmonga ergashtirib ketadi...Ana endi ular ikkovi ham 
ozod!.. Eh, o‘shanda ular missis Ueldonni qutqazish 
uchun ni ma choralar ko‘rishmaydi deysiz!..
Yomon ahvolga tushib qolgan o‘smirimiz ana shunday 
umidlarni qilar edi. U sira ham umidsizlanmasdi, uning 
g‘ayratga to‘lgan tabiati qattiq kurashmasdan turib taslim 
bo‘lgisi kelmasdi. Kurashni boshlab yuborish uchun Dik 
Send har qanday imkoniyatdan foydalanishga tayyor edi.
Dastavval qullar karvonining qayerga ketayotganini 
bilib olish kerak edi. Agar karvon Angolaning savdo 
punktlariga borayotgan bo‘lsa, unda bir necha kunlik 
yo‘l yurish qoladi. Basharti, karvon Markaziy Afrikaning 
ichkarigi viloyatlariga ketayotgan bo‘lsa, hali yuzlab mil 
yo‘l yurish kerak edi. Eng katta qul bozori Katta ko‘llar 



Download 2,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish