Jyul Vern, «O‘n besh yoshli kapitan». «Yangi asr avlodi»



Download 2,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet107/151
Sana12.04.2022
Hajmi2,35 Mb.
#544954
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   151
Bog'liq
4 On besh yoshli kapitan roman

271
«O‘n besh yoshli kapitan»
tun viloyatini o‘z qo‘llariga kirgizib olmoq uchun bu mast- 
alast odam bilan o‘zini do‘st tutardi. Xon o‘lganidan keyin 
taxtga uning eng birinchi xotini qirolicha Muani o‘tirishi 
kerak edi. Alvets xalq xonning xotiniga itoat qilmasa kerak 
va Oukusu degan hukmdorlardan biri bo‘lgan qo‘shni 
xon bu to‘polondan foydalanib, Muani-Lunganing qabi-
lasiga hujum etishi ehtimol, deb xavotir olar edi. Yosh, 
g‘ayratli bo‘lgn Oukusu xoni uning raqibi bo‘lgan katta 
qul savdogari Tipo-Tipo degan arab bilan juda qalin edi.
Xoze-Antonio Alvets Afrikadagi bu mamlakatning 
xo‘jayini edi. U Muani-Lungani aldab-suldab va kam-
chiliklardan foydalanib, uni butunlay o‘ziga bo‘ysundirib 
olgan edi.
Yoshi ulg‘ayib qolgan Alvets oq tanli kishilardan emas 
edi. Uning portugalcha nomi uydirma bir laqab edi. Bu 
laqabni ham savdogarchilik mulohazalari bilan qo‘ygan 
edi. Alvets asl negr bo‘lib, uning haqiqiy nomi Kendele 
bo‘lgan. U Kuanze daryosi bo‘yidagi Dongo degan joy-
da tug‘ilgan va boshqa negr savdogarlari qo‘lida oddiy 
bir agent bo‘lib ishlab yurib, ana shundan boshlab o‘z 
martabasini oshirgan.
1874-yil oxirida leytenant Kameron Kilvibo de gan joyda 
ana o‘sha Alvetsni uchratgan edi. Kameron o‘sha qul sav-
dogarining boshchiligida kelayotgan karvonga qo‘shilib, 
to Vixegacha borib, yetti yuz mildan oshiq yo‘l bosgan.
Qullar karvoni endi atigi ikki yuz ellik kishidan iborat 
edi. Oyoqlarini zo‘rg‘a sudrab bosayotgan yarim tirik, 
yarim o‘lik asirlarni poda singari Kazonde ko‘chalaridan 
haydab o‘tib molxona qilishga ham yaramaydigan barak-
larga qamab qo‘ydilar. Baraklarda yarmarka bo‘ladigan 
kunni kutayotgan bir yarim mingcha qullar bor edi. 
Yarmarka ikki kundan keyin ochilishi kerak.
Yangi karvon kelgandan keyin baraklar to‘lib ketib, 
qimir lashga ham iloj qolmadi. Yangi kelganlarning 
bo‘yinturuqlarini olib tashlashgan bo‘lsalar-da, lekin 
kishanlarini yechib qo‘yishmadi.


272
Jyul Vern
Hammollar bozor maydoniga kelib, to‘xtab yuklarini 
yerga qo‘yishdi, ular bir necha metr surpdan yoki chitdan 
iborat bo‘lgan o‘z xizmat haqlarini olgach, o‘z xizmatlariga 
muhtoj bo‘lgan boshqa karvonlarni qidirib ketadilar.
Barakda Tom bilan uning sheriklari besh haftadan 
beri o‘zlariga ozor berib kelgan qoliplardan qutuldilar. 
Bat, nihoyat, otasining quchog‘iga otildi. Bechora ham-
rohlar bir-birlariga qo‘llarini berib ko‘rishdilar. Ular bir 
necha og‘iz gaplashganlaridan keyin jim bo‘lib qolishdi. 
Axir ular nima to‘g‘risida ham gapirishsinlar? Zorla-
nishsinmi, qayg‘urishsinmi? 
Og‘ir ishga ko‘nikib qolgan yosh, baquvvat Bat, Akteon 
va Ostinlar charchashni bilmasdilar. Biroq keksa Tom 
butunlay holdan toygan edi. Agar karvon yana bir-ikki 
kun yo‘l yursa, be chora Nan kampirning o‘ligi singari 
Tomning o‘ligi ham yirtqich hayvonlarga yem bo‘lardi...
Ularning to‘rttalasini ham tor bir hujraga qa mab, 
ustidan qulflab qo‘yishdi.
To‘rt asir bor-yo‘g‘ini yeyishib bo‘lib, bosh qul savdo-
garlarini kelishini kutishdi. Ular sodda odamlar bo‘lib, 
amerika fuqarolari ekanimizni bilgach, Alvets bizlarni 
qo‘yib yuboradi, deb o‘yladilar.
Bir nazoratchini yoniga soqchi qilib qo‘yib, Dik Sendni 
maydonda yolg‘iz qoldirishdi.
Dik Kazondega yetib olganiga shukur qildi, chunki u 
missis Ueldon bilan kichkina Jek hamda Benedikt tog‘a 
allaqachon bu yerga yetib kelishgan bo‘lsa kerak, deb 
o‘ylar edi. U karvon ketayotgan mahalda hamma uylar-
dan, ko‘chalardagi odamlar orasidan va hatto maydondan 
ham hamrohlarini qidirdi.
Ammo missis Ueldon hech qayerda ko‘rinmadi...
«Nahotki, Kazondeda bo‘lmasa? – deb so‘radi Dik o‘z-
o‘zidan. – Bo‘lmasam qayerda bo‘ladi? Yo‘g‘-e, Gerkules 
yanglishmasa kerak deyman! Gerris bilan Negoroning 
niyatini bilmayman, lekin ularni shu yerga olib kelish-
lariga ishonaman. Biroq ular ham ko‘rinmayapti-ku!..»



Download 2,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish